T o sh k e n t d a V l a t iqtiso diyo t u niversiteti f. T. A b d u V a X id o V, Z. A. Um arov, K. N. D ju ra y ev


Banklarda kredit operatsiyalarining turlari va ularning shakllari



Yüklə 29,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/108
tarix14.12.2023
ölçüsü29,58 Kb.
#178720
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   108
Banklarda buxgalteriya hisobi Abduvaxidov 2010 @iqtisodchi kutubxonasi (1)

5.3. Banklarda kredit operatsiyalarining turlari va ularning shakllari
Jaqon amaliyotida bank kreditlarini yagona, umumlashgan tasnifi yo‘q, chunki 
kreditlami turli xil shakllari har bir mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasiga, 
uning urf-odatlariga, aholi orasida kreditlami berish va qaytarish tarixan shakl langan 
usullariga bog'liq bo'ladi. Shunday bo'lsa ham eng ko'p uchraydigan bank kredit 
operatsiyalarini turli xil mezonlar va o'lchovlaridan kelib chiqqan holda 
guruhlashtirish mumkin. Bankning kredit operatsiyalarini quyidagi mezonlari 
bo'yicha tasniflanadi:
1. Bank kreditlarini 
qarz oluvchilarping guruhlari bo'yicha tasniflanishi 
mumkin: 
Bank 
kreditlarini 
oluvchilar 
bo'lib hukumat, 
boshqa 
banklar, 
xo'jalik sub'ektlari, turli moliya tashkilotlari, aholi hisoblanadi.
2. Kreditlar 
maqsadi 
yoki 
qaysi 
sohaga yo'naltirilishi bo'yicha: sanoat, 
qishloq xo'jaligi, savdo, investitsion, iste'mol va boshqa kreditlarga bo'linadi.
Bank kreditlari ishlatilishi sohasi bo'yicha 2 xil bo'lishi mumkin: asosiy 
kapitalni moliyalashtirish uchun yoki aylanma kapitalni moliyalashtirish uchun 
kreditlar beriladi. Bular o 'z navbatida ishlab chiqarish yoki muomala sohasiga 
yo'naltiriladigan kreditlarga bo'linadi. Inflyatsiya sharoitida tijorat banklari 
amaliyotida savdo va chayqovchilik operatsiyalarini moliyalashtirishga yo'naltirilgan 
kreditlar aksariyat qismni tashkil etadi.
3. Hajmi bo'yicha kreditlar katta va kichiklarga bo'linadi. Lekin xalqaro 
amaliyotda bu kreditlami belgi bo'yicha yagona o'lchov (mezon) i yo'q. XVF, 
ETTBning nuqtai nazaridan 10000 AQSh dollarigacha bo'lgan summadagi kreditlar 
kichik kreditlarga kiradi.
4. Qaytarish muddati bo'yicha 
kreditlar talab qilinguncha va muddatli 
bo'ladi. 
Muddatli 
kreditlar 
qiska 
va 
uzoq muddatlilarga 
bo'linadi. 
Kreditlami 
bu 
mezon 
bo'yicha 
turli mamlakatlarda farqlanadi. Aksariyat 
banklar asosan qisqa muddatli va uzok muddatli kredit berish bilan shuqullanadi.
5. Taminlanganligi 
bo'yicha 
kreditlar 
ta'minlanmagan 
va ta'minlangan 
kreditlarga 
bo'linadi. 
Ta'minlangan 
kreditlar ta'minlanganlik 
xarakteriga 
qarab 
garovli, 
kafolatlangan, sug'urtalangan va hokazolarga bo'linadi. 
Ta'minlanmagan kreditlar ishonchli deb ham ataladi va odatda faqat solo-veksel 
orqali takdim etiladi. Ta'minlanmagan kreditlar qarz oluvchiniig obro'sini hisobga


olgan holda va uning daromadlari darajasini baholashdan so‘nqina beriladi. 
Kreditning sifati past bo'lganda ham u ta'minlanmagan kredit deb yuritiladi va bunda 
kreditlar bo'yicha kreditning qaytmaslik xatari yuqori bo'ladi.
6. Berilish usullari bo'yicha kreditlar, qoplash uchun va to'lov kreditlarga 
bo'linadi. Birinchi holatda kredit qarz oluvchining hisobvarag'iga xarajatlami 
qoplash uchun o'tkaziladi. Bunda yana avans harakteridagi kredit mablag'larini 
o'tkazilishi ham nazarda tutiladi. Ikkinchi holatda bank kreditsi bevosita naqd pulsiz 
hisob-kitoblarda hisob hujjatlarini to'lash uchun beriladi. Shu bilan birga, bir martalik 
kreditlar ham bo'ladi, ya'ni shartnomada belgilangan muddat va summada taqdim 
etiladi. Biroq ko'pchilik mamlakatlarda kredit liniyalari keng qo'llaniladi.
7. Bank kreditlarini qaytarilish tartibi bo'yicha 2 guruhga ajratish mumkin. 
Birinchi guruhga bir vaqtda qaytariladigan kreditlar, ikkinchi guruhga bir necha 
muddatda bo'lib-bo'lib to'lanadigan kreditlar kiradi. Odatda yuridik shaxslar va 
aholiga joriy ehtiyojlami qoplash uchun naqd pul mablag'lari 
kerak 
bo'lganda 
beriladigan qisqa muddatli 
kreditlar, 
bir 
vaqtda 
qaytariladigan 
kreditlar 
hisoblanadi. Bu erda asosiy qarz va foizlami yagona summada kredit muddati tugashi 
bilan qaytariladi. Bir necha muddatda qaytariladigan kreditlar bu ikki yoki undan 
ortiq to'lovlar bilan amalga oshiriladigan kreditlar hisoblanadi. Bu guruhga turli xil 
kreditlar: tijorat, ochiq schyot bo'yicha, veksel, lizing, faktoring, forfeyting va 
boshqalar kiradi.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan davlatlarda bir kecha muddatda qaytariladigan 
kreditlar yuridik va jismoniy shaxslarga tovarlar va ko'chmas mulklami sotib olish 
uchun beriladigan o'rta va uzoq muddatli kreditlashda keng qo'llaniladi. Jahon 
moliya bozorlarida investitsiya loyiqalarini amalga oshirish uchun kreditlar bir necha 
muddatlarda qaytarish sharti bilan beriladi.
8. Foiz stavkalarining turlari bo'yicha bank kreditlarini 2 guruhga bo'lish 
mumkin: 
qat'iy foizlardagi kreditlar va suzuvchi foiz stavkalaridagi kreditlar. 
Kreditlar kreditlashning butun muddatiga beriladigan va qayta ko'rib chiqilmaydigan 
qat'iy foiz stavkalari shartlarida berilishi mumkin. Qarz oluvchi bu holatda foiz 
stavkalari bozorda konyuktura o'zgarigiiga qaramasdan kreditdan foydalanganligi 
uchun o'zgarmas kelishilgan stavkada foiz to'laydi. Bu ham kreditorga, ham qarz 
oluvchiga qulay, chunki ikkala tomon ham berilgan kreditdan foydalanish bilan 
bog'liq bo'lgan o 'z daromad va xarajatlarini to 'g 'ri hisoblab chiqish imkoniyatiga 
ega bo'ladi. Qat'iy foiz stavkalari odatda qisqa muddatli kreditlashda qo'llaniladi.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan davlatlarda kreditlami berishda qat'iy va suzib 
yuruvchi foiz stavkalarining har ikkalasi ham keng qo'llanilmoqda. Suzib yuruvchi 
foiz stavkalari -bu kredit bozorlarida vujudga keladigan holatlarga bog'liq bo'lgan 
doimiy o'zgaradigan foiz stavkalaridir.
9. 
Kredit qaysi valyutada berilishiga qarab ham guruhlarga bo'linadi. 
Odatda tijorat banklari kreditlami milliy valyutada yoki chet el valyutasida berishi 
mumkin. O'zbekistonda milliy valyuta va chet el valyutasidagi kreditlar ko'p 
qo'llanilmoqda.
10. Kreditlar soni bo'yicha kreditlar quyidagi guruhlarga bo'linishi mumkin: 
yagona bank beradigan kreditlar; sindikatlashgan kreditlar; 
parallel kreditlar. 
Amaliyotda bir bank tomonidan beriladigan kreditlar keng tarqalgan. Biroq ayrim


mamlakatlar va integratsion guruhlar iqtisodiyotning rivojlanish imkoniyatiga qarab 
yagona bank imkoniyati etmaydigan yirik kreditlarga ehtiyoj sezilmoqda. Bu esa 
banklaming guruhlarga qo‘shilib sindikatlashgan kredit berishga undamoqda.
Sindikatlashgan kredit - bu birlashgan 2 yoki undan ortiq kreditorlar bir 
qarzdorga kredit taqdim etadi. Bir guruh bank-kreditorlar ma'lum muddatga bo‘sh 
turgan moliyaviy resurslarini ma’lum bir ob’ekt yoki qarzdomi kreditlash maqsadida 
birlashtiradi. Bir yoki etakchi bank-koordinatorlaming katta boMmagan bir guruhi 
butun sindikat nomidan qarz oluvchi bilan kredit bitimi shartlari bo‘yicha 
muzokaralar olib boradi, kerakli summa yigMshini ta'minlaydi. Amaliyotda ikki yoki 
undan ortiq banklar qarz oluvchiga parallel kreditlar berish holatlari ham boMishi 
mumkin. Sindikatlashgan kreditdan farqli oMaroq, bu holatda mijoz bilan har bir bank 
alohida ish olib boradi, so‘ngra esa umumiy kredit shartnomasini tuzadilar.
Shunday qilib, Banklaming kreditlari qaysi belgilarga qarab tasniflanmasin, 
ulami berishdan maqsad mijozning m ablag‘ga boMgan ehiyojini qondirgan holda 
bankka yuqori daromad keltirishini ta'minlashdan iborat.

Yüklə 29,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin