T o sh k e n t d a V l a t iqtiso diyo t u niversiteti f. T. A b d u V a X id o V, Z. A. Um arov, K. N. D ju ra y ev


Banklarda m ijozlam ing naqd pul tusbumini inkassatsiya



Yüklə 29,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/108
tarix14.12.2023
ölçüsü29,58 Kb.
#178720
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   108
Banklarda buxgalteriya hisobi Abduvaxidov 2010 @iqtisodchi kutubxonasi (1)

4.4. Banklarda m ijozlam ing naqd pul tusbumini inkassatsiya
qilishning buxgalteriya hisobi
Inkassatorlar tomonidan mijozlardan yig’ib kelingan pul mablag’lari solingan 
inkassator qoplari banklaming kechki kassalariga belgilangan tartibda qabul qilinadi. 
Ushbu pul mablag’lari solingan inkassatorlik qoplari keyingi ish kuni ertalab qayta 
sanash kassasiga topshiriladi. Kechki kassa tomonidan yuk xati asosida tayyorlangan 
kirim ryyxatining birinchi nusxasi qayta sanash kassasiga va ikkinchi nusxasi bank 
buxgalteriyasiga topshiriladi ham da buxgalteriya ushbu kirim ro ’yxati asosida 
quyidagi o’tkazmalami amalga oshiradi:
a) inkassatorlar orqali yig’ib kelingan inkassatorlik qoplaridagi naqd pul va 
hisob-kitob cheklari bo’yicha m ablag’lar shu bank mijoziga tegishli bo’lsa:
Dt 19903 - "Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar" hisobvarag'i,
Kt "Mijoz depozit hisobvarag’i".
b) inkassatorlar orqali yig’ib kelingan inkassatorlik qoplaridagi naqd pul va 
hisob-kitob cheklari bo’yicha m ablag’lar boshqa bank yoki bankning boshqa filiali 
mijoziga tegishli b o ’lsa:
D t 19903 - "Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar" hisobvarag'i,
Kt 29804 - "Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va 
cheklari" hisobvarag'i.
Boshqa bank mijozlariga tegishli bo’lgan naqd pul bo’yicha m ablag’lar qayta 
sanash kassasida sanab bo’lingandan keyin, elektron memorial order shakllantirilib
vakillik hisobvarag’idan shu kunning o ’zida, elektron to ’lov tizimi orqali, ulaming 
hisobvaraqlariga o ’tkazib beriladi va quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi amalga 
oshiriladi:
D t 29804 - "Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va 
cheklari" hisobvarag'i,
K t "Mijozning asosiy depozit hisobvarag’i",
K t 22624-"Savdo korxonalarining maqsadli mablag’lari" tegishli hisobvarag’iga 
kirim qilinadi (16103 - "Bosh bank// filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar 
b o ’yicha olinadigan mablag’lar" hisobvarag’i orqali).
M ablag’ oluvchining bankiga elektron to ’lov tizimi orqali m ablag’ kelib 
tushganda, dasturiy yo’l bilan, quyidagi buxgalteriya o ’tkazmasi orqali kirim qilinadi:
Dt 29804 - "Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va 
cheklari" (16103 - "Bosh bank// filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar 
b o ’yicha olinadigan mablag’lar" hisobvarag’i orqali).
Kt "Mijozning asosiy depozit hisobvarag’i",
Kt 22624 - "Savdo korxonalarining maqsadli mablag’lari" 
(hisobvaraqning 
tegishli shaxsiy hisobvarag’iga kirim qilinadi).
Agar bank tomonidan 29804 - "Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul 
tushumlari va cheklari" hisobvarag’idan memorial order bilan boshqa bank 
mijozlarining asosiy depozit hisobvarag’iga yoki aktsizli tovarlar sotuvidan pul 
tushumlari summasi o’tkazilganda, har bir aktsiz tovar turi bo’yicha savdo tushumi 
summasini alohida memorial order orqali o’tkazilishi shart.


Pul mablag’lari bank aylanma kassasiga elektron to ’lov tizimi yopilgandan keyin 
kirim qilingan bo’lsa, boshqa bankdagi mijozlaming hisobvarag’iga pul mablag’lari 
keyingi ish kunidan kechiktirilmagan holda o’tkazib beriladi.
Bankning qayta sanash kassasida aniqlangan boshqa banklaming hisob-kitob 
cheklari bo’yicha to ’lovlaming o ’tkazilishida initsiator (to’lov operatsiyasini 
boshlovchi) bank filiali tomonidan quyidagi buxgalteriya o’tkazmalari amalga 
oshirilishi lozim:
Dt 20206 - "Jismoniy shaxslaming talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit 
hisobvaraqlari" (16103 - "Bosh bank// filiallardan filiallar va banklararo hisob- 
kitoblar bo’yicha olinadigan mablag’lar" hisobvarag’i orqali).
Kt 19903 - "Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar" hisobvarag’i.
Benefitsiar (to’lov operatsiyasini yakunlovchi) bankka elektron chek kelib 
tushganda, dasturiy yo’l bilan quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 20206 - "Jismoniy shaxslaming talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit 
hisobvaraqlari",
Kt 19903 - "Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar" (16103 - "Bosh bank// 
filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo’yicha olinadigan mablag’lar" 
hisobvarag’i orqali).
Bunda boshqa banklar hisob-kitob cheklarining asl nusxalari initsiator bankda 
qoldiriladi hamda kunlik hujjatlar yig’ma jildiga belgilangan tartibda tikiladi va 
saqlanadi.
Mablag’ to ’lovchi va oluvchiga bir bankda xizmat ko’rsatilsa, quyidagi 
buxgalteriya o’tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 20206 - "Jismoniy shaxslaming talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit 
hisobvaraqlari",
Kt 19903 - "Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar" hisobvarag’i.
Agarda qayta sanash vaqtida kamomad yoki ortiqcha naqd pullar va cheklar 
aniqlanmaganda quyidagicha buxgalteriya o ’tkazmasi bilan mijozlar tomonidan 
topshirilgan naqd pul va cheklar bank kassasiga kirim qilinadi:
Dt 10101 - "Aylanma kassadagi naqd pullar" hisobvarag’i,
Kt 19903 - "Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar" hisobvarag’i.
Aks holda ya'ni agar qayta sanash kassasida qayta sanash vaqtida aniqlangan 
ortiqcha naqd pul mablag’lari aniqlansa, belgilangan tartibda dalolatnoma tuzilib, 
quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 10101 - "Aylanma kassadagi naqd pullar" hisobvarag’i,
Kt 29816 - "Qayta sanash vaqtida aniqlangan ortiqcha naqd pullar" hisobvarag’i. 
Va bankning qayta sanash kassasida aniqlangan ortiqcha naqd pul mablag’lari 
ushbu bank mijoziga tegishli bo’lsa, u mijozning hisobvarag’iga quyidagi 
buxgalteriya o ’tkazmasi orqali kirim qilinadi:
Dt 29816 - "Qayta sanash vaqtida aniqlangan ortiqcha naqd pullar" hisobvarag’i, 
Kt "Mijoz depozit hisobvarag’i".
Agar bankning qayta sanash kassasida aniqlangan ortiqcha naqd pul mablag’lari 
boshqa bank mijozining 29804-"Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul 
tushumlari va cheklari" hisobvarag’iga shartnomada kelishilgan hollarda o’tkazib 
berilganda, quyidagi buxgalteriya o ’tkazmasi amalga oshiriladi:


Dt 29816 - "Qayta sanash vaqtida aniqlangan ortiqcha naqd pullar" hisobvarag’i,
Kt 29804 - "Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va 
cheklari" hisobvarag’i.
Agar qayta sanash kassasida naqd pul mablag’lari kamomad chiqqanligi 
aniqlansa, belgilangan tartibda dalolatnoma tuzilib, quyidagi buxgalteriya o ’tkazmasi 
amalga oshiriladi:
Dt 19935 - "Qayta sanash vaqtida aniqlangan naqd pul bo’yicha kamomadlar" 
hisobvarag’i,
Kt 19903 - "Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar" hisobvarag’i.
Bankning qayta sanash kassasida aniqlangan kamomad summasi ushbu bank 
mijoziga tegishli bo’lsa va u mijozning hisobvarag’idan shartnomada kelishilgan 
shartlarga binoan undirib olinganda, quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi amalga 
oshiriladi:
Dt "Mijozning depozit hisobvarag’i",
Kt 19935- "Qayta sanash vaqtida aniqlangan naqd pul bo’yicha kamomadlar" 
hisobvarag’i.
Bankning qayta sanash kassasida aniqlangan kamomad summasi boshqa bank 
mijozining 29804 - "Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va 
cheklari" balans hisobvarag’idan shartnomada kelishilgan shartlarga asosan undirib 
olinganda, quyidagi buxgalteriya o ’tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 29804 - "Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va 
cheklari" hisobvarag’i,
Kt 19935 - "Qayta sanash vaqtida aniqlangan naqd pul bo’yicha kamomadlar" 
hisobvarag’i.

Yüklə 29,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin