T o sh k e n t d a V l a t iqtiso diyo t u niversiteti f. T. A b d u V a X id o V, Z. A. Um arov, K. N. D ju ra y ev


To'lov talabnomalari bilan hisob-kitoblar



Yüklə 29,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/108
tarix14.12.2023
ölçüsü29,58 Kb.
#178720
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   108
Banklarda buxgalteriya hisobi Abduvaxidov 2010 @iqtisodchi kutubxonasi (1)

3.5. To'lov talabnomalari bilan hisob-kitoblar
T o'lov talabnomasi - bu mahsulot etkazib beruvchi va mablag' oluvchilaming 
belgilangan summani to'lovchi bank orqali to'lashi to'g'risidagi talabnomani o 'z


ichiga olgan hisob-kitob hujjatidir. To'lov talabnomasi bo'yicha hisob-kitoblar 
“aktsept” shaklidagi hisob-kitoblar ham deb yuritiladi.
Talabnoma yuklab jo'natilgan tovarlar, bajarilgan ishlar va ko'rsatilgan 
xizmatlar, shuningdek, tomonlar o'rtasida tuzilgan shartnomada ko'zda tutilgan 
boshqa to'lovlam ing o 'z vaqtida to'lab berilmaganligi sababli qo'yilishi mumkin. 
Ushbu talabnoma aktseptlangan (tan olinishi) va aktseptlanmagan (tan olinmasligi) 
turlarga bo'linadi. Aktsept bilan to'langan talabnomalar to'lov summasini to'lovchi 
tomonidan tan olishni talab qiladi. Bunda mahsulot etkazib beruvchi tomonidan 
qo'yilgan talabnomaning to'lov maqsadi satriga, shartnoma sanasi va tartib raqamini 
hamda 
kontraktatsiya 
shartnomalari 
bo'yicha 
mahsulot 
etkazib 
berishda 
"kontraktatsiya shartnomasi" deb ko'rsatilishi, mahsulotni yuklab jo'natish sanasi va 
tovar-transport yoki qabul qilish-topshirish hujjatlar raqami, transport turi, mahsulot 
sotib oluvchining transport vositasi bilan olib ketilganda "Sotib oluvchining 
transporti bilan olib chiqib ketilgan 
- sonli ishonch xati" ko'rsatilishi, qonun 
hujjatlarida ko'zda tutilgan boshqa rekvizitlari aniq keltirilishi lozim.
Agar to'lovni oluvchi mijoz oldin ham talabnoma yuborgan bo'lsa, takroran 
talabnoma yuborolmaydi. Bunda, talabnoma reestr bilan birga to'lovni oluvchi 
tomonidan xaridorga xizmat ko'rsatuvchi bankka taqdim qilinadi. Reestr ikki 
nusxada tuziladi va reestming birinchi nusxasi xaridoming rahbari va bosh buxgalteri 
tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlanadi. Reestming birinchi nusxasini 
olgan sanasi ko'rsatilgan holda, buxgalter imzosi va ushbu buxgalterga biriktirilgan 
bankning muhri bilan tasdiqlangan holda to'lovni oluvchining bankida qoldiriladi. 
Ikkinchi nusxasi esa, qabul qilish sanasi ko'rsatilgan holda buxgalteming imzosi va 
ushbu buxgalterga biriktirib qo'yilgan bankning muhri bilan tasdiqlangan holda 
mablag' oluvchiga qaytariladi.
Aktsept bilan to'lanadigan talabnomada quyidagilar; agar to'lovchi va mablag' 
oluvchiga bir bankda joylashgan bo'lsa uch nusxada yozilib, birinchi va ikkinchi 
nusxalar to'lovni olish uchun bankda, uchinchi nusxasini bank to'lov kelib tushgan 
kunning ikkinchi kunidan kechiktirmay, hujjatni qabul qilish sanasini ko'rsatgan 
holda, aktsept uchun to'lovchiga topshiradi. Aktsept va to'lovdan keyin esa, 
talabnomaning birinchi nusxasi bankning kun hujjatlari, ikkinchi nusxasi to'lovni 
oluvchining shaxsiy hisobvarag'idan ko'chirmaga biriktirib qo'yiladi. Maboda, 
oluvchi va to'lovchilarga turli banklarda xizmat ko'rsatilgan taqdirda, talabnoma uch 
nusxada tuzilib, talabnomalaming barcha nusxalari pochta orqali to'lovchining 
bankiga jo'natiladi, bu erda, birinchi va ikkinchi nusxalar to'lovni kutib bankda 
qolishi, uchinchi nusxa keyingi ish kunidan kechiktirmay hujjatni qabul qilish sanasi 
ko'rsatilgan holda aktsept uchun to'lovchiga topshirilishi lozim. Bunda to'lovchi 
belgilangan muddatda talabnomani bankka rahbar imzosi bilan yuqoridagi chap 
burchakka aktseptni olganligi 
to'g'risida belgi qo'yib qaytarishi zarur. Shundan 
so'ng to'lovchi tomonidan aktsept uchun belgilangan muddatda o'zining roziligi yoki 
to'lovdan to'laligicha yoxud qisman bosh tortganligi to'g'risida ma'lum qilinishi, aks 
holda, talabnoma bank tomonidan umumiy tartibda aktsept uchun qabul qilinadi va 
to'lovchining hisobvarag'ida mablag' bo'lgan taqdirda to'lov amalga oshiriladi. 
Unda, talabnomaning birinchi nusxasi bankning kun hujjatlariga tikilishi, ikkinchi 
nusxasi to'lovchining shaxsiy hisobvarag'idan olingan ko'chirmaga qo'shib beriladi.


Aktseptsiz to'lanadigan talabnoma qo'llanilganda to'lovchi va mablag'ni 
oluvchiga bitta bankda xizmat ko'rsatilsa, uch nusxada, bunda, to'lov to'langandan 
so'ng, birinchi nusxasi bankning kunlik xujjatlar yig'm asiga, ikkinchi nusxasi 
to'lovchining shaxsiy hisobvarag'idan olingan ko'chirmaga, uchinchi nusxasi 
mablag' oluvchining shaxsiy hisobvarag'idan olingan ko'chirm aga ilova qilinadi.
Agar to'lovchi va mablag'ni oluvchiga turli xil banklarda xizmat ko'rsatilsa, 
talabnoma ikki nusxada tuzilib, barcha nusxalari pochta orqali to'lovchining bankiga 
yuboriladi, to 'lo v to'langandan so'ng, birinchi nusxasi bankning kunlik hujjatlari 
yig'm asiga tikish uchun, ikkinchi nusxasi shaxsiy hisobvarag'idan ko'chirma bilan 
birga to'lovchiga beriladi.
K o'pchillik hollarda to'lovchining depozit hisobvarag'ida mablag'lar yo'qligi 
sabali, talabnoma shartlarini bajarish imkoniyati bo'lm aydi, unda talabnoma 2-sonIi 
kartotekaga 96321-"Muddatida to'lanmagan hisob-kitob hujjatlari" hisobvarag'iga 
joylashtiriladi va ushbu haqda to'lovni oluvchining bankiga uch kun ichida xabar 
yuboriladi va qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda mablag'lam i kelib tushishiga 
qarab to'lab boriladi. To'lovchining depozit hisobvarag'ida bor bo'lgan m ablag'lami 
to'lab beradi va qolgan summani 2-sonli kartotekaga joylashtirilgan talabnomaning 
orqasiga qisman to'langan summani yozib qo'yadi.
Shuningdek, aktseptlangan va aktseptlanmagan to'lanadigan talabnomalaming 
ham amalga oshirilishi yuqoridagining aksi bo'lib, talabnoma bankka kelib tushgan 
kunning keyingi kunidan kechiktirmay, to'lovchining vakiliga “To'lov muddatini 
kutayotgan hisob-kitob hujjatlari” jum alida imzo chekdirib, topshiriladi va shundan 
so'ng 1-sonli kartotekaga 
96321- “T o'lov muddatini kutayotgan hisob-kitob 
hujjatlari” hisobvarag'iga joylashtiriladi.
T o'lovchining banki tomonidan talabnoma aktseptining quyidagi: aktsept uchun 
talabnoma topshirilganidan keyingi kundan boshlab uch ish kuni - bir shahardagi 
mijozlar uchun, aktsept uchun talabnoma topshirilganidan keyingi kundan boshlab 
besh ish kuni - boshqa shahardagi mijozlar uchun, aktsept uchun talabnoma 
topshirilgan kundan keyingi kundan boshlab 10 kungacha - to'lovchining asosli 
iltimosnomasi bo'yicha muddati belgilanadi.
Agarda to ’lov talabnoma bankka kelib tushgandan so’ng 10 ish kuni davomida 
mijozga xabar berish iloji bo’lmagan bo’lsa va mijoz hisob raqamidan hech qanday 
m ablag’ 
chiqarilmagan bo’lsa, 
unda to ’lov talabnoma 
ijrosiz “Mijozning 
kelmaganligi sababli ijrosiz qaytarilmoqda” yozuvi bilan qaytariladi.

Yüklə 29,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin