5.4. Banklarda kredit operatsiyalarini hujjatlashtirish va
ularning buxgalteriya hisobi
Banklarda kredit operatsiyalarini rasmiylashtirish 0 ‘zbekiston Respublikasi
Markaziy banki tomonidan va adliya vazirligidan ro'yxatdan o‘tgan y o ‘riqnoma
asosida amalga oshiriladi. Kreditni berish va hujjatlashtirish tartibi hozirgi paytda
markazlashtirilmagan va u tijorat tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. Lekin
amaliyotdan ko'rsatilishicha, kreditlashning umumiy ishlab chiqilgan tartibi hamon
mavjud boMib, unga barcha tijorat banklari amal qiladilar. Kredit olish uchun ariza,
qarzdor kredit xizmatlaridan foydalanish uchun munosib bankni tanlagandan so‘ng
rasmiylashtiradi va taqdim etiladi. Bunda mijoz bankning kredit salohiyati hajmini,
uning passivlari, bankning ishonchlilik darajasini, bankning ta'sischilar tarkibi, uning
tarmoq xarakteri va u yoki bu operatsiyalarga moslashuvi va ixtisoslashuvi
shuningdeq kredit bo‘yicha summa, foiz va kredit muddatlarini inobatga olishi
mumkin. Bu kabi axborot manbalari sifatida ochiq muhr, shuningdeq bank mijozlari
bilan norasmiy shartnomasi boMishi mumkin.
Iqtisodiy nobarqarorlik va doimiy ravishdagi kredit qaytarilmasliklar sharoitida
banklar kreditni shu bankda hisob-kitob varagMga ega boMgan qarzdorlarga berishni
ma'qul ko‘radilar, bu esa qarzdor tomonidan bankni tanlash imkoniyatini cheklaydi.
Bank qarzdomi tanlagandan so'ng, qarzdor arizani rasmiylashtiradi va unda ma'lum
miqdordagi kredit summasi, muddati va maqsadlarini belgilaydi. Ariza qarzdor-
tashkilot rahbarining imzosi va bosh buxgalter imzosi bilan tasdiqlanishi kerak.
Bunday ariza kreditlashning quyidagi bosqichlarini amalga oshirish uchun asos
boMadi. Kreditga layoqatlilikni baholash uchun bank mijozidan o ‘tgan davrdagi
hisoboti hujuatlami (hisobot, buxgalteriya balansi ilovasi bilan kvartal va yillik
uchun) talab qiladi, ko'rsatkichlam i yanada aniqroq tekshirishga ehtiyoj tugMlganda
boshlangMch buxgalteriya hujjatlari va agar mumkin boMsa uzoq muddatli hisobotlar
talab qilinadi.
Kreditga Iayoqatsizlik xatarini oldindan ko‘ra bilish ko'pincha oson kechmaydi,
chunki kerakli paytda mijozning faoliyatida kutilmagan moliyaviy qiyinchiliklar
vujudga kelishi mumkin. Bu qiyinchiliklar mijozning qobiliyatsizligi tufayli uning
mol etkazib beruvchilari, xaridor va boshqa tashqi omillaming xatosi va muammosi
bunga sabab bo'lishi mumkin. Shuning uchun bank krediti operatsiyalarining har bir
turi kreditning qaytmaslik xatari bilan bog'liq bo'ladi. Bunday xatami pasaytirish
uchun bank bo'lajak mijozning mavjud o'tgan moliyaviy ahvoli bo'yicha kreditga
layoqatliligini baholab, salbiy tomonlami oldindan bilishga, mijozning kelajak
muammolarini ko'rishga intiladi. Qisman bu potentsial mijozning hisobot va
balansini tahlil qilishga undaydi.
O'zbekiston Respublikasi tijorat banklari alohida bir kredit muassasa singari
o'zining kredit siyosatiga ega. Ya’ni har bir bank o'zining bo'sh turgan mablag'larini
o'zi xohlagan yo'nalishga, ko'proq daromad olishga yo'naltiradigan bo'ldi.
Mijoz kredit olish uchun bankka belgilangan tartibda hujjatlar paketini
rasmiylashtirib topshirganidan keyin kredit kommisiyasining qaroriga ko'ra kredit
berish lozim deb topillib, bank va kredit oluvchi o'rtasida imzolangan kredit
shartnomasiga asosan mijozga kredit beriladi. Buning uchun mijozga alohida kredit
hisobvarag'i ochiladi. Ushbu hisobvaraqning debetida mijozlarga kreditlar beriladi.
Bank tomonidan berilgan kreditlar qaytarilganda yoki muayyan kreditning maqomi
o'zgarishi munosabati bilan boshqa turga o'tkazilayotganda va ushbu kreditlar
bo'yicha ko'rilgan zarar qoplanayotganda tegishli kredit hisobvaraqlari kreditlanadi.
Berilgan kreditlar bo'yicha ko'rilishi mumkin bo'lgan zararlar uchun zahiralar
bankning harajatlari hisobidan yaratiladi. Ushbu zahiralar qarzdoming moliyaviy
holatini berilgan kreditning ta'minlanganligi va qaytmaslik xatarlari baholash
natijasida yaratiladi.
Demak, Banklarda 11900- 13200 gacha bo'lgan hisobvaraqlarda qisqa muddatli
kreditlar va 14500-15500 gacha bo'lgan hisobvaraqlarda esa uzoq muddatli
kreditlaming buxgalteriya hisobi yuritiladi.
13100- «Xususiy korxonalar va nodavlat korporatsiyalariga berilgan qisqa
muddatli kreditlar» hisobvaraqlaming debet tomonida tegishli bank korxona,
tashkilot, jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli kreditlar, kredit tomonida
ulaming qaytarilishi aks etadi. Yuqoridagi hisobvaraqlaming barchasi bir qator
ikkinchi tartibli hisobvaraqlami o 'z ichiga olib, ularda muddatli, muddati o'tgan,
qayta ko'rilayotgan kreditlar bo'yicha alohida-alohida hisob yuritiladi.
Agar
xarid
qilingan
tovarning
haqini
darhol
to'lash
lozim bo'lsa,
lekin
buning uchun firmaning o 'z mablag'i etmasa, bunday hollarda
firmada bir
martalik qarz mablag'lariga ehtiyoj paydo bo'ladi. Bu ehtiyojni qondirish uchun
"kredit liniyasi ochilmagan" kredit hisob varag'idan foydalaniladi. Bunday hisob
varaqdan kredit berish bir marta kredit berish yo'li bilan amalga oshiriladi. Bunday
kreditning har biri bo'yicha bank alohida qaror qabul qiladi.
Korxona va tashki lotlarga yoki alohida olingan jismoniy shaxslarga kredit hisob
varag'i ochilgandan so'ng ular bo'yicha kreditning berilishi va qaytarilishi bo'yicha
operatsiyalami amalga oshirishlari mumkin. Har bir kreditning berilishi kredit
kommisiyasi farmoyishi asosida amalga oshiriladi, ya’ni kredit bo'Iimiga mijozga
kredit berish to'g'risidagi farmoyishini hisob operatsion bo'lim i mas'ul ijrochilariga
beradilar. Mas'ul ijrochilar farmoyishda ko'rsatilgan rekvizitlar asosida kredit berish
bo'yicha buxgalteriya provodkalarini bajaradilar. Kredit hisobvaraqlarining o'zi
muddatli, muddati o'tgan, qayta ko'rilayotgan kabi kreditlar bo'yicha alohida
yuritiladi.
Kredit berilayotganda korxonaning xisob-kitob hujjati to'lanayotgan bo'lsa, pul
o'tkazilishi lozim bo'lgan mol sotuvchi yoki xizmat ko'rsatgan korxona
hisobvarag'iga kredit summasi o'tkaziladi. Pul tushirilishi lozim bo'lgan korxonaga
boshqa bank bo'limi xizmat ko'rsatsa kredit-summasi kredit berayotgan bankning
vakillik hisobvarag'i orqali tegishli bankga o'tkaziladi va quyidagicha buxgalteriya
yozuvi amalga oshiriladi:
Dt 13101-«Xususiy korxonalar va nodavlat korporatsiyalariga berilgan qisqa
muddatli kreditlar»,
Kt 16103-Bosh bank/filliallaridan filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo'yicha
olinadigan mablag'lar» yoki 20200 «Mijozning hisobvarag'i».
16103 -hisobvarag'ida bank tomonidan xususiy firmalar shirkatlar va jamoa
xo'jaligi hamda korxonalar, nodavlat korporatsiyalar va shu kabi xususiy mulkchilik
shakliga ega bo'lgan korxonalarga berilgan qisqa muddatli kreditlaming hisobi
yuritiladi. Bu hisobvaraq bo'yicha analitik hisob har bir qarzdor va kredit turlari
bo'yicha alohida shaxsiy hisob varaqalarda olib boriladi.
Kredit oluvchi va bank
o'rtasidagi tuzilgan kredit shartnomasiga binoan
kreditning qaytarish muddatlari
belgilanadi.
Kreditni qaytarish muddati
tugagandan so'ng
kreditning
qaytarilishi quyidagicha buxgalteriya yozuvi bilan
rasmiylashtiriladi:
Dt 20208 - «Talab qilib olunguncha saqlanadigan depozitlari «hisobvarag'i,
Kt 13101- «Xususiy korxonalar va nodavlat
korxonalariga beriladigan qisqa
muddatli kreditlar» hisobvarag'i.
Bu buxgalteriya o'tkazmasi mijozning talab qilib olunguncha saqlanadigan
depozit bo'yicha hisobvarag'ida kreditni qaytarish uchun etarli pul mablag'lari
bo'lgan holda amalga oshiriladi. Agar qarzdoming qarzni qaytarishga mablag'i
bo'lmasa, kredit summasi, 13101- "Muddati o'tgan xususiy korxonalarga va nodavlat
korporatsiyalariga berilgan hisobvarag'i”ga o'tkaziladi va quyidagicha buxgalteriya
yozuvi amalga oshiriladi:
Dt 13105- «Xususiy korxonalarga berilgan muddati o'tgan qisqa muddatli
kreditlar»,
Kt 13101 - «Xususiy
korxonalarga
berilgan
qisqa muddatli kreditlar»
hisobvarag'i.
Qaytarish muddati kelganda to'lanmagan va shundan so'ng 90 kun o'tgandan
so'ng qaytib kelmagan kreditlar
13109 -"Xususiy korxona va nodavlat
korporatsiyalariga berilgan qisqa muddatli shartlari qayta ko'rib chiqiladigan
kreditlar" balans hisobvarag'iga o'tkaziladi.
Korxona hisobvarag'iga pul kelib
tushgandan so'ng kreditni qaytarishda quyidagicha buxgalteriya yozuvi amalga
oshiriladi:
Dt 20208-«Talab qilib olunguncha saqlanadigan hisobvarag'i»,
Kt 1 3 101- «Xususiy korxonalarga
berilgan
qisqa muddatli kreditlar»
hisobvarag'i.
0 ‘zbekiston Respublikasining qonuniy hujjatlarida “Pul mablag'larini jalb qilish
hamda ulami qaytarishlik, to‘lovlilik va muddatlilik shartlari asosida o ‘z nomidan
joylashtiruvchi muassasa bankdir” deb qayd etilgan. Shu boisdan, banklar va boshqa
kredit tashkilotlari pulni uning soxiblariga foiz to'lash sharti bilan o ‘z holida
jamlaydilar va o ‘z nomidan qarzga berib, foiz oladilar. Bunda uch sub'ekt, pul egasi,
kredit tashkiloti va qarz oluvchining kredit munosabati paydo boMadi.
Hozirgi kunda har bir tijorat banki o‘zining kredit siyosatini ishlab chiqib, kredit
munosabatlarini ushbu siyosat orqali yuritadilar va Markaziy bank esa kreditlash
bo'yicha umumiy ko'rsatmalar beradi. Bank tomonidan beriladigan kreditlar
muddatiga ko‘ra, qisqa va uzoq muddatli kreditlarga bo'linadi. Qisqa muddatli
kreditlar 1 yil muddatga, uzoq muddatli kreditlar esa 5 yildan ortiq muddatga
beriladi.
Qisqa muddatli kreditlaming ham har xil turlari mavjud, ular bir biridan kredit
berish shartlari, ta'minlash tarzi, qoplash muddatlari bilan farq qiladi. Qisqa va uzoq
muddatli
kreditlash operatsiyalarining hisobini yuritish uchun Banklaming
hisobvaraqlar rejasida bir qator asosiy hisobvaraqlar ochilgan boMib, ular 11900-
15500 tartibda ochilgan birinchi va ikkinchi tartibli hisobvaraqlardan tashkil topadi.
Ushbu balans hisobvaraqlarida bankning rezident hamda norezident boMgan
shaxslarga milliy va chet el valyutalarda bergan kreditlaming hisobi olib boriladi.
Kreditlar muddati, qarzdorlar va kreditning maqomi bo'yicha tasniflanadi. Kreditlar
maqomi bo'yicha quyidagicha tasniflanadi:
-
muddati o'tgan kreditlar - bank va mijoz o'rtasida tuzilgan kredit shartnomasiga
ko'ra o 'z vaqtida qaytarilmagan kreditlar. Bu toifadagi kreditlar muddatsiz
hisoblanib, imkoniyati bo'lishi bilan undirib olinadi.
-
shartlari qayta ko'rib chiqilgan kreditlar - o'zaro qayta ko'rib chiqilgan yoki
qayta tuzilgan shartnomalarga asosan muddati, yangi foiz stavkasi yoki
ta'minlanganlik holatiga qo'shimcha talablar va shu kabi boshqa shartlaming
o'zgarishi bilan bog'liq bo'lgan kreditlardir. Muddati o'tgan kreditlar bo'yicha
foizlar ko'zda tutilmagan holatlar alohida hisobvaraqda hisobga olib boriladi va
qarzdor kreditni qaytarayotganda foizlari ham birga undirib olinadi.
Ushbu hisobvaraqlar boshqa banklarga va mijozlarga berilgan kreditlar
summasiga debetlanadi. Bank tomonidan berilgan kreditlar qaytarilganda yoki
muayyan
kreditning
maqomi
o'zgarishi
munosabati
bilan
boshqa
turga
o'tkazilayotganda va ushbu kreditlar bo'yicha ko'rilgan zarar qoplanayotganda
tegishli kredit hisobvaraqlari kreditlanadi.
Berilgan kreditlar bo'yicha ko'rilishi mumkin bo'lgan zararlar uchun zahiralar
bankning daromadlari hisobidan yaratiladi. Ushbu zahiralar qarzdoming moliyaviy
holatini, berilgan kreditning ta'minlanganligi va qaytarilmaslik ehtimollarini baholash
natijasida yaratiladi.
Kredit operatsiyalarini hisobga oluvchi hisobvaraqlaming barchasi bir qator
shaxsiy hisobvaraqlami o'z ichiga olib, ular muddatli, muddati o'tgan, qayta ko'rib
chiqilgan kreditlar bo'yicha alohida-alohida hisob yuritiladi. Agar kredit hisobvarag'i
01 bilan tugasa berilgan kredit, 05 bilan tugasa berilgan muddati o'tgan kredit, 09
bilan tugasa berilgan shartlari qayta ko'rib chiqilgan kreditlami tasniflaydi. Kredit
operatsiyalari kredit hisobvaraqlarida aks etiriladi. Agar xarid qilingan tovarning
haqini darhol to'lash lozim bo'lsa, lekin buning uchun firmaning xususiy mablag‘i
etmasa, bunday hollarda firmada bir martalik qarz mablag1 lariga ehtiyoj paydo bo'ldi
deyishadi. Bu ehtiyojni qondirish uchun “kredit yo‘li ochilmagan” kredit
hisobvarag'idan foydalaniladi. Bunday hisobvaraqdan kredit berish bir martalik
kredit berish yo'li bilan amalga oshiriladi. Bunday kreditning har biri bo'yicha bank
alohida qaror qabul qiladi. Bu shuni bildiradiki, agar kelgusida yana kredit zarur
bo'lsa, mijoz rahbariyati bank talab qilgan hujjatlaming yangi to'plamini to'liq ishlab
chiqishi, xuddi birinchi kredit olinganidek muzokaralar olib borishi va barcha talablar
bajarishi lozim.
Shuning
uchun,
agar kredit resurslariga ehtiyoj
uzoq
muddatli
va
takrorlanuvchan ekanligi oldindan tahlil qilinsa “kredit yo'li ochib” kredit berish
to'g'risida shartnoma tuzish qulayrok bo'ladi va arzonroq tushadi. Kredit yo'li
deganda - bu mijoz bilan bank o'rtasida belgilangan summada qarzlar turkumini
berish to'g'risida tuzilgan kelishuvidir.
Kredit yo'lini ochishda bank tomonidan kreditlash limiti belgilanadi. Shu limit
doirasida kredit berishda bank bilan qo'shimcha muzokaralar olib borish talab
qilinmaydi. Kredit yo'lining ochilishi shuni bildiradiki, mijozga etkazib berilgan
tovarlar va ko'rsatilgan xizmatlar uchun bank kredit summasi doirasida mijozning
hisob-kitob hujjatlari bo'yicha pul to'laydi. Shu bilan birga, bank pulni hujjatlar
topshirilgan kuni to'lashga majbur. Kredit o'z vaqtida berilmaganligi va mijozning
tovar etkazib beruvchilar bilan hisob-kitobni kechikib amalga oshirilganligi uchun
bank javobgar hisoblanadi.
Kredit olish uchun alohida kredit yo'lini ochish shart emas. Bank bilan uning
mijozi o'rtasida maxsus bitim tuzilib, shu bitimga asosan mijozga uning hisob-kitob
varag'ida qolgan mablag'dan ortiq summadagi to'lovlami amalga oshirishga ruxsat
etiladi. Kreditning bunday turi overdraft deyiladi. Shartnomada overdraft qarzning
eng katta summasi, kredit berish shartlari: kreditni qoplash tartibi, foiz darajasi
belgilanadi. Overdraftda mijozning hisob-kitob varag'iga kelib tushadigan barcha
summa qarzni qoplashga yo'naltiriladi. Shuning uchun qarz hajmi mablag' kelib
tushgan sari o'zgarib turadi, ana shunisi bilan overdraft kreditning boshqa turlaridan
farqlanadi. Overdraft qisqa muddatli kreditlash qoidalarida ko'zda tutilganiga
qaramay, tijorat banklari tajribasida overdraftni kontokorrentdan boshqa istalgan
kredit turiga qayta rasmiylashtirish huquqi qo'llanilmoqda.
Kontokorrent hisobvarag'i mijozning barcha operatsiyalarini birga jamlashga
imkon beradi. Kontokorrent hisobvarag'i mijozning bankdagi kredit hisob-kitob
xizmatini amalga oshirish uchun mo'ljallangan yagona hisobvarag'i bo'lib, barcha
operatsiyalar shu hisobvaraq bo'yicha bajariladi. U kredit hisobvarag'i va hisob-kitob
varag'i alomatlarini o'z ichiga jamlagan. Kontokorrekt hisobvaraqda bir tomondan
tushumlar aks ettirilsa, ikkinchi tomondan kreditlar va to'lovlar qayd qilinadi.
Natijada debet saldo (qarz) ham, kredit saldo (mablag'ning mavjudligi) ham vujudga
kelishi mumkin. Kontokorrekt hisobvarag'i ochilganda qarz oluvchi mijozning hisob-
kitob scheti yopiladi. Bank kontokorrekt hisobvarag'i bo'yicha kreditlash limiti
kreditning chegaraviy miqdorini belgilaydi. Shu limit summasiga bankning kafolat
majburiyati rasmiylashtiriladi uning shakli xuddi kredit nuli ochishdagidek bo'ladi.
Ushbu kredit mablag'larini faqat mijozning asosiy faoliyati bilan bog'liq bo'lgan
tovarlar va xizmatlarga sarflash mumkin. Boshqa barcha to'lovlarga faqat
kontokorrekt qo'llanilmaydi. Kreditning bu turi chet el tajribasida cheklar va kredit
kartochkalari bilan hisob-kitob qilishda keng qo'llaniladi.
Bank mijozi eng muhimi, kreditlashni tashkil qilish qoidalariga muvofiq, mijoz
o 'z hisobvarag'ida kredit saldosi bo'lishini ta'minlashi lozim. Qarz oluvchining
bankda depozit hisobvarag'i
bo'lgan taqdirdagina qarzdorlikni saqlashga yo'l
qo'yiladi, lekin uning salmog'i depozit hisobvarag'idagi mablag' summasidan
ochmasligi kerak. Agar bankda mijozninig depozit mablag'lari bo'lmasa oy oxirida
hisob-kitob varag'ida qarz paydo bo'lsa, qarzning miqdori qanday bo'lishidan qat'iy
nazar, kreditlik qoplangunga qadar bank kredit berishni tugatishi lozim.
Demak, agar hisobot oyi oxirida mijozning hisob-kitob varag'ida qarz paydo
bo'lgan bo'lsa, navbatdagi oy boshida overdraft doirasida firma to'lovlami to'lashga
umid qilishi mumkin emas va aksincha, kreditni qoplash uchun mablag' izlashga
tayyor bo'lib turish lozim bo'ladi. Bunday vaziyatdan chiqib ketishning yo'li -
overdraftni kreditning boshqa
turiga
qayta
rasmiylashtirishni talab qiladi.
Qaytaruvchanlikning ta'minlanishi hamda shartnoma va me'yoriy hujjatlarda
belgilangan kreditlash muddatiga rioya qilish sharti bilan bank overdraftni
kontokorentdan boshqa istalgan kredit turiga qayta rasmiylashtirish huquqiga
ega. Kontokorent hisobvarag'ida bir tomondan tushumlar aks ettiriladi, ikkinchi
tomondan kreditlar va to'lovlar qayd qilinadi. Natijada debet saldo, ya'ni qarz ham
kredit saldo, ya'ni mablag'laming mavjudligi ham vujudga kelishi mumkin.
Kontokorrent hisobvarag'i ochilgan qarz oluvchi mijozning hisob-kitob varag'i
yopiladi. Bank kontkorrent hisobvarag'i bo'yicha kreditlash limiti kreditning
chegaraviy miqdorini belgilaydi. Shu limit summasiga bankning kafolat majburiyati
rasmiylashtiriladi.
Kontokorrent hisobvarag'i bo'yicha foizlar debet qoldig'i
bo'yicha ham, kredit qoldig'i bo'yicha bank foydasi va qarzdor foydasiga ham
yoziladi. Debet qoldig'i (qarz) bo'yicha mijoz bankka kredit shartnomasiga ko'ra,
foizlami to'laydi. Kredit qoldig'i (mablag'ning mavjudligi) bo'yicha bank qarzdorga
hisob-kitob shartnomasiga muvofiq foizlami to'laydi.
Kontorrent hisobvaraqning amal qilish muddati bir yildan oshmasligi kerak,
agar o'n ikki oy o'tgandan so'ng qarzdor hisobvarag'iga mablag' tushishini
ta'minlashi
lozim.
Agar belgilangan muddat oxirigacha hisobvaraqda salbiy
saldo saqlanib qolsa, kredit to'liq qoplanguncha kredit berish to'xtatib qo'yiladi.
Agar me'yoriy hujjatlar va kredit shartnomasining barcha
shartlariga rioya
qilingan
bo'lsa kontokorrent hisobvaraq bo'yicha kredit berish tiklanishi
mumkin.
Kreditni ta'minlash uchun faqat veksellardan emas, balki boshqa qimmatli
qog'ozlardan ham foydalanish mumkin. Qimmatli qog'ozlar garovi evaziga alohida
kredit hisobvarag'idan berilgan kredit lombart krediti deb ataladi. Agar mijoz
moliyaviy resurslarga vaqtinchalik ehtiyoj sezsa va o'zining qaramog'idagi qimmatli
qog'ozlarini bozorida sotishda manfaatdor bo'lmasa, u kreditning bu turini
rasmiylashtirish uchun murojaat qilishi mumkin.
Lombard kreditni ta'minlash uchun (ya'ni garov sifatida) boshqa elementlaming
aktsiyalari, veksellari va depozit sertifikatlari qabul qilinadi. Markaziy bankning
me'yoriy hujjatlariga muvofiq kredit beruvchi bankning xususiy aktsiyalari garov
bo‘la olmaydi. Lombard kreditini berish uchun bank va qarz oluvchi o'rtasida 2
tomonlama shartnoma, ya'ni kredit shartnomasi va garov to'g'risida shartnoma
tuziladi. Kredit shartnomasida kreditning miqdori, uni qoplash
muddatlari, foiz
stavkasi
ko'rsatiladi.
Garov to'g'risidagi shartnomada kreditni ta'minlash uchun
berilgan qimmatli qog'ozlar yuzasidan bankka garov huquqi beriladi.
Qimmatli qog'ozlaming garov qiymatini aniqlash qarz oluvchi uchun ham bank
uchun ham juda muhim, chunki kreditning miqdori ana shunga bog'liq, kreditni
ta'minlash qoidalarga muvofiq garov qiymati ta'minlash uchun beriladigan qimmatli
qog'ozlar bozori narxi yoki nominal qiymatining bir qisminigina tashkil qilish lozim.
Bu garovni sotishda vujudga keladigan kurs tavakalchiligi bilan bog'liq, chunki
qimmatli qog'ozlaming bozor narxi kredit shartnomasi tuzilgan paytdagi darajaga
hamda nominal qiymatga nisbatan pasayishi mumkin.
Shuning uchun lombart kredit berish xaqidagi qaror qabul qilishda bank qarz
oluvchining moliyaviy axvolini hamda kreditga layoqatligini o'rganish bilan birga
ta'minlashga qabul
qilinadigan qimmatli qog'ozlaming bozor narxi kredit
shartnomasi tuzilgan paytdagi darajaga hamda nominal qiymatiga nisbatan pasayishi
mumkin.
Kredit olish uchun bankda har bir kredit bo'yicha alohida kredit hisobvarag'i
ochiladi. Mijoz kredit olish uchun bankga belgilangan tartibda ariza va boshqa
hujjatlar paketini rasmiylashtirilib topshiradi. Kredit komissiyasining qaroriga ko'ra,
kredit berish lozim deb topilsa bank va kredit oluvchi o'rtasida kredit shartnomasi
tuziladi. Kredit shartnomasida kreditning nima maqsadda
olinishi, muddati,
summasi,
qaytarilish
tartibi, kredit
uchun
to'lovlar,
tomonlaming
majburiyatlari, javobgarligi va boshqa shartlar ko'rsatiladi.
Kredit bo'limining farmoyishiga ko'ra, hisob operatsion bo'limida kredit
oluvchi mijozning mulkchilik shakliga ko'ra, kredit hisobvarag'i ochiladi. Bu
hisobvaraqda bank tomonidan mijozlarga berilgan kreditlaming hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning
debetida berilgan kreditlaming summasi, kreditida esa qarzdorlar
tomonidan qaytarilgan kreditlaming summasi aks ettiriladi. Bu hisobvaraq bo'yicha
analitik hisob har bir qarzdor va kreditlaming turlari bo'yicha alohida shaxsiy
hisobvaraqlarda olib boriladi.
Kredit hisobvarag'i ochilgandan so'ng, kreditning berilishi va qaytarilishi
bo'yicha operatsiyalarini amalga oshirish mumkin. Kredit berilishi kredit
komissiyasining farmoyishi asosida amalga oshiriladi va kredit bo'limi xodimi hisob
operatsiya bo'limiga mijozga kredit berish to'g'risidagi farmoyishini ma'sul
ijrochilarga
beradilar. Ma'sul
ijrochilar
farmoyishda ko'rsatilgan rekvizitlar
asosida kredit berish bo'yicha buxgalteriya o'tkazmalarini
bajaradilar.
Kredit
hisobvaraqlarini
muddatli, muddati o'tgan, qayta ko'rilayotgandagilari bo'yicha
alohida yuritiladi
Kredit summasi bank mijozining kredit ob'ektlari va maqsadidan kelib chiqib,
mol etkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalar qiymatini pul o'tkazish orqali
amalga oshiradilar. Agar bank mijoziga kredit berilganda
buxgalteriya hisobida
quyidagi yozuv bilan rasmiylashtiriladi:
Dt 11900-15500 -«Kreditning turlari» bo'yicha hisobvaraqlar,
Kt 10301- «Markaziy bankdagi vakillik xisobvarag'i-Nostro» yoki
Kt 16103-Bosh bank/filliallaridan filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo'yicha
olinadigan mablag'lar» hisobvarag'i.
Kredit oluvchi va bank o'rtasida tuzilgan kredit shartnomasiga binoan,
kreditni qaytarish muddatlari belgilanib, qaytarish muddati tugagandan so'ng kreditni
qaytarish bo'yicha quyidagi buxgalteriya yozuvlari amalga oshiriladi:
Dt 20200-«Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari» hisobvarag’,
Kt 11900-15500 hisobvaraqlar.
Bu buxgalteriya yozuvlari agar mijozning talab qilib olinguncha saqlanadigan
depozit hisobvarag'ida kreditni qaytarish uchun etarli pul mablag'lari bo'lgan holda
bajariladi. Agar qarzdoming hisobvarag'ida kreditni qaytarish uchun mablag'i yo'q
bo'lgan taqdirda, kreditning summasi 12105-13205 - “.............. muddati o'tgan
kreditlar» hisobvarag'iga (qisqa muddatli kreditlar uchun) o'tkaziladi. U buxgalteriya
hisobida quyidagicha rasmiylashtiriladi:
Dt 12105-13205 - “......... muddati o'tgan kreditlar» hisobvaraqlar,
Kt 12100-15500 hisobvaraqlar (qisqa muddatli kreditlar uchun).
Qaytarish muddati kelganda to'lanmagan va to'lanish kunidan 90 kun o'tgandan
so'ng ham qaytib kelmagan kreditlar 12109-13109 - « ......... qisqa muddatli shartlari
qayta ko'rib chiqiladigan
kreditlar”
hisobvarag'iga
o'tkaziladi
va mijoz
hisobvarag'iga pul kelib tushgandan so'ng kreditni qaytarish bo'yicha tegishli
buxgalteriya yozuvlari amalga oshiriladi.
Kreditlaming qaytishi ma'lum tavakkalchilikni talab qiladi. Shu sababli
banklarda kreditlar bo'yicha zararlami qoplash zahirasi tashkil etiladi. Kreditlar
bo'yicha zararlami qoplash zahirasining hisobini olib borish uchun har bir kredit turi
bo'yicha alohida, ya'ni 12199-15599 hisobvaraqlari ochiladi. Har bir kredit turi
bo'yicha shartnomada kelishilgan miqdorda foiz stavkalari asosida bank foydasiga
foizli daromadlar undiriladi.
Hozirgi kunda kreditlar uchun foizlar Markaziy bank tomonidan tasdiqlangan
nizom asosida hisoblab boriladi. Bank kredit summasidan bank mablag'laridan
foizlami belgilaydi va foizlar bo'yicha summalar quyidagi formula asosida hisoblab
chiqariladi.
Bank mijozlariga berilgan kreditlar bo'yicha foizlar hisoblanganda, lekin hali
undirilmagan holda buxgalteriya hisobida quyidagicha yozuv yozib qo'yiladi:
Dt 16309- «Kreditlar bo'yicha hisoblangan foizlar» hisobvarag'i,
Kt 41401-44501- « .......... berilgan kreditlar bo'yicha foizli daromadlar»
hisobvaraqlari.
Undirilganda esa,
Dt 20200- «Mijozlaming talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar»
hisobvarag'i,
Kt 16309-«Kreditlar bo'yicha hisoblangan foizlar» hisobvarag’i.
Shunday qilib, Banklarda berilgan va olinayotgan kredit operatsiyalarining
buxgalteriya hisobini yuritish qonuniy va me'yoriy hujjatlarga asosan, shuning, bank
tomonidan ishlab chiqilgan kredit siyosatida belgilangan shartlar bo'yicha amalga
oshirish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
|