T o sh k e n t d a V l a t iqtiso diyo t u niversiteti f. T. A b d u V a X id o V, Z. A. Um arov, K. N. D ju ra y ev


O ’zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi schyotlari rejasi



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/109
tarix27.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#200006
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   109
Data

O ’zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi schyotlari rejasi
I. Schyotlar rejasining umumiy tavsifi
O ’zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi
O ’zbekiston Respublikasi
Fuqarolik Kodeksi,
O ’zbekiston Respublikasining
“Buxgalteriya hisobi to ’g ’risida”, “Bank va banklar faoliyati to’g ’risida”gi qonunlari
talablariga muvofiq hamda Moliyaviy hisobotlaming xalqaro standartlari asosida
ishlab chiqilgan bo’lib, u O ’zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya
hisobini yuritish va tashkil etishning yagona metodologik asoslarini belgilab beradi.
Tijorat banklari tomonidan buxgalteriya hisobi ular O ’zbekiston Respublikasi
qonunchiligida belgilangan tartibda yuridik shaxs sifatida ro’yxatdan o ’tkazilgan
vaqtdan boshlab qayta tashkil etilgunga yoki tugatilgunga qadar uzluksiz ravishda


yuritiladi.
Tijorat banklari bank operatsiyalarini amalga oshirishda va ulami buxgalteriya
hisobida aks ettirishda Markaziy bankning me'yoriy hujjatlariga va amaldagi
qonunchilikka qatt’iy rioya qilishlari lozim.
Mazkur schyotlar rejasi bank operatsiyalarining buxgalteriya hisobini aks ettirish
uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
Schyotlar rejasi bank operatsiyalarining hisobini yuritish, tahlil qilish, guruhlash
va ularga doir hisobotlami tuzishda qo’llanadigan Bosh kitob schyotlarini ro’yxatidan
iboratdir.
Xatolami to ’g ’rilash va hisob siyosatidagi o ’zgarishlar bo’yicha tuzatishlar
kiritishda, schyotlaming ta'riflarida ko’zda tutilmagan bo’lsa ham schyotlaming debet
va kreditlari bo’yicha tuzatish o ’tkazmalari berishga ruxsat beriladi.
Tijorat banklarining schyotlar rejasi buxgalteriya hisobining ko’p valyutali
tizimiga asoslangan bo’lib, chet el valyutasidagi operatsiyalaming hisobi yuritilishi
mumkin bo’lgan barcha schyotlarda xorijiy valyutadagi operatsiyalar hisobini aks
ettirish imkonini beradi. Har bir valyuta turi bo’yicha sintetik hisobni yuritish uchun-
alohida Bosh kitob, analitik hisobni yuritish uchun esa Yordamchi kitoblar ochiladi.
Har bir valyuta bo’yicha Yordamchi kitoblardagi so’mmalar yig’indisi Bosh
kitoblaming tegishli balans schyotlaridagi so’mmalar yig’indisiga mos kelishi kerak.
Bank tomonidan amalga oshiriladigan har bir operatsiya tegishli valyuta turi bo’yicha
Bosh va Yordamchi kitoblarda ro’yxatga olinishi kerak. hisobot sanasida Bosh
kitoblaming xorijiy valyutalar bo’yicha jam i so’mmalari milliy valyutaga o ’tkaziladi
va hisobot davri davomida amalga oshirilgan barcha operatsiyalar bo’yicha bankning
jam lanm a balansi tuziladi.
Schyotlami kodlashtirish quyidagi maqsadlar uchun ishlab chiqilgan:

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin