T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 – Аlixonto‘ra Sog‘uniy janoblari bir suhbatlarida juda achingan
ekanlar. Yoqubbek tuzgan Yettishaharning tanazzuli Uy
g‘urlar hurriyatining
tugashi b
o‘ldi, deb. Xitoyda yaqin –yaqingacha ahvol og‘ir edi. Mao Sze
taxtga chiqmasidan avval Uy
g‘ur davlati tuzishning qulay fursati bo‘lgan.
Аfsus, qo‘mondonimiz Аlixonto‘ra janoblarining buyuk niyatlari amalga
oshmadi. Eshitishimcha, hozir Toshkentda emishlar?
– deb so‘radi otam.
– Ha, Toshkentda. Ko‘kcha mahallasida istiqomat qilayotgan ekanlar,
– deb javob berdi iyagida uch –to‘rt soqoli bor bir odam.
– Sihhatlari qanday ekan? – so‘radi yana otam.
– Biroz betob ekanlar. Shunga qaramay ilm berishdan, ijoddan
t
o‘xtamayotgan ekanlar. «Tarixi Muhammadiy» nomli siyrat asarini
yozibdilar. Temur Ko
‘ragonning «Tuzuklar» kitobini forsiydan turkiyga
o‘giribdilar. Shu kunlarda «Turkiston qayg‘usi» degan bir asar yozyaptilar,
deb eshitaman,
– javob berdi boyagi odam.
– Аlloh xayrli etsin! – duo qildi otam. – U kishi Sharqiy Turkiston Islom
jumhuriyatini eʼlon qilganlarida qo‘llarida ellik ming mujohid bor edi. U
kishini
o‘g‘irlab ketishgach, ko‘p dilxiraliklar bo‘ldi. Janobga itoatda
yurganlar
o‘zaro ixtilof etishdi. Xitoy tortib kelgan armiya qarshisida
tumtaraqay b
o‘ldilar.
Holbuki,
Аlixonto‘ra bu qo‘shinni boshlab chiqqanida har bir askar bir
sher edi. Xitoy armiyasi chumchuqday qochgan edi... U ulu
g‘ voqealar
bugun bir
o‘tmish. Bir o‘tmish, kelajak undan ibrat olmog‘i lozim.
– Biz nima uchun bu imkonni boy berdik deb ko‘p o‘ylanaman, – dedi
tinglovchilar orasidan yana bir kishi.
– Bu neʼmatga loyiq bo‘lmadik, – dedi otam. – Hurriyatga, bir
Davlatga, bir Y
o‘lboshchiga munosib emas edik, Аlloh bizni mahrum etdi.
– Qanday qilib munosib bo‘lish mumkin? – yana savol berdi boyagi
odam.