T o sh k e n t d a V l a t iqtiso diyo t u niversiteti f. T. A b d u V a X id o V, Z. A. Um arov, K. N. D ju ra y ev


Banklarda buxgalteriya apparatini tashkil qilish



Yüklə 29,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/108
tarix14.12.2023
ölçüsü29,58 Kb.
#178720
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108
Banklarda buxgalteriya hisobi Abduvaxidov 2010 @iqtisodchi kutubxonasi (1)

1.3. Banklarda buxgalteriya apparatini tashkil qilish
Buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishni bank filiali rahbari amalga 
oshiradi. Buxgalteriya apparatiga bankning bosh buxgalteri rahbarlik qiladi. U bank 
tizimining bosh buxgalterlari to ’g ’risidagi namunaviy nizom asosida ish olib boradi. 
Bosh buxgalter bo’lmagan vaqtda uning vazifalarini bosh buxgalter o’rinbosari 
bajaradi.
Banklarda buxgalteriya ishlarini yuritish uchun buxgalteriya apparati tuziladi. 
Bank buxgalteriya apparatiga shartnoma asosida chetdan jalb qilingan buxgalterlar 
yoki buxgalteriya firmasi xodimlarining kiritilishi qat'iyan taqiqlanadi. Bank 
buxgalteriya apparatining tashkiliy tuzilishi va unda tashkil etiladigan bo’limlar soni 
amalga oshiriladigan operatsiyalar hajmiga va ulaming avtomatlashtirilganlik 
darajasiga bog’iq b o ’ladi.
Ish hajmi kichik banklarda buxgalteriya apparati bankning yaxlit bo’linmasi 
sifatida faoliyat yuritishi mumkin. Bunda banklararo hisob-kitoblar, chet el valyutasi 
bo’yicha operatsiyalar va bankning ichki hisobvaraqlari bo’yicha operatsiyalaming 
hisobini yuritish maxsus bo’limlarga topshirilishi mumkin. Ish hajmi katta banklarda 
buxgalteriya apparati asosiy talablam i hisobga olgan holda tashkil etilishi lozim. 
Shuningdek, barcha operatsiyalar mas'ul ijrochi buxgalterlar tomonidan dastlabki va 
nazoratchi buxgalterlar tomonidan joriy nazoratdan o ’tishini ta'minlash maqsadida ish 
hajmidan kelib chiqqan holda mas'ul ijrochi va nazoratchilar soni o ’rtasida 
mutanosiblik saqlanishi lozim.
Buxgalteriya apparati xodimlarining aniq vazifalari bank rahbari buyrug’i bilan 
tasdiqlanadi. M as'ul ijrochi va nazoratchi buxgalterlar zimmasiga muayyan 
hisobvaraqlami yuritish yoki alohida operatsiyalami amalga oshirish ishlari 
yuklatiladi. hisobvaraqlar buxgalteriya xodimlari o’rtasida shunday taqsimlanishi 
kerakki, bunda bitta xo’jalik yurituvchi sub'ektning barcha depozit va ssuda 
hisobvaraqlari bitta buxgalteriya xodimi tomonidan yuritilishi kerak, chet el 
valyutasida ochilgan hisobvaraqlar bundan mustasno. Hisobvaraqlami buxgalteriya 
xodimlari o ’rtasida taqsimlash va qayta taqsimlash kitobi dasturiy ravishda yuritiladi 
hamda qo’lda m axsus daftarda qayd etib boriladi.
Bank bosh buxgalteri muhrlar, shtamplar va blanklami ulam ing yo’qolishiga 
yoki boshqa maqsadlarda ishlatilishiga yo’l qo’yilmaydigan tarzda saqlanishi hamda 
foydalanishi ustidan nazoratni ta'minlashi shart. Bank muhrlari va burchakli


shtamplarining hisobi ulami saqlayotgan shaxs familiyasi va lavozimi ko’rsatilgan 
maxsus daftarda yuritiladi. Daftar varaqlari raqamlangan, bog’langan va bank muhri, 
bank rahbari hamda bosh buxgalterining imzolari bilan tasdiqlangan bo’lishi va bank 
rahbarining yoki uning xohishiga ko’ra bosh buxgalter seyfida saqlanishi lozim.
Bank xodimlarining ish joylari shunday joylashtirilgan bo’lishi kerakki, bunda 
mijozlar va boshqa begona shaxslaming bankning muhrlari, shtamplari, hujjatlari va 
blanklarini olishlariga imkon bo’lmasligi lozim. Xodim mehnat ta'tiliga chiqqan, 
kasal bo’lib qolgan yoki boshqa sabablarga ko’ra ishda bo’lmagan hollarda unga 
biriktirilgan hisobvaraqlar hamda uning vazifalari muhr va shtamplar bilan birgalikda 
boshqa xodimga topshiriladi va bu haqda maxsus daftarda tegishli yozuvlar qayd 
etiladi.
Bosh buxgalter zimmasiga umumiy nazoratni tashkil etish hamda har kuni 
buxgalteriya va kassa ishlarining barcha bo’g ’inlarida o’matilgan tartibga amal 
qilinishini kuzatib borish yuklatiladi. Shuningdek, bank bosh buxgalteriga bosh va 
yordamchi kitoblarda operatsiyalami qayd etish, tegishli buxgalteriya hisobi 
hisobotlarini dasturiy ravishda tuzish ishlariga rahbarlik qilish yuklatiladi. Bank bosh 
buxgalteri ishda bo’lmagan vaqtda, ushbu vazifalar bank rahbarining buyrug’iga 
ko’ra uning o’rinbosapiga topshiriladi. Mijozlaming bank xodimlarining xatti- 
harakatlari ustidan shikoyatlari hamda boshqa murojaatlari amaldagi qonun 
hujjatlariga muvofiq qabul qilinadi va ko’rib chiqiladi. Murojaat qilish tartibi e'lonlar 
osib qo’yish yo’li bilan mijozlarga ma'lum qilinishi lozim.
Bank rahbari buxgalteriya ishi holatini umumiy kuzatish bilan bir qatorda balans 
va boshqa hisobotlami o ’z vaqtida tuzilishini tekshirib borishi, mijozlarga o ’z vaqtida 
va sifatli xizmat ko’rsatilishini muntazam nazorat qilib turishi shart. Tarkibiy 
tuzilmasi Front-ofis va Bek-ofis sifatida tashkil etilgan yirik banklaming buxgalteriya 
apparati shu tarkibiy tuzilmalarga mos ravishda tashkil etilishi mumkin.
Buxgalteriya apparatini Front-ofis va Bek-ofisga ajratish zaruriyati quyidagilar 
bilan izohlanadi: tarkibiy bo’linmalaming asosiy vazifalari; mijozlarga xizmat 
ko’rsatish; nazoratni amalga oshirish.
Tarkibiy bo’linmalaming asosiy vazifalari:
Bank nuqtai-nazaridan Buxgalteriya apparatining Bek-ofis va Front-ofisga 
bo’linishining ahamiyati shundaki, Front-ofis mutaxassislari mijozlarga to ’g ’ridan- 
to ’g’ri xizmat ko’rsatadi, Bek-ofis mutaxassislari esa, dastlab Front-ofis xodimlari 
tomonidan boshlangan, mijoz bevosita qatnashishi va mazkur bosqichni tugatilishini 
kutishi talab etilmaydigan bosqichda operatsiyalami qayta ishlab, uni nihoyasiga 
etkazadi. Natijada, har bir bank operatsiyasi bir-biriga bog’Iiq bo’lmagan ikkita 
bo’limda amalga oshiriladi va bank xodimlarini o ’zaro nazorat qilish tizimini 
yaratadi.
Mijoz nuqtai-nazaridan bo’linishning ahamiyati shundaki, bankning bitta 
bo’limi yoki binosida, ammo lavozimi turlicha bo’lgan xodimlardan o ’zining barcha 
masalalarini echish imkoniyatini yaratish. Mijoz operatsiyalar boshlanishidan to 
uning tugaguniga qadar faqat Front-ofis xodimlari bilan aloqada bo’lib, Bek-ofis 
mavjudligi mijoz uchun ahamiyatsiz bo’lib hisoblanadi.
Bank tarkibiy tuzilmasining mas'uliyatini belgilash uchun, ular bajaradigan 
operatsiyalari tavsifidan kelib chiqqan holda, bo’limlar bo’yicha vazifalar


taqsimlashning taxminiy doirasini aniqlash zarur. Shuni qayd etish zarurki, 
bo’linmaga yuklatiladigan vazifalar doirasi qat’iy bo’lishi shart emas. Bank 
bo’linmalarida k o ’rsatilayotgan xizmatlar hajmi va bank operatsiyalarining 
avtomatlashtirilgan darajasiga bog’iq ravishda, Bek-ofis yoki Front-ofis tarkibida 
ayrim bo’lim / sektor bo’lmasligi mumkin. Bunday hollarda, bir bo’lim / sektor 
vazifalarini boshqa bo’lim / sektor bajarishi ko’zda tutilishi lozim. Vazifalar, bank 
tarkibiy tuzilmasining har bir bo’limi uchun alohida taqsimlanadi.
Mijozlarga xizm at ko’rsatish:
Mijozlarga bankning barcha xizmatlar majmuasi faqat Front-ofis bo’limida 
ko’rsatilganligi bois, mazkur bo’lim bank xizmatlarining barcha turlarini yaxshi 
biladigan malakali mutaxassislardan tashkil etilishi shart. Bunda, shart-sharoitlar va 
bank tomonidan mijozlarga ko’rsatilayotgan xizmatlar ro’yxati e'lon qilinishi hamda 
mazkur xizmatlardan bankning mavjud va bo’lg’usi mijozlari xabardor qilinishi shart. 
Xizmat ko’rsatish jarayonida nostandart - ko’zda tutilmagan holatlar kelib chiqishi 
ehtimoli mavjudligini inobatga olgan holda, aniq xizmatlar turi bo’yicha paydo 
bo’lgan savollami joyida hal qiluvchi va tegishli operatsiyalami butunlay nazorat 
qilish salohiyatiga ega bo’lgan yuqori malakali mutaxassislar bilan jamlangan 
bo’lishi kerak.
Shundan kelib chiqqan holda, operatsiyalami amalga oshirishda mas'ul ijrochi 
bilishi lozim bo’lgan qonunchilik doirasi qanchalik kichik bo’lsa, uning ishi tez va 
sifatli bo’ladi. Shuning uchun, Front-ofis mas'ul ijrochilari o ’rtasida mijozlami 
taqsimlashda, bir mas'ul ijrochida bir toifali mijozlar bo’lishi maqsadga muvofiqdir. 
Bunda, mijozning mavjud barcha hisobvaraqlariga bir mas'ul ijrochi tomonidan 
xizmat ko’rsatilishi shart.
Front-ofis xodimlarini mijozlaming jismoniy va yuridik shaxslar toifasi bo’yicha 
guruhlash lozim. Qonunchilik bazasi turli xilligiga bog’iq holda, yuqorida qayd etib 
o’tilgan mijozlami yanada kichik bo’lgan quyidagi turlarga bo’lish mumkin: 
faqat milliy valyutada operatsiyalami amalga oshiradigan mijozlar; 
milliy va chet el valyutasida operatsiyalami amalga oshiradigan mijozlar.
Turli qonunchilik ta'sir doirasida bo’lgan mijozlaming quyidagi toifalari 
bo’yicha guruhlarga bo’lish tavsiya etiladi: Korxona va tashkilotlar hamda jismoniy 
shaxslarga.
Korxona va tashkilotlar:
-
o’z faoliyatini mamlakat doirasida va xorijda amalga oshiradigan har qanday 
tashkilotlar, shuningdek, chet el vakolatxonalari, yoki milliy va chet el 
valyutasida hisobvaraqlari mavjud bo’lgan har qanday tashkilotlar;
o ’z faoliyatini faqatgina mamlakat doirasida amalga oshiruvchi yirik mijozlar; 
kichik biznes va tadbirkorlik sub'ektlari hamda boshqa tashkilotlar, shuningdek, 
yuridik shaxs maqomiga ega bo’lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar.
Jismoniy shaxslar:
-
milliy va chet el valyutasida hisobvaraqlari mavjud bo’lgan jism oniy shaxslar;
-
faqat milliy valyutada hisobvaraqlari mavjud bo’lgan jismoniy shaxslar. 
Bankning Front-ofis bo’limidagi har bir guruh mutaxassisi mijozlarga
ko’rsatiladigan to ’liq standart xizmatlar ro’yxatini ularga taqdim etadi. Xodimlar


guruhi tomonidan mijozlarga ko’p operatsiyalar turi bo’yicha xizmat ko’rsatilsa, 
mazkur guruhga kamroq mijoz taqsimlanishi lozim. Chunki, ko’p turli operatsiyalar 
bajaruvchi mijozning bitta tashrifi bo’yicha unga xizmat ko’rsatish bank xodimining 
ko’p vaqtini egallaydi.
Nazoratni amalga oshirish:
Front-ofis 
zimmasiga 
mijoz 
tomonidan 
taqdim 
etilgan 
hujjatlaming 
rasmiylashtirilishi va ular tomonidan boshlangan operatsiyalaming to’g’riligini 
dastlabki nazoratdan o ’tkazish vazifasi yuklatiladi. Q o’shimcha nazorat zarur 
hollarda Front-ofis xodimi operatsiyalar bo’yicha hujjatlami nazoratchi xodimga 
taqdim etadi. Bank tomonidan amalga oshiriladigan mijoz operatsiyalarining 
nazoratini o’z xususiyatlari bo’yicha quyidagi turlarga ajratish mumkin: 
mijozning shartnomaga asoslangan harakatini tekshirish; 
mijoz o’z operatsiyalarini qonunchilikda o’matilgan tartibda bajarayotganligini 
tekshirish;
hujjatlaming 
rasmiylashtirilishiga qo’yilgan talablarga rioya 
qilinishini 
ta'minlash;
-
to’lovlami amalga oshirish uchun moliyaviy sharoitlar mavjudligini aniqlash.
Bek-ofis yoki nazoratchi buxgalter tomonidan Front-ofis yoki mas'ul ijrochi 
buxgalter ma'qullagan barcha bank operatsiyalarining qonunchilikka mosligini 
aniqlash maqsadida qaytadan joriy nazoratdan o’tkaziladi va ijroga qabul qilinadi.
Yakuniy nazoratni Bek-ofis xodimlari tomonidan amalga oshirilib ulaming 
vazifasi operatsiyalaming yakuniy nazoratini amalga oshirish, ya’ni kun davomida 
amalga oshirilgan barcha bank operatsyalaming keyingi bank ish kunidan 
kechiktirmagan holda yakuniy nazoratdan o’tkazish hisoblanadi.
Shunday qilib, Banklarda buxgalteriya apparatining ish faoliyatini tug’ri tashkil 
qilish amaldagi qonuniy va me'yoriy hujjatlar talablarini o ’z vaqtida va ulaming 
sifatli bajarilishini ta’minlashda yaqindan yordam beradi.

Yüklə 29,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin