identifikatsiya raqami berilganligi to‘g ‘risidagi guvohnomaning nusxasi; tegishli
shakldagi imzolar namunalari va muxr izi tushirilgan varaqcha.
Rezident va norezident jismoniy shaxslar tomonidan: tegishli shakldagi
hisobvaraq ochish uchun ariza; shaxsini tasdiqlovchi hujjat taqdim etiladi (pasport va
unga tenglashtirilgan hujjatlar). Ushbu bankda mijoz
tomonidan ilgari ochilgan
hisobvaraq mavjud bo‘lsa, faqat hisobvaraq ochish uchun ariza taqdim etiladi.
Mijozlaming chet el valyutasidagi hisobraqamlarini yuritish nisbatan oddiy, ya'ni
so'mda hisobvaraq yuritishdan katta farq qilmaydi. Mijozlarga
chet el valyutasidagi
talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlari bilan birga tranzit
hisobvaraqlari ham ochiladi. Valyuta hisobvaraqlaridan to'lovlar vakolatli banklar
tomonidan hisobvaraqlardagi mablag'ning qoldig'i doirasida amalga oshiriladi.
Markazlashtirilmagan valyuta tushumini majburiy sotish tushum korxonaning
tranzit valyuta hisob raqamiga tushgan sanadan boshlab 5
bank kunidan kechikmay,
markazlashtirilgan eksport bo'yicha esa 3 bank kunidan kechikmay amalga oshiriladi.
Bunda 500 AQSh dollariga teng bo'lgan miqdordan oshmaydigan chet el
valyutasidagi tushumdan majburiy sotishni har o'n kunda amalga oshirishga ruxsat
beriladi.
Oldindan to'langan to'lov (avanslar) korxonalaming tranzit valyuta hisob
raqamiga tushganda ushbu mablag'lar eksport qiluvchilaming buyurtmanomalari
bo'yicha keyinchalik eksport haqiqatda amalga oshirilgandan keyin majburiy sotilgan
holda valyuta hisobvaraqlariga o'tkazilishi mumkin.
Sotilgan chet el valyutasining so'mdagi teng qiymati majburiy sotish amalga
oshirilgan sanadan boshlab bir kundan kechikmay korxonalaming
hisobvaraqlariga
o'tkaziladi.Valyuta tushumini majburiy sotish uchun korxonalar o'zining valyuta
hisobvaraqlari ochilgan vakolatli banklarga chet el valyutasidagi mablag'lami
o'tkazishga topshiriqni taqdim etadilar. Mablag' tushgandan keyin korxonalar
belgilangan muddatda majburiy sotishni amalga oshirish uchun topshiriqni taqdim
etmagan hollarda vakolatli banklar valyuta mablag'larini mustaqil sotish huquqiga
ega bo'ladilar.
Tovarlar va xizmatlami markazlashtirilmagan eksport bo'yicha sotishdan
olingan chet el valyutasidagi tushumning 50 foizi,
markazlashtirilgan eksport
bo'yicha sotishdan olingan chet el valyutasidagi tushumning 100 foizi vakolatli
banklarga majburiy sotilishi kerak. Mijozlaming hisobvaraqlariga tovarlar va
xizmatlami markazlashtirilmagan eksport bo'yicha sotishdan olingan chet el
valyutasidagi tushum kelib tushganda quyidagi buxgalteriya yozuvi beriladi:
Valyutadagi bosh kitobda:
Dt 10501- “Boshqa banklardagi vakillik hisobvaraqlari- Ностро”,
Kt
20200-“Talab
qilib
olinguncha
saqlanadigan
depozitlar”-
eksportchi
korxonaning valyutadagi tranzit hisobvarag'i.
Mijozlaming
chet
el
valyutasidagi
eksport
tushumlaridan
amaldagi
qonunchilikda belgilangan tartibda 50 foizi majburiy sotilgandan so'ng valyuta
mablag'larining qolgan qismi ulaming joriy valyuta hisobvarag'iga o'tkaziladi:
Valyutadagi bosh kitobda:
Dt 20200-“Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar”
- eksportchi
korxonaning valyutadagi tranzit hisobvarag'i -eksport tushumining 100 foiz
summasi,
Kt 20200-“Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar”
- eksportchi
korxonaning joriy valyutadagi hisobvarag'i —eksport tushumining 50 foiz summasi,
Kt 17101- "Valyuta pozitsiyasi" hisobvaraqlari - majburiy sotish uchun
ajratilgan eksport tushumining 50 foiz summasi.
So'mdagi bosh kitobda:
Dt 17101-"Valyuta pozitsiyasi" hisobvaraqlari,
Kt -Eksportchi korxonaning so'mdagi hisobvarag'i - majburiy sotishdan kelib
tushgan summasi.
Vakolatli banklar tomonidan valyuta tushumining bir qismi korxonalar
tomonidan majburiy sotilishi tartibida sotib olingan chet el valyutasidagi mablag'lar
belgilangan tartibda birjadan tashqari valyuta bozorida operatsiyalami amalga
oshirish uchun foydalaniladi.
Markaziy bank tomonidan korxonalar tomonidan chet el valyutasidagi
tushumning majburiy sotilishi tartibida sotib olingan mablag'lar O'zbekiston
Respublikasi Markaziy bankining valyuta zahiralariga o'tkaziladi, uning balansida
hisobga olinadi va O'zbekiston Respublika valyuta birjasida sotish yo'li bilan milliy
valyutani barqarorlashtirish tadbirlariga sarflanadi. Vakolatli banklar tomonidan
markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan eksport bo'yicha valyuta tushumini
o'tkazish bo'yicha operatsiyalami hisobga olish va majburiy sotishni amalga oshirish
tartibi O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: