T o sh k e n t d a V l a t iqtiso diyo t u niversiteti f. T. A b d u V a X id o V, Z. A. Um arov, K. N. D ju ra y ev


 Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari hisob kitob kassa markaz



Yüklə 29,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/108
tarix14.12.2023
ölçüsü29,58 Kb.
#178720
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   108
Banklarda buxgalteriya hisobi Abduvaxidov 2010 @iqtisodchi kutubxonasi (1)

4.5 Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari hisob kitob kassa markaz
(HKKM) laridan tijorat banklariga madad pullarini berish va olish
operatsiyalari hisobi
Tijorat bank Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari HKKMlaridan 
naqd pul olish uchun hududiy Bosh boshqarmalari tomonidan madad puli berish 
to’g ’risidagi farmoyishga asosan tegishli buxgalteriya o ’tkazmasi orqali hududiy 
Bosh boshqarmalaming hisob-kitob kassa markazlariga mablag’ jo ’natadilar.
Filiali mavjud bo’lmagan initsiator bank madad puli olish uchun, quyidagi 
buxgalteriya o ’tkazmasini amalga oshirishi lozim:
Dt 10307 - "Markaziy bankdan olinishi lozim bo’lgan mablag’lar-Naqd pullar" 
hisobvarag’i,
Kt 21307 - "Naqd pul olish uchun rezident banklardan kelib tushgan m ablag’lar" 
(10301 - "Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag’i-Nostro" hisobvarag’i orqali) 
hisobvarag’i.
Markaziy bankning xududiy Bosh boshqarmalari HKKMlariga madad puli olish 
uchun m ablag’ kelib tushganda, dasturiy yo’l bilan, quyidagi buxgalteriya o ’tkazmasi 
amalga oshiriladi:


Dt 10307 - "Markaziy bankdan olinishi lozim bo’lgan mablag’lar-Naqd pullar" 
(16103 - "Markaziy bank//filial // agentliklaming filiallararo va banklararo hisob- 
kitoblar bo’yicha olinadigan m ablag’lari" hisobvarag’i orqali) hisobvarag’i,
Kt 21307 - "Naqd pul olish uchun rezident banklardan kelib tushgan mablag’lar" 
hisobvarag’i.
Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari HKKMlari tomonidan madad 
puli jo ’natilganda quyidagi buxgalteriya o ’tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 10109 - "Yo’ldagi naqd pullar va boshqa to’lov hujjatlari" hisobvarag’i,
Kt 10101 - "Aylanma kassadagi naqd pullar" hisobvarag’i.
Filiali mavjud bo’lmagan initsiator bankka, HKKMdan Markaziy bank hududiy 
Bosh boshqarmalari farmoyishiga asosan madad puli keltirilganda, quyidagi 
buxgalteriya o’tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 10101 - "Aylanma kassadagi naqd pullar" hisobvarag’i,
Kt 10307 - "Markaziy bankdan olinishi lozim bo’lgan mablag’lar - Naqd pullar" 
hisobvarag’i.
Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari HKKMlariga filiali mavjud 
bo’lmagan initsiator bankdan madad pulini olganligi to ’g’risida tasdiqnoma kelganda, 
quyidagi buxgalteriya o ’tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 21307- "Naqd pul olish uchun rezident banklardan kelib tushgan mablag’lar" 
hisobvarag’i,
Kt 10109 - "Yo’ldagi naqd pullar va boshqa to ’lov hujjatlari" hisobvarag’i. 
Initsiator bank filialida (filiali mavjud banklarda) Markaziy bankning xududiy 
Bosh boshqarmalari HKKMlaridan madad puli olish quyidagi buxgalteriya 
o ’tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 10307 - "Markaziy bankdan olinishi lozim bo’lgan mablag’lar-Naqd pullar" 
hisobvarag’i,
Kt 21307 - "Naqd pul olish uchun rezident banklardan kelib tushgan mablag’lar" 
(16103 - "Bosh bank// filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo’yicha 
olinadigan mablag’lar" hisobvarag’i orqali) hisobvarag’i.
Benefetsiar bank filialiga, ya'ni Markaziy bankning xududiy Bosh boshqarmalari 
HKKMlariga madad puli uchun mablag’ kelib tushganda, dasturiy ravishda, quyidagi 
buxgalteriya o’tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 10307 - "Markaziy bankdan olinishi lozim bo’lgan mablag’lar-Naqd pullar" 
(16103 - "Markaziy bank // filial // agentliklaming filiallararo va banklararo hisob- 
kitoblar bo’yicha olinadigan mablag’lari" hisobvarag’i orqali) hisobvarag’i,
Kt 21307 - "Naqd pul olish uchun rezident banklardan kelib tushgan mablag’lar" 
hisobvarag’i.
Benefitsiar bank filiali, ya'ni Markaziy bankning xududiy Bosh boshqarmalari 
HKKMlari tomonidan madad puli jo ’natilganda, quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi 
amalga oshiriladi:
Dt 10109 - "Yo’ldagi naqd pullar va boshqa to ’lov hujjatlari" hisobvarag’i,
Kt 10101 - "Aylanma kassadagi naqd pullar" hisobvarag’i.
Initsiator bank filialiga madad puli keltirilganda, quyidagi buxgalteriya 
o ’tkazmalari amalga oshiriladi:
Dt 10101 - "Aylanma kassadagi naqd pullar" hisobvarag’i,


Kt 10307 - "Markaziy bankdan olinishi lozim bo’lgan m ablag’lar-Naqd pullar" 
hisobvarag’i.
Markaziy bankning xududiy Bosh boshqarmalari HKKMlariga madad pulini 
olganligi to ’g ’risida, initsiator bank filialidan tasdiqnoma kelganda, quyidagi 
buxgalteriya o’tkazmasini amalga oshiradi:
Dt 21307 - "Naqd pul olish uchun rezident banklardan kelib tushgan mablag’lar" 
hisobvarag’i,
Kt 10109 - "Yo’ldagi naqd pullar va boshqa to’lov hujjatlari" hisobvarag’i. 
Tijorat bank filiallari Markaziy bank hududiy Bosh boshqarmalari farmoyishiga 
asosan boshqa tijorat bank filialidan madad puli olganda quyidagi buxgalteriya 
o’tkazmasi amalga oshiriladi: Initsiator bank filiallari madad puli olish uchun:
Dt 10507 - "Boshqa banklardan olinishi lozim bo’lgan mablag’lar-Naqd pullar" 
hisobvarag’i,
Kt 21008 - "Boshqa banklarga berilishi lozim bo’lgan - Naqd pullar" (16103 - 
"Bosh bank// filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo’yicha olinadigan 
mablag’lar" hisobvarag’i orqali) hisobvarag’i.
Benefetsiar bank filialiga madad puli uchun mablag’ kelib tushganda, dasturiy 
ravishda, quyidagi buxgalteriya o ’tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 10507 - "Boshqa banklardan olinishi lozim bo’lgan m ablag’lar -Naqd pullar" 
(16103 - "Bosh bank// filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo’yicha 
olinadigan m ablag’lar" hisobvarag’i orqali) hisobvarag’i,
Kt 21008 - "Boshqa banklarga berilishi lozim bo’lgan - Naqd pullar" 
hisobvarag’i.
Benefitsiar bank filiali madad puli j o ’qatganda, quyidagi buxgalteriya 
o’tkazmasini amalga oshiradi:
Dt 10109 - "Yo’ldagi naqd pullar va boshqa to ’lov hujjatlari" hisobvarag’i,
Kt 10101 - "Aylanma kassadagi naqd pullar" hisobvarag’i.
Initsiator bank filialida, ya'ni madad puli olgan filialda esa olingan madad puli 
summasiga quyidagi buxgalteriya o ’tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 10101 - "Aylanma kassadagi naqd pullar" hisobvarag’i,
К 10507 - "Boshqa banklardan olinishi lozim bo’lgan m ablag’lar - Naqd pullar" 
hisobvarag’i.
Benefitsiar bank filialiga initsiator bank filiali tomonidan jo ’natilgan madad 
pulini olganligi to ’g ’risida tasdiqnoma kelib tushganda quyidagi buxgalteriya 
o ’tkazmasini amalga oshiradi:
Dt 21008 - "Boshqa banklarga berilishi lozim bo’lgan - Naqd pullar" 
hisobvarag’i,
Kt 10109 - "Yo’ldagi naqd pullar va boshqa to ’lov hujjatlari” hisobvarag’i.
Bir bank filiallari o’rtasida madad pullarini berish va olish bo’yicha buxgalteriya 
hisobi quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Initsiator bank filiali, ya'ni madad puli oluvchi filial naqd pul olish uchun shu 
bankning benefitsiar filialiga m ablag’ j o ’natganda:
Dt 16101 - "Bosh bank// filiallardan olinadigan m ablag’lar - Naqd pullar" 
hisobvarag’i,


Kt 22202 - "Bosh bank// filiallarga to’lanadigan mablag’lar - Naqd pullar" 
(16103 - "Bosh bank// filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo’yicha 
olinadigan mablag’lar" hisobvarag’i orqali) hisobvarag’i.
Bankning benefitsiar bank filialiga elektron to ’lov orqali madad puli uchun 
m ablag’ kelib tushganda, dasturiy yo’l bilan, quyidagi buxgalteriya o ’tkazmasi 
amalga oshiriladi:
Dt 16101 - "Bosh bank// filiallardan olinadigan mablag’lar - Naqd pullar" 
(16103 - "Bosh bank// filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo’yicha 
olinadigan mablag’lar" hisobvarag’i orqali) hisobvarag’i,
Kt 22202 - "Bosh bank// filiallarga to’lanadigan mablag’lar - Naqd pullar" 
hisobvarag’i.
Bankning benefitsiar filiali, ya'ni madad puli j o ’natuvchi 22202-sonli 
hisobvaraqqa madad puli uchun mablag’ kelib tushgandan so’ng, quyidagi 
buxgalteriya o ’tkazmasini amalga oshiradi:
Dt 10109 - "Yo’ldagi naqd pullar va boshqa to ’lov hujjatlari" hisobvarag’i,
Kt 10101 - "Aylanma kassadagi naqd pullar" hisobvarag’i.
Bankning initsiator filialiga, ya'ni madad puli oluvchi bankka madad puli 
keltirilganda quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 10101 - "Aylanma kassadagi naqd pullar" hisobvarag’i,
Kt 16101 - "Bosh bank// filiallardan olinadigan mablag’lar - Naqd pullar" 
hisobvarag’i.
Madad pulini qabul qilib olgan filial yuqoridagi buxgalteriya o ’tkazmasini 
amalga oshirgandan so’ng benefitsiar filialga ya'ni madad pulini jo ’natgan filialga 
madad pulini qabul qilganligi to’g’risida belgilangan tartibda tasdiqnoma j o ’natadi.
Benefitsiar bank filiali ya'ni madad puli jo ’natgan filial, initsiator bank filiali
ya'ni madad puli olgan filialdan belgilangan tartibda tasdiqnoma kelganda, benefitsiar 
bank filiali tomonidan quyidagi buxgalteriya o ’tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 22202 - Bosh bank// filiallarga to’lanadigan mablag’lar - Naqd pullar" 
hisobvarag’i,
Kt 10109 - "Yo’ldagi naqd pullar va boshqa to ’lov hujjatlari" hisobvarag’i.
Shunday buxgalteriya o ’tkazmalari yordamida banklar o’zlarining mijozlarining 
naqd pullarga bo’lgan talablarini qondirish maqsadida Markaziy bank yoki o ’z 
filiallaridan madad pullarini oladilar va beradilar.

Yüklə 29,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin