amalga oshiriladi. Bunda ushbu mijozning ikkilamchi hisobvaraqlari yopilmaydi.
Mijozni qabul qilayotgan bank uning arizasiga asosan o'zida “Mijozlarga to'lanishi
lozim bo'lgan m ablag'lar hisob-kitobi” ichki bank hisobvarag'ini ochadi va bu
to 'g 'rid a mijozga xabar beradi. Asosiy hisobvaraqni yopayotgan bank mijozning
farmoyishiga asosan unga asosiy hisobvaraq ochayotgan bankka uning hisobvarag'i
qoldig'ini
o'tkazishi,
shuningdek
ro'yxat
bo'yicha
yuridik
yig'majildini,
kartotekasidagi hisob-kitob hujjatlari va boshqa hujjatlari beriladi.
Mijozning barcha hujjatlari olingandan keyin bank unga belgilangan tartibda,
asosiy talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvaraq ochadi va ushbu hisobvaraqqa
unga ilgari ochilgan ichki bank hisobvarag'idagi m ablag'lar qoldig'ini o'tkazadi.
Hisobvaraq o ‘tkazilganligi to'g'risidagi ma'Iumot axborotlar bazasida 2 oy davomida
saqlanadi. Ushbu muddat tugagandan so'ng o'tkazilgan hisobvaraq to'g'risidagi
ma'Iumot arxivlanadi va belgilangan tartibda saqlanadi, shu bilan bir vaqtda
hisobvaraq to'g'risidagi ma'Iumot bazadan o'chiriladi. O'tkazilgan hisobvaraq
bo'yicha kelib tushgan hisob-kitob hujjatlari ro'yxatdan o'tkazilgach, quyidagi:
Masalan, “Hisobvaraq yopildi. UzR AT “Paxtabank” ning Xamza filialiga murojaat
qiling” mazmundagi xabar bilan jo'natuvchiga qaytariladi.
Dostları ilə paylaş: