T o sh k e n t d a V l a t iqtiso diyo t u niversiteti f. T. A b d u V a X id o V, Z. A. Um arov, K. N. D ju ra y ev


 Inkasso topshiriqnomalari bilan hisob-kitoblar



Yüklə 29,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/108
tarix14.12.2023
ölçüsü29,58 Kb.
#178720
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   108
Banklarda buxgalteriya hisobi Abduvaxidov 2010 @iqtisodchi kutubxonasi (1)

3.6. Inkasso topshiriqnomalari bilan hisob-kitoblar
Inkasso topshiriqnomasi - ushbu topshiriqnomani bergan bank mijozining bank- 
emitentga to'lovchining hisobvarag'idan so'zsiz tartibda mablag'lam i hisobdan 
chiqarish to'g'risidagi talabidir, яъни мижознинг ҳисоб рақамига инкассо 
топшириқномаси 
кўйилганида мижознинг (акцепти)розилигисиз тўловни 
амалга оширилади. Inkasso topshiriqnomalari bo'yicha to'lovlam i undirib olish 
huquqiga ega tashkilotlarga quyidagilar: soliq organlari, bojxona organlari, sud 
ijrochilari va undiruvchilari hamda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi kiradi.


Ijro hujjatlari asosida qo'yilgan pul vositalarini undirish bo'yicha inkasso 
topshiriqnomalari bank tomonidan ijro hujjatining asl nusxasi yoki uning dublikati 
ilova qilingan holda qabul qilinadi. Undirib olishni vaqtincha yoki to'liq to'xtatib 
qo'yish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi va undirib olish 
to'xtatilgan hujjat inkasso talabnomasini qo'ygan shaxsga qaytarilishi shart.
Inkasso topshiriqnomasi bankka taqdim qilinganda, agar to'lovchi va mablag' 
oluvchiga bitta bankda xizmat ko'rsatilganda - to 'rtta nusxada tuzilib, birinchi, 
ikkinchi va uchinchi nusxalari ijro uchun bankda qoldirilishi, to'rtinchi nusxa qabul 
qilish sanasini ko'rsatgan holda buxgalter tomonidan imzolanib va unga biriktirilgan 
bankning muhri bilan tasdiqlanib mablag' oluvchiga qaytarilishi lozim. Agar bir 
shahar ichida hisob-kitoblar qilishda inkasso topshiriqnomalari bevosita to'lovchining 
bankiga uch nusxada taqdim qilinishi mumkin, bunda, birinchi va ikkinchi nusxalar 
ijro xujjatlari ilova qilingan holda ijro uchun bankda qoldirilishi va uchinchi nusxa 
qabul qilish sanasini ko'rsatgan holda buxgalter tomonidan imzolanib va unga 
biriktirilgan bankning muhri bilan tasdiqlanib mablag' oluvchiga qaytariladi. 
Maboda, boshqa shaharlar bilan hisob-kitoblar qilishda inkasso topshiriqnomalari 
faqat xizmat ko'rsatuvchi bankka uch nusxada taqdim qilinadi, bunda, birinchi va 
ikkinchi nusxalari ijro hujjatlari bilan birga pochta orqali to'lovchining bankiga 
buxgalteming imzosi qo'yilib va unga biriktirilgan bankning muhri bilan tasdiqlanib
hujjatlami qabul qilish sanasi ko'rsatilgan holda jo'natilishi hamda uchinchi nusxa 
qabul qilish sanasini ko'rsatgan holda buxgalter tomonidan imzolanib, unga 
biriktirilgan bankning muhri bilan tasdiqlangan holda mablag' oluvchiga qaytariladi.
To'lovchining bankida inkasso talabnomalarini bajarish quyidagi tartibda 
bajariladi: agar to'lovchi va mablag' oluvchiga bitta bankda xizmat ko'rsatilsa, unda, 
inkasso topshiriqnomasining birinchi nusxasi bankning kunlik xujjatlar yig'masiga, 
ikkinchi nusxasi ijro hujjatlari ilova qilingan holda shaxsiy hisobvarag'idan 
ko'chirm a bilan birga to'lovchiga, uchinchi nusxasi shaxsiy hisobvarag'idan 
ko'chirm a bilan birgalikda mablag' oluvchiga qaytariladi. Agar inkasso talabnomalari 
bir shahar ichidagi hisob-kitoblar bo'lsa, birinchi nusxasi bankning kunlik hujjatlar 
yig'm asiga tikish uchun, ikkinchi nusxasi ijro xujjatlari ilova qilingan holda shaxsiy 
hisobvarag'idan ko'chirm a bilan birga to'lovchiga berilishi lozim. Aksariya hollarda 
boshqa shaharlar bilan hisob-kitoblarda, birinchi nusxasi bankning kunlik xujjatlar 
yig'm asiga, 
ikkinchi nusxasi 
ijro hujjatlari 
ilova qilingan holda shaxsiy 
hisobvarag'idan ko'chirm a bilan birga to'lovchiga beriladi. Shuningdek, bir shahar 
ichidagi yoki boshqa shaharlar bilan hisob-kitoblarda to'langan elektron to'lov 
tizimida qabul qilingan elektron inkasso topshiriqnomasi mablag' oluvchining 
bankida ikki nusxada qog'ozga chiqarilib, birinchi nusxasi bankning kunlik hujjatlar 
yig'm asiga tikilishi, boshqa nusxasi mablag' oluvchining shaxsiy hisobvarag'idan 
ko'chirm aga ilova qilinishi lozim. Agar to'lovchining hisobvarag'ida mablag' 
bo'lmaganda, inkasso topshiriqnomasi 2-sonli kartotekaga joylashtiriladi va qonun 
hujjatlari bo'yicha belgilangan tartibda to'lanab boriladi. Inkasso talabnomasi 
bankning aybi bilan bajarilmagan taqdirda, bank qonunchilikda ko'zda tutilgan 
asoslar va miqdorlarda jarim alar to'lashlari mumkin.



Yüklə 29,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin