markasini oladi. Nazorat markasi raqami hisob-kitob chek daftarchasi raqami bilan,
pul chek daftarchasidagi pasport ko‘rsatgichlari pasportdagi bilan mos kelgan
taqdirda, bank kassiri ushbu ko‘rsatilgan summani mijozga sanab berishi lozim.
Buxgalterlar amalga oshirgan chiqim kassa operatsiyalari markazlashgan
tartibda buxgalteriya nazoratchisi tomonidan nazorat qilinadi. Nazoratchining ish joyi
imkoni boricha kassaga yaqin bo'lishi lozim. Chiqim operatsiyalarini nazorat qilish
shunday tashkil
etilishi lozimki, bunda quyidagilar:
-
noto'g'ri rasmiylashtirilgan hujjatlar bo'yicha to'lovni amalga oshirish,
cheklarga qo'yilgan imzo va muhr izi taqdim etilgan namunadagisiga mos
kelmaganda hamda shu mijozga tegishli bo'lmagan pul chek daftarchasidan
yozib berilgan cheklar bo'yicha to'lovlam i amalga oshirish;
pul chek daftarchasi va boshqa chiqim kassa hujjatlari buxgalteriya xodimlari
hamda bank nazoratchisini chetlab o'tgan holda to'g'ridan-to'g'ri kassaga kelib
tushish hollari;
kassa hujjatlariga asossiz tuzatish va qo'shimchalar kiritish kabilarga yo'l
qo'ymaslik lozim.
Kirim va chiqim kassa jumallari kompyuter texnikasi yordamida tuzilib, unda
mijozning hisobvarag'i, kirim va chiqim hujjatining
raqami hamda uning summasi
ko'rsatiladi.
Nazoratchining kassirdan tilxat olib chiqim kassa orderlari bo'yicha to'lovni
amalga oshirish uchun kassaga berish tartibi bankning rahbari va bosh buxgalteri
tomonidan belgilanib, kirim kassa operatsiyalari bo'yicha hujjatlar aylanishi shunday
tashkil etilishi lozimki, bunda kassaga pul amalda kelib tushganidan keyingina
mijozlarga pata (kvitantsiya)lar berilishi hamda ushbu summalar ulaming shaxsiy
hisobvaraqlariga kirim qilinishi zarur.
Kun oxirida nazoratchi va kassir bajargan operatsiyalari bo'yicha
hujjatlami
o'zaro solishtirib boshqarish hisob markaziga topshiradilar. Hisob markazidan
hujjatlar asosida mijozning shaxsiy hisobvaraqlari chaqirib beriladi va buxgalteriya
hisobida quyidagicha rasmiylashtiriladi:
Dt 20200-«Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar» hisobvarag'i,
Kt 10101- «Amaliyot (operatsion) kassadagi naqd pullar» hisobvarag'i.
Shuningdek, Banklaming kassasida Markaziy bank tomonidan belgilan limitdan
ortiq bo'lgan taqdirda, me'yordan ortiqchasi Markaziy bankda ochilgan 10307-
«Markaziy bankdan olinishi lozim bo'lgan mablag'lar-naqd pullar» hisobvarag'iga
o'tkazishlari mumkin. Bunda, buxgalteriya hisobida quyidagicha rasmiylashtiriladi:
Dt 10307- «Markaziy bankdan olinishi lozim bo'lgan mablag'lar - naqd pullar»
hisobvarag'i,
Kt 10101- «Amaliyot (operatsion) kassadagi naqd pullar» hisobvarag'i.
Ushbu naqd pullar vaqtinchalik Markaziy bankda zahira sifatida saqlanib
turilishi, aks holda ushbu mablag'larga ehtiyoj sezilganda bank tomonidan oldindan
kassa arizasi beriladi
va banka qaytarib beriladi, u holda buxgalteriya hisobida
quyidagicha rasmiylashtiriladi:
Dt 10101- «Amaliyot (operatsion) kassadagi naqd pullar» hisobvarag'i,
Kt 10307- «Markaziy bankdan olinishi lozim bo'lgan mablag'lar - naqd pullar»
hisobvarag'i.