T o sh k e n t d a V l a t iqtiso diyo t u niversiteti f. T. A b d u V a X id o V, Z. A. Um arov, K. N. D ju ra y ev


Lizing operatsiyalari mazmuni va ularni rasmiylashtirish



Yüklə 29,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/108
tarix14.12.2023
ölçüsü29,58 Kb.
#178720
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   108
Banklarda buxgalteriya hisobi Abduvaxidov 2010 @iqtisodchi kutubxonasi (1)

5.8. Lizing operatsiyalari mazmuni va ularni rasmiylashtirish
Tijorat banklari tomonidan kredit operatsiyalari bilan bir qatorda lizing 
operatsiyalari ham amalga oshirilib, bunday operatsiyalar moliyaviy lizingni 
o'tkazish tartibi tog'risidagi nizom16ga muvofiq tartibga solinadi. Lizing - ijara 
munosabatlarining alohida turi bo'lib, bunda bir taraf (lizing beruvchi) ikkinchi taraf 
(lizing oluvchi) topshirig'iga ko'ra, uchinchi taraf (sotuvchi)dan mol-mulk (lizing 
ob’ekti)ni lizing shartnomasida belgilangan, keyinchalik lizing ob’ektining lizing 
oluvchi mulkiga o'tishi shartlarida uni lizing oluvchining egalik qilishi va
16 У зб еки стан
Республикаси банклари томонидан молиявий лизингни ўтказиш тартиби тўгрисидаги низом. 
Ў з Р А В 2 0 .0 7 .1 9 9 9 йилда 7 7 6 -со н билан рўйхатта олинган


foydalanishi uchun sotib oladi. Bankning kredit resurslari lizing bo‘yicha 
operatsiyalami amalga oshirish manbai hisoblanadi. Lizing sub’ekti bo'lib, 
quyidagilar hisoblanadi: lizing beruvchi, lizing oluvchi hamda sotuvchi.
Mijoz bilan bank o'rtasida amalga oshirilayotgan lizing operatsiyalari quyidagi 
talablardan biriga javob berishi lozim: lizing shartnomasi muddati tugaganidan keyin 
lizing ob’ekti lizing oluvchi mulkiga o'tishi; shartnoma muddati lizing ob’ekti xizmat 
qilish muddatining 80% dan ortig'ini yoki lizing ob’ektining qoldiq qiymati lizing 
shartnomasi tugagach, uning birlamchi qiymatining 20%dan kamini tashkil etishi; 
lizing oluvchi lizing ob’ektini belgilangan narxda yoki lizing shartnomasi muddati 
tugaganidan keyin belgilangan narxda butunlay sotib olish huquqiga ega bo'lishi; 
lizing shartnomasi davrida to'lovlaming umumiy summasi lizing ob’ekti qiymatining 
90%dan ortig'ini tashkil etishi lozim. Lizing shartnomasi munosabati bilan sarflangan 
tnablag'laming qaytarilishi kafolati sifatida lizing beruvchi garov tariqasida bo'lsa 
ham lizing oluvchidan bank kafolati yoki uchinchi shaxs kafilligi ta'minotini taqdim 
etishni talab qilishi mumkin.
Lizing sharsnomasini rasmiylashtirish jarayoni quyidagi bosqichlarga bo'linadi: 
bank tomonidan lizingga ariza qabul qilinishi va lizing oluvchi bilan muzokaralar olib 
borish; lizing oluvchining to'lov qobilyati va uning loyihasining samaradorligi 
tog“ risida xulosa chiqarish; lizing shartnomasini tayyorlash va tuzish; lizing beruvchi 
bank tomonidan uskunalar etkazib berilishi uchun sotuvchiga buyurtma-naryad 
jo'natish; lizing ob’ektini sotib olish-sotish to'g'risidagi shartnomani imzo lash; lizing 
uskunalarini foydalanishga qabul qilib olishni amalga oshirish; lizing oluvchi va 
sug'urta kompaniyasi o'rtasida lizing ob’ektini sug'urtalash to'g'risidagi shartnomani 
imzolashni talab qiladi.
Lizing bo'yicha mablag' oluvchilar banka to'lov qobilyati va o'z loyihasining 
samaradorligi tog'risidagi xulosa tayyorlanishi uchun bulg'usi lizing oluvchi va lizing 
obektini o'z egaligi va foydalanishiga olishni xoxlagan shaxslar quyidagilarni taqdim 
etishlari lozim: oxirgi hisobot sanasiga buxgalteriya balansi; o'z moliyaviy - ishlab 
chiqarish imkoniyatlarining tahlili; lizingning butun muddati uchun pulning kelib 
tushishi prognozi ko'rsatilgan biznes reja.
Lizing shartnomasi tuzilganidan so'ng lizing beruvchi sotuvchiga uskunalami 
etkazib berishi uchun ishlaming bajarilishi shart-sharoitlarini belgilab beruvchi texnik 
topshiriqlar va boshqa hujjatlar ilova qilingan buyurtma naryadni jo'natadi. Lizing 
beruvchi va sotuvchi o'rtasida lizing ashyosini sotib olish -sotish shartnomasi 
tuziladi. Lizing ob’ekti sotuvchisiga to'lov lizing beruvchi tomonidan qonunchilikka 
binoan, sotib olish -sotish shartnomasiga muvofiq shakl va muddatlarda amalga 
oshiriladi.

Yüklə 29,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin