T o sh k e n t d a V l a t iqtiso diyo t u niversiteti f. T. A b d u V a X id o V, Z. A. Um arov, K. N. D ju ra y ev


- Bob. Banklarda hujjatlashtirish va hujjat aylanishi



Yüklə 29,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/108
tarix14.12.2023
ölçüsü29,58 Kb.
#178720
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   108
Banklarda buxgalteriya hisobi Abduvaxidov 2010 @iqtisodchi kutubxonasi (1)

- Bob. Banklarda hujjatlashtirish va hujjat aylanishi
2.1. Banklarda ish kuni va hujjatlar aylanishini tashkil etish
Buxgalteriya xodimlarining ish kuni shunday tashkil etilishi kerakki, bunda bank 
tomonidan amaliyot kuni davomida ijroga qabul qilingan pul hisob-kitob hujjatlari 
dastlabki va joriy nazoratdan o ’tkazilib, ular o ’z vaqtida ijro etilishi, ya'ni 
hisobvaraqlar b o ’yicha operatsiyalar buxgalteriya hisobida aks ettirilib, kunlik balans 
hisoboti tuzilishi hamda keyingi bank ish kunidan kechiktirmasdan bajarilgan barcha 
operatsiyalar yakuniy nazoratdan o ’tkazilishi shart.
Har bir bank quyida keltirilgan talablarga rioya qilgan holda, amaliyot kuni 
davomida mijozlarga xizmat ko’rsatish va hujjatlar aylanish tartibini mustaqil 
belgilaydi:
- banklar yangi ish kunini O ’zbekiston Respublikasi Markaziy bankning hisob- 
kitob markazida ochilgan tashqi ("21302-Rezident bankning vakillik hisobvarag’i") 
vakillik hisobvarag’ining kun boshiga aylanma va qoldiq summalarini, o ’zlarining 
ichki ("10301-Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag’i") vakillik hisobvarag’ining 
aylanma va qoldiq summalari bilan mosligini tekshirish bilan boshlashadi. Ichki va 
tashqi vakillik hisobvarag’i aylanma va qoldiq summalarini mosligini tasdiqlash 
uchun HKM ga elektron fayl yuboradi;
- HKM tijorat banklari yuborgan elektron faylni qabul qilib oladi va bankning 
tashqi va ichki vakillik hisobvaraq qoldiq summalarini dasturiy ravishda taqqoslaydi 
hamda ulami mosligini tasdiqlab banklarga qaytaradi. Vakillik hisobvaraqlar qoldiq 
summalari mos kelmasa, mavjud farq bartaraf etilmaguncha bank amaliyot kuni 
ochilmaydi hamda banklararo to ’lovlami amalga oshirishga ruxsat etilmaydi;
- HKM dan tasdiq (W-fayl) olgandan so’ng, banklarga banklararo to ’lovlami 
amalga oshirish uchun ruxsat beriladi;
- filiallari mavjud bank filiallariga "To’lov markazi”da ochilgan tashqi ("22204- 
Bosh bank-filiallarga to ’lanadigan mablag’lar") va filiallarda ochilgan ("16103-Bosh 
bank / filiallardan filiallararo va banklararo hisob-kitoblar bo’yicha olinadigan 
m ablag’lar") ichki vakillik hisobvaraqlar qoldiq summasini mosligini tasdiqlash Bosh 
bank tomonidan amalga oshiriladi. Filiallar ichki vakillik hisobvarag’i (16103) va 
"To’lov markazi"da ochilgan tashqi (22204) vakillik hisobvarag’i o ’rtasida farq 
mavjud bo’lsa, ushbu filialga uni bartaraf etmaguncha filiallararo va banklararo 
to ’lovlami amalga oshirish va yangi kunga o ’tib ishlashga ruxsat etilmaydi;
- O ’zbekiston Respublikasi Markaziy bankning farmoyishiga asosan bank ish 
kuni qonun hujjatlariga asosan uzaytirilmagan bo’lsa filiallararo va ichki to ’lovlar 
bank ish kuni davomida soat 17-00 ga qadar amalga oshiriladi. Filiallararo to ’lovlar 
bir bank mijozlari o’rtasida amalga oshirilishini inobatga olib, bank o’z mijozlaridan 
to’lov hujjatlarini qabul qilish vaqtini o ’zi mustaqil ravishda belgilaydi. Ichki 
to’lovlar qatoriga kassa amallari, to ’lanishi va olini shi lozim bo’lgan foizlar hisobini 
hisoblash hamda xodimlarga ish haqi hisoblash va shunga o ’xshash amallar kiradi;
- banklararo to ’lovlar bo’yicha banklar mijozlaridan bank amaliyot kuni 
davomida qabul qilingan to ’lov hujjatlari bo’yicha buxgalteriya o ’tkazmalarini bank 
ish kunining soat 15-00 ga qadar amalga oshirib soat 16-00 ga qadar HKMga etkazib


berishlari kerak, aks holda banklararo to’lovlar amalga oshirilmaydi. Bank aybi bilan 
amalga oshmay qolgan hujjat bo’yicha bank javobgar hisoblanadi, bundan bankka 
taalluqli bo’lmagan tashqi omillar mustasno;
- banklararo byudjet to ’lovlari HKMga soat 16-00 dan 16-30 ga qadar 
yuboriladi, soat 16-30 dan kech yuborilgan banklararo byudjet to’lovlari HKM 
tomonidan qaytarib yuboriladi. Bank aybi bilan amalga oshmay qolgan hujjat 
bo’yicha bank javobgar hisoblanadi, bundan bankka taallu?li bo’lmagan tashqi 
omillar mustasno;
- banklar soat 16-30 dan to 17-00 ga qadar o ’zlarida byudjet to’lovlariga 
ochilgan tranzit hisobvaraq qoldiqlarini HKM orqali O ’zbekiston Respublikasi 
Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalar HKMlarida ochilgan byudjet tranzit 
hisobvarag’iga o ’tkazishlari shart. Bank aybi bilan amalga oshmay qolgan hujjat 
bo’yicha bank javobgar hisoblanadi, bundan bankka taalluqli bo’lmagan tashqi 
omillar mustasno;
- HKM banklarga banklararo to’lovlar tugaganligi to ’g’risida ma'lumotni soat 
17-20 da jo ’natadi, shundan so’ng banklar o’rtasida banklararo to’lovlar to’xtatiladi.
Markaziy bankning farmoyishiga asosan bank ish kuni qonun hujjatlariga asosan 
uzaytirilmagan bo’lsa, bank shu kunning o’zida bank ish kuni yakunlangandan so’ng, 
ya'ni soat 18-00 dan so’ng yoki agarda Markaziy bankning farmoyishiga asosan bank 
ish kuni qonun hujjatlariga asosan uzaytirilgan bo’lsa keyingi bank ish kuni soat 10-
00 dan kechiktirmagan holda Markaziy bankka elektron balans (0106BS) hisobotini 
j o ’natadilar.
Banklarda ish kuni bank operatsiyalari buxgalteriya hisobotida to’liq aks 
ettirilib, kunlik balans hisoboti tahlil qilinib, bank filiali rahbari hamda bosh 
buxgalteri tomonidan imzolangandan so’ng yakunlanadi.

Yüklə 29,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin