T o sh k e n t d a V l a t iqtiso diyo t u niversiteti f. T. A b d u V a X id o V, Z. A. Um arov, K. N. D ju ra y ev


 To'lov talabnomalari bilan hisob-kitoblar



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/109
tarix27.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#200006
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   109
Data

3.5. To'lov talabnomalari bilan hisob-kitoblar
T o'lov talabnomasi - bu mahsulot etkazib beruvchi va mablag' oluvchilaming
belgilangan summani to'lovchi bank orqali to'lashi to'g'risidagi talabnomani o 'z


ichiga olgan hisob-kitob hujjatidir. To'lov talabnomasi bo'yicha hisob-kitoblar
“aktsept” shaklidagi hisob-kitoblar ham deb yuritiladi.
Talabnoma yuklab jo'natilgan tovarlar, bajarilgan ishlar va ko'rsatilgan
xizmatlar, shuningdek, tomonlar o'rtasida tuzilgan shartnomada ko'zda tutilgan
boshqa to'lovlam ing o 'z vaqtida to'lab berilmaganligi sababli qo'yilishi mumkin.
Ushbu talabnoma aktseptlangan (tan olinishi) va aktseptlanmagan (tan olinmasligi)
turlarga bo'linadi. Aktsept bilan to'langan talabnomalar to'lov summasini to'lovchi
tomonidan tan olishni talab qiladi. Bunda mahsulot etkazib beruvchi tomonidan
qo'yilgan talabnomaning to'lov maqsadi satriga, shartnoma sanasi va tartib raqamini
hamda
kontraktatsiya
shartnomalari
bo'yicha
mahsulot
etkazib
berishda
"kontraktatsiya shartnomasi" deb ko'rsatilishi, mahsulotni yuklab jo'natish sanasi va
tovar-transport yoki qabul qilish-topshirish hujjatlar raqami, transport turi, mahsulot
sotib oluvchining transport vositasi bilan olib ketilganda "Sotib oluvchining
transporti bilan olib chiqib ketilgan
- sonli ishonch xati" ko'rsatilishi, qonun
hujjatlarida ko'zda tutilgan boshqa rekvizitlari aniq keltirilishi lozim.
Agar to'lovni oluvchi mijoz oldin ham talabnoma yuborgan bo'lsa, takroran
talabnoma yuborolmaydi. Bunda, talabnoma reestr bilan birga to'lovni oluvchi
tomonidan xaridorga xizmat ko'rsatuvchi bankka taqdim qilinadi. Reestr ikki
nusxada tuziladi va reestming birinchi nusxasi xaridoming rahbari va bosh buxgalteri
tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlanadi. Reestming birinchi nusxasini
olgan sanasi ko'rsatilgan holda, buxgalter imzosi va ushbu buxgalterga biriktirilgan
bankning muhri bilan tasdiqlangan holda to'lovni oluvchining bankida qoldiriladi.
Ikkinchi nusxasi esa, qabul qilish sanasi ko'rsatilgan holda buxgalteming imzosi va
ushbu buxgalterga biriktirib qo'yilgan bankning muhri bilan tasdiqlangan holda
mablag' oluvchiga qaytariladi.
Aktsept bilan to'lanadigan talabnomada quyidagilar; agar to'lovchi va mablag'
oluvchiga bir bankda joylashgan bo'lsa uch nusxada yozilib, birinchi va ikkinchi
nusxalar to'lovni olish uchun bankda, uchinchi nusxasini bank to'lov kelib tushgan
kunning ikkinchi kunidan kechiktirmay, hujjatni qabul qilish sanasini ko'rsatgan
holda, aktsept uchun to'lovchiga topshiradi. Aktsept va to'lovdan keyin esa,
talabnomaning birinchi nusxasi bankning kun hujjatlari, ikkinchi nusxasi to'lovni
oluvchining shaxsiy hisobvarag'idan ko'chirmaga biriktirib qo'yiladi. Maboda,
oluvchi va to'lovchilarga turli banklarda xizmat ko'rsatilgan taqdirda, talabnoma uch
nusxada tuzilib, talabnomalaming barcha nusxalari pochta orqali to'lovchining
bankiga jo'natiladi, bu erda, birinchi va ikkinchi nusxalar to'lovni kutib bankda
qolishi, uchinchi nusxa keyingi ish kunidan kechiktirmay hujjatni qabul qilish sanasi
ko'rsatilgan holda aktsept uchun to'lovchiga topshirilishi lozim. Bunda to'lovchi
belgilangan muddatda talabnomani bankka rahbar imzosi bilan yuqoridagi chap


burchakka aktseptni olganligi
to'g'risida belgi qo'yib qaytarishi zarur. Shundan
so'ng to'lovchi tomonidan aktsept uchun belgilangan muddatda o'zining roziligi yoki
to'lovdan to'laligicha yoxud qisman bosh tortganligi to'g'risida ma'lum qilinishi, aks
holda, talabnoma bank tomonidan umumiy tartibda aktsept uchun qabul qilinadi va
to'lovchining hisobvarag'ida mablag' bo'lgan taqdirda to'lov amalga oshiriladi.
Unda, talabnomaning birinchi nusxasi bankning kun hujjatlariga tikilishi, ikkinchi
nusxasi to'lovchining shaxsiy hisobvarag'idan olingan ko'chirmaga qo'shib beriladi.
Aktseptsiz to'lanadigan talabnoma qo'llanilganda to'lovchi va mablag'ni
oluvchiga bitta bankda xizmat ko'rsatilsa, uch nusxada, bunda, to'lov to'langandan
so'ng, birinchi nusxasi bankning kunlik xujjatlar yig'm asiga, ikkinchi nusxasi
to'lovchining shaxsiy hisobvarag'idan olingan ko'chirmaga, uchinchi nusxasi
mablag' oluvchining shaxsiy hisobvarag'idan olingan ko'chirm aga ilova qilinadi.
Agar to'lovchi va mablag'ni oluvchiga turli xil banklarda xizmat ko'rsatilsa,
talabnoma ikki nusxada tuzilib, barcha nusxalari pochta orqali to'lovchining bankiga
yuboriladi, to 'lo v to'langandan so'ng, birinchi nusxasi bankning kunlik hujjatlari
yig'm asiga tikish uchun, ikkinchi nusxasi shaxsiy hisobvarag'idan ko'chirma bilan
birga to'lovchiga beriladi.
K o'pchillik hollarda to'lovchining depozit hisobvarag'ida mablag'lar yo'qligi
sabali, talabnoma shartlarini bajarish imkoniyati bo'lm aydi, unda talabnoma 2-sonIi
kartotekaga 96321-"Muddatida to'lanmagan hisob-kitob hujjatlari" hisobvarag'iga
joylashtiriladi va ushbu haqda to'lovni oluvchining bankiga uch kun ichida xabar
yuboriladi va qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda mablag'lam i kelib tushishiga
qarab to'lab boriladi. To'lovchining depozit hisobvarag'ida bor bo'lgan m ablag'lami
to'lab beradi va qolgan summani 2-sonli kartotekaga joylashtirilgan talabnomaning
orqasiga qisman to'langan summani yozib qo'yadi.
Shuningdek, aktseptlangan va aktseptlanmagan to'lanadigan talabnomalaming
ham amalga oshirilishi yuqoridagining aksi bo'lib, talabnoma bankka kelib tushgan
kunning keyingi kunidan kechiktirmay, to'lovchining vakiliga “To'lov muddatini
kutayotgan hisob-kitob hujjatlari” jum alida imzo chekdirib, topshiriladi va shundan
so'ng 1-sonli kartotekaga
96321- “T o'lov muddatini kutayotgan hisob-kitob
hujjatlari” hisobvarag'iga joylashtiriladi.
T o'lovchining banki tomonidan talabnoma aktseptining quyidagi: aktsept uchun
talabnoma topshirilganidan keyingi kundan boshlab uch ish kuni - bir shahardagi
mijozlar uchun, aktsept uchun talabnoma topshirilganidan keyingi kundan boshlab
besh ish kuni - boshqa shahardagi mijozlar uchun, aktsept uchun talabnoma
topshirilgan kundan keyingi kundan boshlab 10 kungacha - to'lovchining asosli
iltimosnomasi bo'yicha muddati belgilanadi.
Agarda to ’lov talabnoma bankka kelib tushgandan so’ng 10 ish kuni davomida
mijozga xabar berish iloji bo’lmagan bo’lsa va mijoz hisob raqamidan hech qanday
m ablag’
chiqarilmagan bo’lsa,
unda to ’lov talabnoma


ijrosiz “Mijozning
kelmaganligi sababli ijrosiz qaytarilmoqda” yozuvi bilan qaytariladi.

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin