borligiga guvohlik beruvchi va naqd pul to'lamasdan tovarlar (ish va xizmat) lami
sotib olish huquqini o‘zida aks ettiradi. Plastik kartochkada bir xil ma'noda
tenglashtiruvchi emitentning nomi va bosma usulda terilgan bo‘g ‘inli belgi lari
ko'rsatilgan bo'ladi. Plastik kartochkalar barcha yuridik va jismoniy shaxslarga,
yakka tartibdagi tadbirkorlaming tovarlar (ish va xizmat)lar bo'yicha o'zaro naqd
pulsiz hisob-kitoblarini amalga oshirishlarida, shuningdek,
bank shaxobchalaridan va
bankomatlardan naqd pul mablag'larini olishlarida qo'llaniladi.
Vakolatli banklar xalkaro plastik kartochkalarini muomalaga chiqarish va ularga
xizmat ko'rsatishlari mumkin, bunda ular xalharo to'lov tizimlari bilan tuzilgan
shartnomalarga muvofiq operatsiyalami o'tkazish qoidalariga amal qiladilar. Plastik
kartochkalarga xizmat ko'rsatish bo'yicha tuzilgan shartnoma quyidagilarni o 'z
ichiga oladi: tomonlaming nomi, shartnoma predmeti,
tomonlaming huquqlari va
majburiyatlari, tomonlaming javobgarligi, hisob-kitoblami o'tkazish shartlari,
shartnomani amal qilish muddati va uni bekor qilish shartlari, nizolami echish tartibi,
tomonlaming yuridik manzili.
Tegishligiga ko'ra
plastik kartochkalar shaxsiy, oilaviy va korporativ turlarga
bo'linadi: shaxsiy kartochka - bu jismoniy shaxsga berilgan plastik kartochka, oilaviy
kartochka - bu foydalanuvchiga shaxsiy kartochka ushlovchining ishonchnomasiga
asosan
berilgan plastik kartochka, korporativ kartochka - bu yuridik shaxslar va
yuridik shaxsni tashkil etmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarga xizmat ko'rsatishga
belgilangan plastik kartochkalardir.
Harakatlanish rejimiga ko'ra, esa, debet - ulardan foydalanish uni ushlovchiga
emitent va mijoz o'rtasidagi shartnoma shartlariga binoan, uning kartochka
hisobvarag'ida mavjud bo'lgan pul vositalaridan tovar (ish va xizmat)
larga haq
to'lashda foydalanishi yoki naqd pul mablag'larini olish imkoniyatini beradigan,
kredit - undan foydalanish uni ushlovchiga emitent bilan tuzilgan shartnomaga
asosan, tovar (ish va xizmat) larga haq to'lash yoki naqd pul mablag'larini olish
uchun emitent tomonidan berilgan kredit liniyasi hajmida operatsiyalami amalga
oshirish
imkonini beradigan, elektron xamyon - jismoniy shaxsning kartochkasi
bo'lib, undan foydalanish uni ushlovchiga tovar (ish va xizmat) larga haq to'lash yoki
plastik kartochkadagi qoldiq mablag'lar chegarasida naqd pul mablag'larini olish
imkoniyatini beradi. Bitta kartochkada bir nechta "elektron xamyonlar" joylashishi
mumkin. Agar ular personalizatsiya qilinganda plastik kartochkaga quyidagi
rekvizitlar yozilishi kerak: identifikatsiyalovchi ma'lumotlar,
bank-emitentning xos
raqami, hisobvarag'ining tartib raqami va kartochka ushlovchining familiyasi, ismi,
sharifi, kartochkaning amal qilish muddati.
Agar plastik kartochkada bir nechta hamyon mavjud bo'lsa, birxillashtiruvchi
ma'lumotlar har bir xamyonni bir xil ma'noda birxillashtirishi kerak bo'ladi.
Ko'rsatilgan rekvizitlardan tashqari, kartochkaga operatsiyani amalga oshirish va
hisob olib borish uchun zarur bo'lgan boshqa qo'shim cha ma'lumotlar
ham kiritilishi
mumkin. Qaytadan personalizatsiya qilish uchun qaytarilgan plastik kartochkalaming
hisobi 93609- "Saqlanayotgan qimmatbaho buyumlar" ko'zda tutilmagan holatlar
hisobvarag'ining alohida shaxsiy hisobvarag'ida yuritiladi.