T o sh k e n t d a V l a t iqtiso diyo t u niversiteti f. T. A b d u V a X id o V, Z. A. Um arov, K. N. D ju ra y ev


 Pul hisob-kitob hujjatlarini rasmiylashtirish tartibi



Yüklə 29,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/108
tarix14.12.2023
ölçüsü29,58 Kb.
#178720
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   108
Banklarda buxgalteriya hisobi Abduvaxidov 2010 @iqtisodchi kutubxonasi (1)

2.2. Pul hisob-kitob hujjatlarini rasmiylashtirish tartibi
Banklarda barcha operatsiyalar O ’zbekiston Respublikasi Markaziy banki 
tomonidan o’matilgan shakldagi pul hisob-kitob hujjatlarining asl nusxasi hamda 
"Bank-mijoz" tizimidan foydalanuvchilardan elektron aloqa orqali olingan elektron 
to ’lov hujjatlari, shuningdek plastik kartochkalardan foydalangan holda tuzilgan 
elektron hujjatlar asosida amalga oshiriladi va buxgalteriya hisobida qayd etiladi. Pul 
hisob-kitob hujjatlari bank tomonidan ijroga faqat mijozning bankka taqdim qilgan 
muhr izi va imzo namunasi qo’yilgan varaqchada ko’rsatilgan shaxslar yoki 
mijozning ishonchnomasi asosida vakil qilingan shaxsdan qabul qilinadi.
Pul hisob-kitob hujjatlarining majburiy rekvizitlari quyidagilardir:
-
mijozning nomi va soliq to’lovchining identifikatsion raqami (STIR);
pul oluvchi va pul to’lovchi mijozlar hisobvaraq raqamlari;
-
ularga xizmat ko’rsatuvchi bank nomi va kodi;
hujjatning nomi va raqami, u tuzilgan sana va joy;
-
operatsiyaning nomi, maqsadi va summasi;
-
mijoz muhri va mas'ul shaxslarining imzolari.
Hujjatlarda operatsiya maqsadi aniq bayon etilishi lozim. Pul hisob-kitob 
hujjatlarida bo’yash, chizish va tuzatishga yo’l qo’yilmaydi. Bank operatsiyalari
2 5


qonun hujjatlarida belgilangan shaklda rasmiylashtirilgan elektron hujjatlar asosida 
amalga oshirilishi mumkin. Elektron hujjatlar pul hisob-kitob hujjatlaming asl 
nusxasida belgilangan barcha rekvizitlarga ega bo’lishi shart.
Elektron hujjatlar mas'ul shaxslar imzolari o ’mini bosuvchi - elektron raqamli 
imzo bilan tasdiqlangan bo’lishi lozim. Elektron hujjatlami qabul qilish va qayta 
ishlash jarayonida ulaming biror ko’rsatkichlarini o ’zgartirishga yo’l qo’yilmaydi. 
Elektron hujjatlar asosida hisob-kitob operatsiyasi amalga oshirilayotganda pul hisob- 
kitob hujjatining asl nusxasi bankka taqdim qilinmaydi. Elektron hujjatdagi barcha 
m a’lumotlaming to ’g’riligiga mijoz javobgar hisoblanadi.
Pul hisob-kitob hujjatlari bank tomonidan ijro uchun qabul qilinadi:
a) yuridik shaxslardan - asl nusxada imzo namunalari varaqchasida ko’rsatilgan 
imzolar namunasi v a asosiy muhming iziga muvofiq mansabdor shaxslaming imzosi 
hamda asosiy m uhri izi mavjud bo’lganda;
b) yuridik shaxs tashkil qilmasdan turib dehqon xo’jaligi va yakka tartibdagi 
tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchilardan - varaqchada ko’rsatilgan imzolar 
namunasidan bittasi va asosiy muhming izi mavjud bo’lganda. Agar bankka taqdim 
qilingan imzolar namunasi va muhr izi qo’yilgan varaqchada ulaming asosiy muhri 
bo’lmagan hollarda, dehqon xo’jaligi va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan 
taqdim qilingan pul hisob-kitob hujjatlari muhr izisiz qabul qilishga ruxsat beriladi.
Imzolar o ’z egasining qo’li bilan qo’yilishi shart. Barcha pul hisob-kitob 
hujjatlarida imzo izi tushirilgan faksimilni qo’yish taqiqlanadi. Banklarda naqd pulsiz 
hisob-kitoblar bilan bog’iq to ’lov hujjatlari "O’zbekiston Respublikasida naqd pulsiz 
hisob-kitoblar to ’g ’risidagi nizom" 
hamda naqd pul bilan bog’iq operatsiyalari 
bo’yicha to ’lov hujjatlari "Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, inkassatsiya va 
qimmatliklami tashishga doir yo’riqnoma"da belgilangan blanka shakllaridagi 
rekvizitlar bo’yicha to ’liq va to ’g’ri to ’ldirib, rasmiylashtirilgan bo’lishi shart.
Bank kassasidan naqd pul olish uchun foydalaniladigan naqd pul cheklari bir xil 
rangli siyohli yoki sharikli ruchka bilan qo’lda to ’ldirilgan bo’lishi shart. hujjatning 
to ’ldirilmagan qismlarga ikkita parallel chiziq tortilishi lozim. Hisobvaraq egasining 
nomi, uning hisobvarag’i raqami va bank nomi cheklarda hamda e'lonlarda burchak 
shtamplar bilan k o ’rsatilishi mumkin. Bankda beriladigan naqd pul hujjatlarida so’z 
bilan yoziladigan summa satming boshidan katta h arf bilan boshlanishi shart. 
"Summa raqam bilan" hamda "Summa so’z bilan" chek vizitlaridagi summadan oldin 
va keyin qolgan bo’sh joylarga uchlari diagonal chiziq bilan birlashtirilgan ikki 
parallel chiziq tortib qo’yiladi.
Naqd pul chekining old tomonida albatta, naqd pul olish uchun korxona 
tomonidan ishonchnoma berilgan shaxsning ismi, sharifi yoziladi. hisobvaraq egasi 
naqd pul cheklarining orqa tomonida xarajatlaming maqsadini ko’rsatishi shart, 
ushbu ma'lumotlar chek beruvchining imzolari bilan tasdiqlanadi va pul oluvchining 
pasporti yoki uning o ’mini bosuvchi hujjat ma'lumotlari ko’rsatiladi.
Bu m a'lum otlar oluvchilaming o’zlari tomonidan to ’ldirilishi shart. Naqd pul 
berilishi uchun asos bo’ladigan pul cheklari va chiqim kassa orderlari oluvchilaming 
imzolari bilan tasdiqlanadi.
Naqd pul cheki bo’yicha mablag’ chekda shaxsi ko’rsatilgan shaxsga to ’lanadi. 
Chek bo’yicha pul olish huquqi boshqa shaxsga topshirilishi man etiladi. Ikkinchi


imzo huquqi bilan chekni imzolagan tashkilot bosh buxgalteri yoki bosh buxgalter 
vazifasini bajaruvchi xodim nomiga yozilgan chek bo’yicha pul to’lanishiga yo’l 
qo’yilmaydi. 
Faqat 
harbiy 
qismlar, 
harbiy 
tashkilotlar, 
markazlashtirilgan 
buxgalteriyalar xizmatidan foydalanmaydigan o’z-o’zini boshqarish organlarining, 
shuningdek pul olishiga ruxsat etiladigan boshqa shaxs shtatida bo’lmagan 
tashkilotlar hisobvaraqlariga doir cheklar bundan mustasno. Bu holat hisobvaraq 
egasi imzolar namunasi varaqchasida qayd etgan tegishli yozuv bilan tasdiqlangan 
bo’lishi lozim.
Bank rahbari, ayrim hollarda, chek bo’yicha qisman pul to ’lashga va pul oluvchi 
shaxsga ushbu chek bo’yicha unga amalda berilgan pul summasi to ’g’risida 
ma'lumotnoma berishga ruxsat etishi mumkin. Ma'lumotnomaga bank rahbari va bosh 
buxgalteri imzolari qo’yilib, bank muhri bosiladi. Pul oluvchidan olingan pul 
summasi to ’g ’risida chekning orqa tomoniga tilxat yozdirib olinadi. Ushbu chek 
bo’yicha boshqa naqd pul olishga ruxsat berilmaydi va unga qisman to’langani 
haqidagi ma'lumotnomaning nusxasi ilova qilinib, shu kunning kassa hujjatlariga 
qo’shib tikiladi.
"O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining kassa ijrosi to’g ’risidagi 
yo’riqnoma" ga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar 
vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat bojxona 
qo’mitasi va ularga qarashli muassasalaming to’lov topshiriqnomalari va cheklarida 
to ’lovlar maqsadi ko’rsatilishi talab qilinmaydi.
Bank operatsiyasini o’tkazish uchun asos bo’ladigan pul hisob-kitob 
hujjatlarida, ulami to’g ’ri rasmiylashtirganligi va tekshirilganligini bildiruvchi bank 
mansabdor shaxslarining imzolari bo’lishi lozim. 
Bajarilgan operatsiyalami 
isbotlovchi hujjatlar sifatida bankda saqlanadigan hujjat nusxalari hamda 
hisobvaraqlardan olinib, ulaming egalariga yuboriladigan ko’chirmalarga ilova 
qilinadigan nusxalar ham ushbu bank xodimlarining imzolari bilan rasmiylishtiriladi.
Pul hisob-kitob hujjatlariga imzo chekish huquqi berilgan mansabdor shaxslar 
imzolarining namunalari maxsus blankalarda beriladi. Bu namunalar bank 
rahbarining imzo chekish huquqini berish to ’g ’risidagi farmoyishi hisoblanadi, ularga 
bank rahbari va bosh buxgalteri imzo chekadi. Maxsus blankalar shakli bank 
tomonidan mustaqil belgilanadi. Ayrim buxgalteriya xodimlari boshqalari bilan 
almashtiriladigan hollarda yangi xodimlar imzolarining namunalari alohida 
blankalarda beriladi. Bank mansabdor shaxslari imzolarining bekor qilingan va 
o ’zgartirilgan namunalarini ulaming ustidan chizish yo’li bilan o ’chiriladi. 
Belgilangan hollarda pul hisob-kitob hujjatlariga jo ’natma kaliti ham qo’shilib, gerbli 
muhr yoki bank kassasining muhri yoxud bank kechki kassasi apparati qo’yadigan 
shtamp bosiladi.
Pul va qimmatliklami qabul qilish hamda berish bilan bog’iq hujjatlar, shu 
jumladan, pul va qimmatliklar qabul qilingani to’g ’risidagi kvitantsiyalarda yuqorida 
qayd etilgan imzolardan tashqari pul va qimmatliklami qabul qilgan yoki bergan 
kassiming imzosi ham bo’lishi shart. Kirim kassa orderlariga hamda pul va 
qimmatliklami qabul qilish kvitantsiyalariga imzo chekish huquqi berilgan kassa 
xodimlarining familiyalari, ulaming imzo namunalari bank rahbari tomonidan 
chiqarilgan maxsus blankalarda ko’rsatiladi.


Bosh buxgalter imzolaming tegishli namunalari o’z vaqtida kassaga, 
buxgalteriya xodimlariga va nazoratchi xodimlarga berilib, bu haqda ulardan tilxat 
olinishini ta'minlashi shart. Bundan tashqari, bosh buxgalter imzo chekish huquqi 
bekor qilingan shaxslar imzolarining namunalaridan foydalanuvchi mansabdor 
shaxslar qo’lidagi ro ’yxatlardan o ’z vaqtida o ’chirilishini ham kuzatib borishi shart.
Bankning ichki operatsiyalari bank xodimlari tomonidan normativ-huquqiy 
hujjatlar talablariga muvofiq o ’matilgan shakllarda rasmiylashtiriladigan hujjatlar 
bo’yicha amalga oshiriladi. Bunga, xususan, memorial orderlar, kirim va chiqim 
kassa orderlari, ko’zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari bo’yicha memorial orderlar, 
kredit bo’limi hamda bankning alohida operatsiyalari bo’yicha tayinlangan mutasaddi 
xodimining farmoyishlari va boshqalar kiradi.
Bank to ’lovchi bo’lib ishtirok etgan va memorial orderlar ishlatilgan hollarda, 
ular bank rahbarining va bosh buxgalteming imzolari bilan tasdiqlanadi, boshqa 
holatlarda memorial orderlar ushbu bank hisobvarag’ini olib boruvchi buxgalter va 
bosh buxgalteming imzosi bilan tasdiqlanadi. Muddatida to’lanmagan pul hisob-kitob 
hujjatlari (2-kartotekaga kirim qilingan to ’lov talabnomalari, to’lov topshiriqnomalari 
va inkasso topshiriqnomalari)ni qisman to ’lash maqsadida tuzilgan memorial 
orderlarda operatsiya mazmunini bildiradigan matn o ’miga uning shartli belgisi - "1" 
va "2" raqamlari hamda to’lov talabnomasi yoki topshiriqnomasining tegishli raqami 
va sana ko’rsatilishi shart.
Bank tuzgan hujjatlarda ulaming raqamlari qayd etiladi. E'lonlar, shuningdek 
ulaming kvitantsiya raqamlarining tartibi bank bosh buxgalteri tomonidan 
belgilanadi. Pul qabul qilinganligi to ’g ’risida to ’lovchiga kvitantsiya beriladigan 
hollarda bank xodimi pul qo’yuvchiga berilgan kvitantsiya raqamining oxirgi uch 
raqamini e'longa yozib qo’yadi. E'lonlar kompyuter texnikasi yordamida tuzilishi 
mumkin. Texnik imkoniyati mavjud bo’lmagan banklarda esa e'lonlar qo’lda yozib 
to ’ldiriladi. Bunda, naqd pul qabul qilingani to ’g’risidagi kvitantsiyalar faqat siyohli 
yoki sharikli ruchka bilan qo’lda to ’ldirilishi shart. Faqat blankalar komplektiga 
kiradigan, bir vaqtning o’zida qora qog’oz bilan to ’ldiriladigan kvitantsiyalar bundan 
mustasno.
Bank tomonidan beradigan kvitantsiyalarda so’z bilan yoziladigan summa 
satming boshidan katta harf bilan boshlanishi shart. "Summa raqam bilan" 
rekvizitidagi summadan oldin va keyin qolgan bo’sh joyga ikki parallel to ’g’ri chiziq 
tortib qo’yiladi. Pul omborida saqlanayotgan qimmatliklar va hujjatlami kirim qilish 
va hisobdan chiqarishga doir kirim-chiqim orderlarida yakuniy summalar so ’z bilan 
qayta yoziladi.
Kirim va chiqim kassa jum allari kompyuter texnikasi yordamida tuziladi. Unda 
sana, mijozning hisobvaraq raqami, kirim va chiqim hujjatining raqami, hisobot 
ramzi hamda uning summasi ko’rsatilishi lozim. Shuningdek, ushbu kassa jumallari 
kirim va chiqim hujjatlarini dastlabki nazoratdan o ’tkazgan mas'ul ijrochi va 
kassiming imzolari bilan tasdiqlanishi shart.
Bank kunlik operatsiyalar yig’majildiga tikish va saqlash uchun chiqariladigan 
elektron to ’lov hujjatlarining ro’yxati hamda mijozlar tomonidan taqdim qilingan pul 
hisob-kitob hujjatlarining asl nusxalari bankning mas'ul xodimlari imzosi va bank 
shtampi bilan tasdiqlanadi.


Buxgalteriya hisobining yuritilishi, buxgalteriya ishining to’g ’ri tashkil etilishi 
va nazoratning aniq olib borilishi bankning o’z vazifalarini to’g ’ri bajarishini, mavjud 
va bo’lg’usi investorlar, kreditorlar, hukumat muassasalari, vazirliklar, idoralar, 
jamoatchilik va boshqa manfaatdor foydalanuvchilar, shuningdek, bank rahbariyati 
va xodimlari uchun bank faoliyatiga haqqoniy baho berish imkonini yaratadigan aniq 
va foydali axborot olishni ta'minlaydi.
Banklarda buxgalteriya hisobi ishlarini yuritish va buxgalteriya apparatini 
tashkil qilish tamoyillari, mijozlarga xizmat k o ’rsatish hamda hujjatlar aylanmasini 
yo’lga qo’yish usullari to ’g’risida ko’rsatmalar berilgan, bank operatsiyalari hisobini 
yuritish va ulami nazorat qilish qoidalari hamda bajarilgan bank operatsiyalarining 
qonuniyligi bo’yicha javobgarlik belgilangan. Shuningdek, quyidagilarni ta'minlash 
maqsad qilib qo’yilgan:
-
hisob-kitob, kassa, valyuta, kredit hamda boshqa bank operatsiyalarini to ’g ’ri 
bajarish hamda ulami buxgalteriya hisobi va hisobotida o ’z vaqtida va aniq aks 
ettirish;
bank aktivlari, majburiyatlari, daromadlari va xarajatlari hamda kapitali holati va 
ulardagi o’zgarishlar to’g’risida ishonchli ma'lumotlar to’plash; 
bankning moliyaviy holati, moliyaviy holatidagi o ’zgarishlar va moliyaviy 
natijalari to’g ’risidagi va bank rahbariyati faoliyatiga baho beruvchi moliyaviy 
hisobotlami tuzish uchun xizmat qiluvchi axborotlar tizimini yaratish;
-
bank ish kuni tartibiga qat'iy rioya qilish, mijozlarga tez va aniq xizmat 
ko’rsatish;
-
hisob-kitoblardagi mablag’lar aylanishini tezlashtirish;
bankdan chiqayotgan hujjatlami tegishli tarzda rasmiylashtirish va buning 
natijasida ulardan foydalanishni osonlashtirish, shuningdek, boshqa banklarda 
ushbu hujjatlar bilan operatsiyalar bajarilishini hamda ular tomonidan xizmat 
ko’rsatuvchi 
mijozlaming operatsiyalari hisobini 
yuritishni 
belgilangan 
talablarga muvofiqlashtirishni tashkil etish;
-
bankdagi pul mablag’lari, moddiy qimmatliklar, shuningdek, qat'iy hisobda 
turuvchi blankalar kamomadi yoki ortiqchaligiga yo’l qo’ymaslik hamda 
belgilangan tartibda ulaming saqlanishini tashkil etish;
operatsiyalaming qonuniyligi hamda to ’g ’riligini doimiy ichki nazorat va 
auditdan o’tkazish, ulaming natijalari bo’yicha ma'lumotnomalar tuzish va 
rasmiylashtirish imkoniyatini yaratish;
zamonaviy kompyuter texnikasi vositalaridan foydalangan 
holda bank 
operatsiyalari hisobini dasturiy amalga oshirish, hisob ishlarini yuritish hamda 
hisobotlar tuzishda mehnat va mablag’ sarfini qisqartirish.
Amalga oshirilgan operatsiyalami amalga oshirish, rasmiylashtirish, hisobini 
yuritish va nazorat qilish to’g ’risidagi talablari barcha banklar uchun majburiydir.
Banklar belgilangan asosiy qoidalar doirasida o’zlarining ish xususiyatlarini 
hisobga olgan holda ichki buxgalteriya hujjatlapini yuritish tartibini belgilashlari 
mumkin.


Bank xodimlari buxgalteriya hisobida aks ettirilgan bank siriga oid 
ma'lumotlarni O ’zbekiston Respublikasining "Bank siri to’g ’risida"gi qonuni 
talablariga qat'iy amal qilgan holda sir saqlashlari lozim.
Buxgalteriya hisobining yuritilishi, buxgalteriya ishining to’g ’ri tashkil etilishi 
va nazorat qilish maqsadi quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
-
bank amaliyot kuni - bank ish kunining bir qismi bo’lib, bankka kelib tushgan 
barcha pul hisob-kitob hujjatlarini qabul qilish, rasmiylashtirish va buxgalteriya 
hisobi hisobvaraqlarida aks ettirish uchun ajratilgan vaqt;
-
bank buxgalteriya apparati - pul hisob-kitob hujjatlarini rasmiylashtirish, bank 
operatsiyalarini ichki nazoratdan o ’tkazish hamda ulami hisob registrlarida qayd 
etish bilan shug’ullanuvchi xodimlar guruhi;
-
bank ish kuni - qonun hujjatlari bilan belgilangan kun ichida o ’matilgan ish 
vaqti;
bank operatsiyalari ichki nazorati - bank rahbariyati va barcha bank xodimlari 
tomonidan kunlik bank operatsiyalarini amalga oshirish jarayonida ulaming 
qonunchilikka mosligi, samaradorligi, yuqori malakada bajarilishi va moliyaviy 
hisobotlaming ishonchliligini ta'minlash tizimi.
Ichki nazorat ma'lum yoki aniq vaqt mobaynida amal qilinishi lozim bo’lgan 
tartib yoki qoida bo’lmasdan, balki u bankning barcha bo’g ’inlarida kunlik bank 
operatsiyalaming boshlanishidan tortib tugagunga qadar doimiy yuritiladigan bank 
faoliyatining ajralmas qismidir.
Ichki nazorat o ’z navbatida dastlabki nazorat, joriy nazorat va yakuniy nazoratga 
bo’linadi;
bosh kitob 
- hisobvaraqlar rejasidagi ikkinchi tartibli 
hisobvaraqlari 
qoldiqlarining ro’yxati;
buxgalteriya hisobi registrlari - ikkiyoqlama yozuv usulida operatsiyalar qayd 
etiladigan jum allar, qaydnomalar, daftarlar va tasdiqlangan blanklar;
Bek-ofis - bankning tarkibiy qismi bo’lib, Front-ofis tomonidan dastlabki 
nazoratdan o’tgan va ijro uchun taqdim qilingan operatsiyalami joriy nazoratdan 
o’tkazish va bank operatsiyalarini amalga oshiruvchi buxgalterlar guru?i.
Bek-ofisning asosiy vazifasi Front-ofis tomonidan dastlabki nazoratdan 
o’tkazilib, ma'qullangan barcha bank operatsiyalami qaytadan joriy nazoratdan 
o’tkazib, ulami ikkiyoqlama yozuv yordamida buxgalteriya registrlarida qayd etish 
va tegishli hisobotlar tayyorlashdan iborat.
Bek-ofis mijozlar bilan 
bevosita muloqotda bo’lmaydi. 
U, 
mijozlar 
operatsiyalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish bo’yicha Front-ofis bilan, bankning 
ichki moliyaviy-xo’jalik operatsiyalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish bo’yicha 
bank ma'muriyati bilan aloqada bo’ladi.
Bek-ofisga Bek-ofis boshlig’i rahbarlik qiladi va u o ’z navbatida bank rahbariga 
bo’ysunadi;
dastlabki nazorat - Front-ofis yoki mas'ul ijrochi buxgalter tomonidan 
operatsiyalami bajarmasdan oldin ulaming qonunchilikka mos ekanligini aniqlash 
bo’yicha amalga oshiriladigan nazorat;


yordamchi 
kitob 

bosh 
kitob 
hisobvaraqlariga ochiladigan 
shaxsiy 
hisobvaraqlar, shuningdek alohida mablag’lar turi va qimmatliklar bo’yicha 
yuritiladigan kartochka, kitob yoki jumallar;
joriy nazorat - Bek-ofis yoki nazoratchi buxgalter tomonidan Front-ofis yoki 
mas'ul ijrochi buxgalter ma'qullagan barcha bank operatsiyalarining qonunchilikka 
mosligini aniqlash maqsadida qaytadan amalga oshiriladigan nazorat. Joriy nazorat 
pul hisob-kitob hujjatlarining asl va elektron nusxalarining bir-biriga mosligini 
tekshirishni ham o ’z ichiga oladi;
mas'ul ijrochi buxgalter - mijozlaming pul hisob-kitob hujjatlarini to’g’ri 
rasmiylashtirilganligi va bank operatsiyalarining qonuniyligini dastlabki nazoratdan 
o’tkazib, ulami buxgalteriya hisobida aks ettirishga tayyorlovchi buxgalter;
minibank - bank filiali binosidan tashqarida, lekin o ’zi joylashgan viloyat-shahar 
hududida joylashgan va O ’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining tegishli 
normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiq faoliyat yurituvchi bank filialining tarkibiy 
tuzilmasi;
nazoratchi buxgalter - mas'ul ijrochi buxgalter tomonidan dastlabki nazoratdan 
o ’tkazilgan barcha bank operatsiyalarini joriy nazoratdan o ’tkazib amalga oshiruvchi 
buxgalter;
Front-ofis - bankning tarkibiy qismi bo’lib, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan 
bank operatsiyalarini amalga oshirishda bank mijozlari bilan bevosita muloqotda 
bo’lgan holda ularga barcha bank xizmatlari ko’rsatuvchi xodimlar guru?i. Ushbu 
guruhga Front-ofis boshlig’i rahbarlik qiladi.
Front-ofisning asosiy vazifasi mijozlar topshirig’i hamda bank ichki faoliyati 
bo’yicha amalga oshirilishi lozim bo’lgan operatsiyalaming qonunchilikka mos 
ekanligini aniqlash va ulami buxgalteriya hisobida aks ettirishga tayyorlashdan 
iborat;
yakuniy nazorat - amaliyot kun tugagandan so’ng, keyingi bank ish kunidan 
kechikmagan holda Front-ofis yoki mas'ul ijrochi buxgalter va Bek-ofis yoki 
nazoratchi 
buxgalter 
tomonidan 
bajarilgan 
barcha bank operatsiyalarining 
qonunchilik ka mosligi va maqsadga muvofiqligini tasdiqlash maqsadida amalga 
oshiriladigan nazorat;
Yakuniy nazorat bank Boshqaruvi tashkil qilgan Yakuniy nazorat xizmati 
tomonidan amalga oshiriladi va u, faqat bank Boshqaruviga bo’ysunadi.
Yakuniy nazorat xizmati buxgalteriya apparati bir butun yaxlit bo’lgan 
banklarda buxgalteriya apparati ichida, Front-ofis va Bek-ofisga bo’lingan banklarda 
esa Bek-ofisi tarkibida alohida bo’lim sifatida tashkil qilinadi.
Banklarda buxgalteriya operatsiyalari 3 usulda: dastlabki nazorat, joriy nazorat 
va yakuniy nazoratdan o ’tkaziladi.
Dastlabki nazorat Front-ofis xodimlari (agar, bank tarkibiy tuzilmasi Front-ofis 
va Bek-ofisga bo’lingan bo’lsa) yoki mas'ul ijrochi buxgalter 
tomonidan 
operatsiyalami bajarmasdan oldin ulaming samaradorligini, bankning ichki siyosatiga 
hamda amaldagi qonunchilikka mos ekanligini ta'minlash maqsadida amalga 
oshiriladi. Agar, operatsiyalar xorijiy valyutada xalqaro shartnomalar asosida amalga 
oshirilsa, shartnoma shartlariga rioya qilinishi lozim.


Mijozlardan pul hisob-kitob hujjatlarini qabul qilishda, ulaming O ’zbekiston 
Respublikasi 
Markaziy 
bankning normativ-huquqiy 
hujjatlarida belgilangan 
shakldagi blankda yozilib to ’g ’ri rasmiylashtirilganligi, barcha rekvizitlar to’liq va 
to ’g ’ri to’ldirilganligi, ushbu pul hisob-kitob hujjatlarida bo’yash, chizish va 
tuzatishga yo’l qo’yilmaganligi, shu jum ladan hisobvaraqni tasarruf etuvchilaming 
imzolari va muhr izi taqdim etilgan namunalarga mos kelishi tekshiriladi.
Agar, mijoz taqdim qilgan pul hisob-kitob hujjatlarida belgilangan talablarga zid 
kamchilik va nuqsonlar aniqlansa, to’lov hujjatlari mijozga ijroga qabul qilinmasdan 
qaytarilishi lozim. Summasi, mijozlar nomi va ulaming hisobvaraqlari raqami 
o ’zgartirilgan to ’lov hujjatlari, hatto mijozlar tomonidan o ’zaro kelishilgan tartibda 
tuzatish kiritilgan b o ’lsa ham ijro uchun qabul qilinmaydi.
To’lov talabnomalari sana bank qabul qilgan sanaga mos tushadigan reestri bor 
bo’lgan holatda inkassaga qabul qilinadi. Agarda bank hisobvarag’i shartnomasida 
boshqacha tartib k o ’zda tutilmagan bo’lsa, to ’lov topshiriqnomasi bank tomonidan 
mijozning talab qilib olguncha depozit hisobvarag’ida to ’lov uchun etarli mablag’lar 
mavjud 
bo’lgandagina qabul 
qilinadi. 
Byudjetga 
va byudjetdan tashqari 
jam g ’armalarga to ’lovlar bo’yicha taqdim qilingan to ’lov topshiriqnomalari 
mijozning hisobvarag’ida to ’lov uchun etarli mablag’lar mavjud bo’lmaganda 2-son 
kartotekaga kirim qilinadi va quyidagicha buxgalteriya utkazmasi bilan bosh kitobda 
aks ettiriladi:
Debet 90963-uz vaqtida tulanmagan hisob-kitob hujjatlari
Kredit 96321 kontr hisob varag’i
To’lov topshiriqnomalari va naqd pulni qo’yish uchun foydalaniladigan 
e'lonlaming sanasi uni bankka taqdim etilgan sana bilan bir xil bo’lishi kerak, aks 
holda ular ijro uchun qabul qilinmaydi. Mas'ul ijrochi buxgalter yoki Front-ofis 
xodimi to ’lov hujjati nusxalarini imzolashdan oldin, ulami solishtirib, o ’zaro bir 
xilligiga ishonch hosil qilishi lozim. Shundan so’ng, ijro etish sana ko’rsatilgan holda 
mas'ul xodim imzosi bilan tasdiqlangan va unga biriktirilgan bank shtampi qo’yilgan 
hujjatning oxirgi nusxasi mijozga qaytariladi. Ushbu nusxa hujjatlar ijro uchun qabul 
qilinganini tasdiqlovchi tilxat vazifasini bajaradi.
Naqd pulni berishda ishlatiladigan cheklar to ’ldirilgan kundan boshlab, 10 
kalendar kun davomida bank tomonidan qabul qilinadi. Mas'ul xodim qabul qilingan 
naqd pul chekining sanani, chekni topshirgan xo’jalik sub'ektining nomini va 
hisobvaraq raqamini, olinadigan mablag’ning raqam va so’z bilan yozilgan 
summasini tekshiradi, chekdagi imzolar va muhr izini o ’zidagi imzo namunalari bilan 
solishtiradi. 
Shuningdek, 
naqd 
pul 
cheklarini 
belgilangan 
tartibda 
rasmiylashtirilganligini tekshirib chiqadi.
Front-ofis xodimi yoki mas'ul ijrochi buxgalter mijozlardan qabul qilingan 
barcha pul hisob-kitob hujjatlarining asl nusxalariga asosan ma'lumotlarni dasturga 
kiritadi va to ’lov hujjatlarini imzolab, elektron to ’lov tizimi orqali ulami joriy 
nazoratdan o ’tkazish uchun Bek-ofis yoki nazoratchi buxgalterga yuboradi.
Bek-ofis xodimi yoki nazoratchi buxgalter bank ichki hujjat aylanish tartibiga 
asosan Front-ofis yoki mas'ul ijrochi buxgalterdan kelib tushgan pul hisob-kitob 
hujjatlarining asl va elektron nusxalarini qabul qilgandan keyin joriy nazoratni 
amalga oshiradi.


Joriy nazoratda dastlabki nazoratdan o’tkazilgan to’lov hujjatlarining to’g ’ri 
rasmiylashtirilganligi va ulaming elektron nusxalarining to’g’ri rasmiylashtirilganligi 
qaytadan tekshiriladi hamda ulardagi imzolar va muhr izini o’zlarida mavjud imzolar 
va muhr izi namunalari bilan solishtiriladi. To’lov hujjatlarining asl nusxasida Front- 
ofis xodimi yoki mas'ul ijrochi buxgalteming imzolari va shtampi borligini hamda 
ulami o ’zida mavjud bo’lgan imzo namunalariga mos kelishini tekshiradi. 
Shuningdek, Front-ofis xodimi yoki mas'ul ijrochi buxgalteri pul hisob-kitob 
hujjatlarida bo’yash, chizish va tuzatishga yo’l qo’yilmaganligiga ishonch hosil 
qilishi lozim.
Bek-ofis xodimi yoki nazoratchi buxgalter naqd pul cheki va e'lonnomani 
o’matilgan tartibda tekshirib, ulami imzolab Front-ofis xodimi yoki mas'ul ijrochi 
buxgalterga qaytaradi. Bek-ofis xodimi yoki nazoratchi buxgalter tomonidan 
bankning ichki moliya-xo’jalik operatsiyalari bo’yicha kelib tushgan to ’lov 
hujjatlarining asl va elektron nusxalari hamda ushbu operatsiyalami amalga oshirish 
uchun asos bo’lgan bank tegishli bo’linmalarining Xizmat farmoyishlarining 
nusxalari to’g ’ri rasmiylashtirilganligi, xato va kamchiliklar yo’qligi tekshiriladi.
Pul hisob-kitob hujjatlarining asl nusxalari yoki ulaming elektron faylida xato va 
kamchiliklar aniqlanganda, Bek-ofis xodimi yoki nazoratchi buxgalter to ’lov 
hujjatining asl nusxasiga imzo chekmasdan ulaming xato va kamchiliklarini 
ko’rsatgan holda Front-ofis yoki mas'ul ijrochi buxgalterga ijrosiz qaytaradi.
Bek-ofis xodimi yoki nazoratchi buxgalter tomonidan joriy nazorat natijalari 
ijobiy bo’lgan taqdirda, u to’lov hujjatining asl nusxasiga imzo chekadi va uni Bek- 
ofis boshlig’iga yoki bosh buxgalterga tasdiqlash uchun jo ’natadi. Bek-ofis boshlig’i 
yoki bosh buxgalter belgilangan tartibda rasmiylashtirilib, dastlabki va joriy 
nazoratdan o’tgan pul hisob-kitob hujjatlarining asl va elektron nusxalarini qabul 
qilib oladi va ushbu to ’lov hujjatlarida qonunchilik hamda bankning ichki siyosatida 
o ’matilgan talablarga rioya qilinishi bo’yicha umumiy nazoratni amalga oshiradi.
Bek-ofis boshlig’i yoki Bosh buxgalter barcha pul hisob-kitob hujjatlarining asl 
va elektron nusxalariga o’matilgan tartibda imzo chekib, tasdiqlaydi va buxgalteriya 
o ’tkazmalarini amalga oshiradi. Bank rahbari buyrug’i bilan to’lovlami tasdiqlash 
boshqa bank xodimiga topshirilishi mumkin.
Banklarda amaliyot kuni yakunlangandan so’ng, kunlik operatsiya hujjatlari 
o ’matilgan tartibda tikilib va rasmiylashtirilib yakuniy nazoratdan o’tkazish uchun 
yakuniy nazorat xizmati xodimlariga topshiriladi va ularga elektron ma'lumotlar 
bazasiga kirish uchun ruxsat beriladi.
Yakuniy nazorat xizmati tomonidan keyingi bank ish kunidan kechikmagan 
holda elektron ma'lumotlar bazasiga kirib, bankda amalga oshirilgan barcha 
operatsiyalar Bosh va yordamchi kitoblardagi amal qilib turgan shaxsiy 
hisobvaraqlarda to ’g ’ri aks ettirilganligini pul hisob-kitob hujjatlarining asl nusxalari 
bilan solishtirib tekshirishdan o ’tkazilishi shart. Tekshirish natijalari dasturiy 
bayonnoma bilan rasmiylashtirilishi va kunlik yi?majildga tikilishi shart.
Kunlik chop etilib, yig’majildga tikilgan balans ma'lumotlari bilan uning 
elektron balans ma'lumotlari bir-biriga mos kelmagan holda, zudlik bilan 
rahbariyatga ma'lumot beriladi va shu kunning o ’zida uning sabablari to ’g’risida Bek- 
ofis boshlig’i yoki bosh buxgalter va xavfsizlik va axborotni muhofaza qilish xizmati


xodimlari ishtirokida dalolatnoma tuziladi. Bundan tashqari, yakuniy nazorat xodim 
bank operatsiyalarini bajarish uchun asos bo’lgan barcha hujjatlami talab qilishga va 
ular asosida operatsiyalar qanchalik darajada to’g’ri va maqsadga muvofiq 
bajarilganligi bo’yicha bank rahbariyatiga xulosa berishi mumkin.

Yüklə 29,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin