T o sh k e n t d a V l a t iqtiso diyo t u niversiteti f. T. A b d u V a X id o V, Z. A. Um arov, K. N. D ju ra y ev


Banklarda analitik hisobni yuritish va uni tashkil qilish



Yüklə 29,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/108
tarix14.12.2023
ölçüsü29,58 Kb.
#178720
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   108
Banklarda buxgalteriya hisobi Abduvaxidov 2010 @iqtisodchi kutubxonasi (1)

2.4. Banklarda analitik hisobni yuritish va uni tashkil qilish
Banklarda buxgalteriya hisobining haqqoniy va to ‘g ‘ri yuritilishini tashkil 
etishda analitik va sintetik hisob ma'lumotlari asosiy manbaa hisoblanadi. Shu 
boisdan, mijozlaming shaxsiy hisobvaraqlari birlamchi hujjatlar asosida dasturiy yo‘l 
bilan ikki nusxada tayyorlanadi. Ikkinchi nusxa shaxsiy hisobvaraqdan ko'chirma 
b o iib xizmat qiladi va mijozga berilishi yoki jo'natish uchun mo'ljallanadi. Shaxsiy 
hisobvaraqlarga yozuvlar faqat tegishlicha rasmiylashtirilgan hisob-kitob-pul 
hujjatlari asosida kiritiladi.
Shaxsiy hisobvaraqlarga quyidagi rekvizitlar: shaxsiy hisobvaraqning nomi; 
chiqish shaklining raqami; shaxsiy hisobvaraqning tartib raqami; 
shaxsiy 
hisobvaraqni tuzgan bank kodi va nomi; mijozning shaxsiy hisobvarag'i raqami va 
uning nomi; hisobvarag'iga xizmat ko'rsatuvchi buxgalteming raqami, uning 
familiyasi, ismi, otasining ismi; ishlov berish sanasi; hisobvaraqdagi so'nggi harakat 
sanasi; kun boshidagi qoldiq summasi; kun oxiridagi qoldiq summasi; buxgaltepiya 
yozuvlari tartibi bo'yicha raqami; hujjat raqami; hisob-kitob shakli yoki operatsiya 
turi; vakil bankning FA bo'yicha raqami; debet aylanmasi bo'yicha summasi; kredit 
aylanmalari bo'yicha summasi; debet aylanmasi bo'yicha umumiy summasi; kredit 
aylanmasi 
bo'yicha 
umumiy 
summasi 
yoziladi. 
Shaxsiy 
hisobvaraqlardan 
ko'chirm alar kompyuter yordamida tayyorlansa, ular mijozlarga berilayotganda 
imzolar va bank shtamplari bilan rasmiylashtirilmaydi.
Kredit aylanmalari 
bo'yicha o'tkazilgan 
summalar yuzasidan 
shaxsiy 
hisobvaraqlardan ko'chirmalarga hisobvaraq bo'yicha yozuvlar kiritishda asos 
bo'lgan ilovalar qo'shiladi. Ko'chirm alarga ilova qilinadigan hujjatlarga shtamp, 
shuningdek, shaxsiy hisobvaraq bo'yicha o'tkazilgan sana kalendar shtempeli 
bosiladi. Puli to'langan hisob-kitob hujjatlarining mijozlar hisobvaraqlaridan 
ko'chirm alariga ilova qilinadigan, ishlov berishning dastlabki bosqichidayoq bank 
shtampi yoki muhri bosiladigan ikkinchi nusxalari, shuningdek, kirim-kassa 
operatsiyalariga doir hujjatlar yuqorida aytilgan shtamp bilan tasdiqlanmaydi.
K o'chirm alar mazkur hisobvaraq bo'yicha birinchi yoki ikkinchi imzo huquqiga 
ega bo'lgan shaxslarga yoki ulaming ishonchnoma taqdim etgan vakillariga tilxat 
bilan beriladi. Bunday ishonchnomalar belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan 
bo'lishi lozim va mijoz obuna qutilari orqali ariza topshirganda esa, ko'chirmalar 
imzosiz beriladi.
Hisobvaraq egasi unga ko'chirm alar berilganidan keyin ikki ish kuni mobaynida 
bankka hisobvaraq krediti yoki debetiga xato yozilgan summalar haqida yozma 
ravishda xabar qilishlari lozim. Agar shu muddat ichida mijoz o 'z e'tirozini 
bildirmasa, bajarilgan operatsiyalar hamda hisobvaraqdagi mablag' qoldig'i 
tasdiqlangan hisoblanadi.


Bank ikki ish kuni o‘tganidan keyin mijoz hisobvarag'i kreditida noto‘g ‘ri 
yozuvlar borligini aniqlasa, mijoz kechiktipilgan har bir kun uchun hisobvaraq 
kreditidagi umumiy summaning bank xizmat ko'rsatish to'g'risidagi shartnomada 
ko'zda tutilgan foizi miqdorida bankka jarim a to'laydi. Bu jarima begonalar 
mablag'laridan o 'z manfaatlari yo'lida foydalanganliklari uchun undiriladi.
Bank mijozlari hisobvaraqlarining ahvoli to'g'risidagi yozma ma'lumotlarini 
faqat hisobvaraq egalariga nisbatan yuqori turuvchi tashkilotlarning, shuningdek, sud 
va soliq organlarining yozma talabiga ko'ra berishi mumkin. Mijoz shaxsiy 
hisobvaraqlaridan ko'chirmasini yo'qotib qo'ygan taqdirda, uning dublikati mijoz 
arizasiga ko'ra bank rahbari yoki uning muovini tomonidan beriladigan yozma 
ruxsatnoma asosida berilishi mumkin. Mijoz o 'z arizasida ko'chirm a yo'qolishi 
sabablarini ko'rsatishi, arizaga korxona rahbari va bosh buxgalteri imzosi qo'yilgan 
bo'lishi lozim.
Shaxsiy hisobvaraqlardan ko'chirma dublikatlari nusxa usulida olinadi va 
ko'chirma dublikatiga mijozga xizmat ko'rsatuvchi buxgalter, bosh buxgalter yoki 
uning muovini imzo chekadi, bank muhri bosiladi, shuningdek, "200_yil 
"___ "__________ da ko'chirm a dublikati berildi" degan yozuv yozib qo'yiladi.
Ko'chirmalar mijozlarga berilgandan yoki jo'natilgandan keyin buxgalter 
shaxsiy hisobvaraqlami ulaming raqamlari ortib borishi tartibida, ular ichida esa - 
sanalar bo'yicha saralaydi. Oy tugaganidan keyin ular xuddi shu tartibda balans 
hisobvaraqlari hamda ko'zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari bo'yicha tikiladi va 
keyingi oyning 20-kunidan kechiktirmay ro'yxat bo'yicha joriy apxivga topshiriladi.
Shuningdek, yordamchi kitobning boshqa materiallari ham bo'lib, ular ko'zda 
tutilmagan holatlar bo'yicha hisobvaraqlar uchun ochilgan kartotekalarda saqlanuvchi 
hujjatlardan tashkil topadi. Masalan: To'lov muddatini kutayotgan hujjatlar nomli 1- 
sonli kartotekadagi to'lov talabnomalari; o 'z vaqtida to'lanmagan hisob hujjatlari deb 
nomlanuvchi 2-sonli kartotekadagi to'lov talabnomasi; to'lov topshiriqnomasi
inkasso topshirqnomalari kabi hujjatlar ham tafsiliy hisob uchun asosiy materiallar 
bulib hisoblanadi. Bu hujjatlar harakati bo'yicha ham hisobvaraqlar ochilib, ular 
ko'zda tutilmagan holatlar bo'yicha hisobvaraqlar deb ataladi. Ular alohida sanalar va 
hisobvaraq raqamlari bo'yicha tikilib, keyingi oyning 20-sanasigacha bankning joriy 
arxiviga topshiriladi.
Shunday qilib, Banklarda analitik hisob yuritishda yordamchi kitob, ya'ni, 
m ablag'lar va moddiy boyliklar bo'yicha hisob-kitoblaming har bir turi yuzasidan 
alohida ma'lumotlar olish imkoniyatlarini o'rganish mumkin. Bu o 'z navbatida, 
banklarda buxgalteriya hisobi ob’ektlari bo'yicha ma'lumotlari ning ob’ektivligini va 
ulami tegishli hujjatlarda rasmiylashtirishning mukammalligini ta'minlashga keng 
sharoitlar yaratadi.

Yüklə 29,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin