buxgalteri yoki uning o ‘rinbosari tomonidan varaqchaning asosiy nusxasi bilan
solishtirgandan keyin tasdiqlanadi. Varaqchalaming bunday nusxalarini qo'shim cha
tasdiqlash talab qilinmaydi. Imzolar namunalari va muhr izi qo'yilgan varaqchalarda
hisobvaraqlaming raqamlari ko'rsatiladi. Imzo namunalari varaqchasiga yuridik
shaxsning rahbari va bosh buxgalteri imzolari yoki rahbar tomonidan vakolat berilgan
shaxslaming imzolari kiritiladi va muhr bilan tasdiqlanadi. Dehqon xo'jaligi rahbari
va yakka tartibdagi tadbirkoming asosiy muhri bo'lmagan holda ular faqat
o'zlarining imzolari namunalarini taqdim qiladilar.
Mijozlar tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalaming hisobi har bir
turdagi m ablag'lar va qimmatliklar bo'yicha ochiladigan shaxsiy hisobvaraqlarda
(kartochkalar,
kitoblar, jumallarda) yuritiladi. Bunda ulaming maqsadi, shuningdek,
hisobvaraq egalari ko'rsatiladi. Mijozlaming shaxsiy hisobvaraqlari birlamchi
hujjatlar asosida dasturiy yo'l bilan ikki nusxada tayyorlanadi. Ikkinchi nusxa shaxsiy
hisobvaraqdan ko'chirm a bo'lib xizmat qiladi va mijozga berish yoki jo'natish uchun
m o'ljallanadi. Shaxsiy hisobvaraqlarga yozuvlar faqat tegishlicha rasmiylashtirilgan
hisob-kitob-pul hujjatlari asosida kiritiladi. Shaxsiy hisobvaraqlardan ko'chirmalar
kompyuter yordamida tayyorlansa, ular mijozlarga berilayotganda imzolar va bank
shtamplari bilan rasmiylashtirilmaydi. Kredit bo'yicha o'tkazilgan
summalar
yuzasidan, shaxsiy hisobvaraqlardan ko'chirmalarga hisobvaraq bo'yicha yozuvlar
kiritishda asos bo'lgan ilovalar qo'shiladi.
Ko'chirmalarga ilova qilinadigan hujjatlarga shtamp, shuningdek, hujjat shaxsiy
hisobvaraq bo'yicha o'tkazilgan sana kalendar shtempeli bosilishi kerak (agar bu
sana hujjat yozilgan sanaga mos kelmasa). Shtamp faqat ko'chirmaning asosiy
ilovasiga qo'yiladi. Asosiy ilovada qayd etilgan operatsiyalaming mundarijasi va
umumiy summasini tushuntiruvchi hamda talqin etuvchi qo'shimcha hujjatlarga
shtamp qo'yilmaydi.
Bank ikki ish kuni o'tganidan keyin mijoz hisobvarag'i kreditida noto'g'ri
yozuvlar borligini aniqlasa, mijoz kechiktirilgan har
bir kun uchun hisobvaraq
kreditidagi umumiy summaning bank xizmati ko'rsatish to'g'risidagi shartnomada
ko'zda tutilgan foizi miqdorida bankka jarima to'laydi. Mijoz shaxsiy hisobvaraqdan
ko'chirmani yo'qotib qo'ygan taqdirda, uning dublikati mijoz arizasiga ko'ra, bank
raxbari yoki uning muovini beradigan yozma ruxsatnoma asosidagina mijozga
berilishi mumkin.
Agar mijozning asosiy hisobvarag'ini boshqa bankka o'tkazish uning arizasiga
asosan hisobvaraqning qoldig'i tasdiqlanishi va chek daftarchalari qaytarilishi bilan
amalga oshiriladi. Bunda ushbu mijozning ikkilamchi hisobvaraqlari yopilmaydi.
Mijozni qabul qilayotgan bank uning arizasiga asosan o'zida “Mijozlarga to'lanishi
lozim bo'lgan m ablag'lar hisob-kitobi” ichki bank hisobvarag'ini ochadi va bu
to 'g 'rid a mijozga xabar beradi. Asosiy hisobvaraqni
yopayotgan bank mijozning
farmoyishiga asosan unga asosiy hisobvaraq ochayotgan bankka uning hisobvarag'i
qoldig'ini
o'tkazishi,
shuningdek
ro'yxat
bo'yicha
yuridik
yig'majildini,
kartotekasidagi hisob-kitob hujjatlari va boshqa hujjatlari beriladi.
Mijozning barcha hujjatlari olingandan keyin bank unga belgilangan tartibda,
asosiy talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvaraq ochadi va ushbu hisobvaraqqa
unga ilgari ochilgan ichki bank hisobvarag'idagi m ablag'lar qoldig'ini o'tkazadi.
Hisobvaraq o ‘tkazilganligi to'g'risidagi ma'Iumot axborotlar bazasida 2 oy davomida
saqlanadi. Ushbu muddat tugagandan so'ng o'tkazilgan hisobvaraq to'g'risidagi
ma'Iumot arxivlanadi va belgilangan tartibda saqlanadi, shu bilan bir vaqtda
hisobvaraq to'g'risidagi ma'Iumot bazadan o'chiriladi. O'tkazilgan hisobvaraq
bo'yicha kelib tushgan hisob-kitob hujjatlari ro'yxatdan o'tkazilgach, quyidagi:
Masalan, “Hisobvaraq yopildi. UzR AT “Paxtabank” ning Xamza filialiga murojaat
qiling” mazmundagi xabar bilan jo'natuvchiga qaytariladi.
Dostları ilə paylaş: