T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 beayov
va
vahshiylarcha
d
o‘pposlaganini xolis guvoh sifatida
tasdiqlaysizmi?
Sarimsoq Sa
g‘ir o‘g‘li dam tergovchiga, dam xitoyiga, dam
Аbdullohga mo‘ltiradi. Ovozi qaltirab dedi:
– Ha, tasdiqlayman.
– Qanday besabab? – hayron bo‘ldi Аbdulloh. – Xitoylik sizni
urayotgan edi. Men esa himoya qildim-ku!
Xizmatchi jim b
o‘lib qoldi. Bilinar –bilinmas ming‘irladi:
– Meni hech kim urmadi. Siz janob Uga sababsiz tajovuz etdingiz...
– Tajovuz?! – Аbdulloh quloqlariga ishonmadi. O‘rnidan sapchib
turdi.
– Hoy, noinsof! Nega aldayapsan? Nega menga tuhmat qilyapsan?
– Аldamayapman! Tuhmat qilmayapman! – Sarimsoqning ovozi
tuyqus dadillashsa-da, yi
g‘lagudek bo‘lib gapirdi. – Siz janob Uni negadir
haqoratladingiz. Urdingiz, men esa buni k
o‘rdim, hozir esa tasdiqlayman!
Аbdullohning tarvuzi qo‘ltig‘idan tushdi. U hammasini tushundi.
– Eh, bechora!.. – dedi horg‘in qarab xizmatchiga. – Menga tuhmat
qilsang, senga dushmanlar lutf qiladilarmi? Ular uchun bir k
o‘ppakchalik
ham qadring y
o‘q.
– Tuhmat qilmayapman! Аldamayapman! – dedi xizmatchi.
– Yo‘qol! – dedi Аbdulloh unga.
– Аyblanuvchi, guvohga tazyiq o‘tkazmang! – ogohlantirdi tergovchi
va daʼvogar hamda «xolis»ga ketish uchun ruxsat berdi. Аbdulloh asabiy
edi.
– Ularning ko‘rsatmalari rasmiylashtiriladi, ishni sudga o‘tkazaman, –
dedi tergovchi.
– Qonun oldida jinoyatingiz uchun javob berasiz.
– Qo‘ysangiz -chi! – Аbdullohning ensasi qotdi. – Qaysi qonunni
aytyapsiz?
O‘zingiz o‘sha qonuningiz ishlamasligini juda yaxshi bilasiz-ku!
– Sizga yana bir yangilik bor, – Аbdullohning gapiga eʼtibor bermadi
tergovchi.
– Ustingizdan shikoyat tushdi. Rahbariyat bu ishni ham menga