ta'riflanadi (barcha aktivlaming bozor narxi va barcha majburiyatlaming bozor narxi
o'rtasidagi farq).
Leveraj -b a n k jam i aktivlarining kapital bilan ta'minlanganlik darajasini aks
ettiruvchi ko'rsatkich. U birinchi darajali kapitalning nomoddiy aktivlar qiymati,
jum ladan, gudvillni chiqarib tashlagan holda umumiy aktivlar summasiga nisbati
sifatida aniqanadi.
Lizing sub’ekti - lizing beruvchi (bank), lizing oluvchi (xaridor)
hamda
sotuvchi (mol yetkazib beruvchi).
Ijara - bir tomonnnig ikkinchi tomonga aktivdan foydalanish uchun taqdim
qilgan huquqi.
Mualliflik huquqi- mualliflarga adabiyot, musiqa, tasviriy san'at va boshqa
yaratilgan asarlar uchun qonun yo'li bilan berilgan himoya shakli- Mualliflik huquqi
egalariga ma'lum eksklyuziv huquqlar, jumladan, o 'z ishlarini chop ettirish, qayta
bosish va ko'paytirish, sotish va nusxalarini taqsimlash va o 'z asarlarini ijro etish
hamda yozdirish huquqi beriladi.
Maxsus zaxiralar - “standart”, “substandard’, “shubhali” va “umidsiz” deb
tasniflangan kredit va lizing operatsiyalari yoki boshqa alohida muayyan aktivlar
bo'yicha yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan zararlarga qarshi zaxiralar.
Moliyaviy lizing - ijara munosabatlarining alohida turi bo'lib, bunda bir taraf
(lizing beruvchi) ikkinchi taraf (lizing oluvchi) topshiriqiga ko'ra uchinchi taraf
(sotuvchi)dan mol-mulk (lizing ob’ekti)ni lizing shartnomasida belgilangan,
keyinchalik lizing ob’ektining lizing oluvchi mulkiga o'tishi shartlarida uni lizing
oluvchining egalik qilishi va foydalanishi uchun sotib olish tuchuniladi.
Faktoring - xo'jalik yurituvchi sub’ektlar - yetkazib beruvchilami moliyalashga
doir bank xizmatlarining bir turi bo'lib, bunda ular bank - moliyaviy ob’ektga
yetkazib berilgan tovarlar, bajarilgan ishlar yoki ko'rsatilgan xizmatlar uchun
to'lovchilar tomonidan akseptlangan, lekin to'lov talabnomalari bo'yicha hali
to'lanmagan to'lovni regress huquqiisiz olish huquqini berishdir.
Dostları ilə paylaş: