T o sh k e n t d a V l a t iqtiso diyo t u niversiteti f. T. A b d u V a X id o V, Z. A. Um arov, K. N. D ju ra y ev


 Banklam ing o ‘zaro (filiallararo) hisob kitob operatsiyalari hisobi



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/109
tarix27.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#200006
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   109
Data

3.2. Banklam ing o ‘zaro (filiallararo) hisob kitob operatsiyalari hisobi
O 'zaro yoki filiallararo hisob-kitoblar bu O'zbekiston Respublikasidagi banklar
o'rtasida bo'ladigan hisob-kitoblardir. Banklar o'rtasidagi vakillik munosabatlari -
shartnomaviy munosabatlar bo'lib, ularga ko'ra bir bank (vakil bank) boshqa
banklaming tegishli depozitlarini saqlaydi va ularga to'lov bilan bog'liq hamda
boshqa operatsiyalar yuzasidan xizmatlar ko'rsatadi.
Banklararo hisob-kitoblar har bir bankka Markaziy bankda ochiladigan
"Rezident banklaming vakillik hisobvarag'i - Vostro", "XKKMning HMdagi vakillik
hisobvarag'iga - Vostro", banklarda "Markaziy bankning vakillik hisobvarag'i -
Nostro" vakillik hisobvaraqlari orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, boshqa
Banklarda xorijiy valyutada vakillik hisobvaraqlari ochilishi mumkin. Vakillik
hisobvaraqlari bo'yicha operatsiyalar faqat tijorat banklari taqdim etadigan to'lov
topshiriqnomalari asosida, bu hisobvaraqlarda mavjud bo'lgan m ablag'lar doirasida
amalga oshiriladi.
Vakillik hisobvaraqlari bo'yicha ikki nusxada shaxsiy hisobvaraqlar yuritiladi.
Ulaming birinchisi hisobvaraq egasi bo'lgan bankda (tijorat banki) va vakil bankda
vakillik hisobvarag'idan ko'chirm a sifatida xizmat qiladi.
Markaziy bank va boshqa barcha banklar vakillik hisobvaraqlarining ahvolidan
xabardor bo'lib turishlari, "Boshqa banklaming vakillik hisobvaraqlari - Vostro”,
"XKKMning HKMdagi vakillik hisobvarag'i - Nostro" hisobvaraqlari bo'yicha debet
qoldiq yuzaga kelishiga yo 'l qo'yilmaydi.


Ushbu hisobvaraqlar bo'yicha Markaziy bankda yuzaga kelgan debet
saldosining hisobi "Rezident banklaming vakillik hisobvaraqlari - Vostro, overdraft"
hisobvarag'ida yuritiladi. Markaziy bankda yuzaga kelgan debet saldosining hisobi
bank bo'limlarida " Markaziy bankning vakillik hisobvarag'i - Nostro, overdraft"
hisobvarag'ida,
Banklarda
esa
"HKKMning
hisob
markazidagi
vakillik
hisobvarag'iga - Nostro, overdraft" hisobvarag'ida yuritiladi. Markaziy bankda
vujudga kelgan debet saldosi bo'yicha banklar har bir kun uchun debet saldosi
summasining 1 foiz miqdorida jarima, shuningdek, overdraft harzidan foydalanganlik
uchun foizlar to'laydi. Bu to'lovlar vakillik hisobvarag'i bo'yicha xizmat ko'rsatish
to'g'risidagi shartnomaga muvofiq debet saldosi batamom yo'qotilgunicha to'lanadi.
Jarima debet saldosi qoplanganidan keyin Markaziy bankning hududiy bosh
boshqarmasi yozgan inkasso topshiriqnomalari bilan undiriladi.
Shuning uchun tijorat banklari vakillik hisobvarag'idagi operatsiyalami nazorat
qilib turishlari shart hamda to'lovlar o'tkazilishi uchun zarur hajmdagi m ablag'lar
ulaming vakillik hisobvaraqlariga o 'z vaqtida kelib tushishini ta'minlashlari lozim.
Har kuni ish boshlanishidan oldin (8.00 dan) vakillik hisobvaraqlari tekshirib
chiqiladi. Tijorat banklari hisob-kitoblar markaziga ichki vakillik hisobvaraqlarida
turgan qoldiqlar haqida ma'Iumot berib turishlari kerak. hisob-kitob markazida bank
bo'limlaridan olingan ma'lumotlar ulardagi qoldiqlar bilan taqqoslanadi. Agar o‘rtada
tafovut chiqsa, tijorat banki mazkur tafovut sabablarini aniqlab, bartaraf etmagunicha,
hisob-kitob markazi orqali ishlashiga ruxsat etilmaydi
O ‘zaro
hisob-kitoblar
0 ‘zbekiston
Respublikasi
Markaziy
bankining
hisobvaraqlar rejasidagi 16103- «Bosh bank/filiallardan filiallar va banklararo hisob
kitoblar bo‘yicha olinadigan mablag'lar» va 27406- "Filiallararo aylanmalar tranzit
hisobvaraqlari" hisobvaraqlarida hisobga olinadi.
O'zbekiston Respublikasi hududida banklararo hisob-kitoblar Banklaming
Markaziy banki hududiy Bosh Boshqarmalari (hisob-kitoblar Markazi)da ochilgan
vakillik hisobvaraqlari orqali elektron to'lovlar tizimi bo‘yicha milliy valyutada
amalga oshiriladi. Banklarda hujjat aylanishi O ‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi
doirasida Markaziy bank tomonidan tasdiqlangan amaldagi Nizom13 talablari asosida
tashkil qilinadi.

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin