T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 Bu taklif
Аnjelinaga jo‘yali tuyuldi. U mehmonga borib, avvalgi
boblarda aytganimizdek, fusunkor bir maskanga tushib qoldi, g
o‘yo. Qadim
musulmon madaniyati, urf
–odati, eʼtiqodiga muvofiq qurilgan hovli
Аnjelinani maftun etdi –qo‘ydi.
– Boshimizdan o‘tgan ishlarni eslash ham og‘ir, – dedi Umarbeyning
volidasi salomlashuvdan s
o‘ng bir finjon qahva ustida. – Bizning
bobolarimiz Usmonlilar saltanatiga xizmat qilganlar.
O‘g‘lim Umarning
ajdodlari sulton Sulaymonxon, sulton
Аhmadxon, sulton Salimxon
davrlarida poshsho maqomida edilar. Keyin dini Islomning ravnaqi, shariati
Muhammadning himoyasi uchun ota yurtga
– Vatanga yuborildilar. Bolqon
qadimda Rim imperiyasiga tobe edi. Nasroniylik dini xalq ichida yoyildi.
Keyin turklar Islomni keltirdilar. Shuni yaxshi bilingki, Bolqonda hech kim
Islomga majburan kiritilmadi. Musulmonlarining ulu
g‘ olimlari daʼvati,
fotihlarning yerlashib, g
o‘zal hayot namunasini ko‘rsatishlari natijasida
odamlar Islomni qabul etdilari.
Diqqatingizni bir haqiqatga qaratay: Bolqon Usmonlilar q
o‘l ostida
b
o‘lgan paytlarda xalq juda osoyishta yashadi. Zotan, Islom
zamonamizning ayrim «madaniyatli» va «ilg‘or» insonlari kabi terining
rangi, tilga, nasl
–nasabingga qaramaydi, o‘z nafsiga yoqmagan birovni
yerga urib,
o‘ziga mahbub birovni ko‘kka ko‘tarmaydi. Islom qandaydir
z
o‘ravonlarning raʼyi, kayfiyati, tuyg‘usi, istaklariga boqib yashash emas,
balki har ishni ilohiy qonunga muvofiq bajaradigan dindir.
Аnjelina xonim, mening erimni, o‘g‘limning Umarning otasini Muso
poshsho, deyishardi. U
o‘lkamizdagi musulmonlarning rahnamosi edi. U
barcha ichki diniy masalalarni hal etardi, hukumat ham u kishi bilan
hisoblashib ish tutardi. Muso poshshoning biror gapi yerda qolmagan.
Borgan joyida boshga k
o‘tarib kutib olardilar.
Nasroniylar ham, z
o‘ravonlar ham, Muso poshsho bor ekan,
o‘zboshimchalik qilishga jurʼat etmadilar.