qo‘yuvchi jism oniy shaxsning depozit hisobvarag'ida saqlanayotgan m ablag'lar
hisobiga yoki topshirilgan naqd pul summasiga beriladi va u ikki qismdan, ya'ni
chekning o'zi hamda uning milki (koreshogi)dan iborat bo'lib, milk chekida
ko'rsatilgan summani tasdiqlovchi nazorat raqamlari ko'rsatilgan bo'ladi.
Chekning amal qilish muddati tijorat banklari tomonidan mustaqil ravishda
belgilanadi. Agar chekning amal qilish muddatida bankka taqdim qilinmagan bo'lsa,
u holda, chek summasi 29842- "Harakatsiz depozit majburiyatlari" hisobvarag'ida
o'tkaziladi. Chek egasi amal qilish muddati tugagan chek bilan bankka murojaat
qilgan
takdirda, bank qarshiliksiz chek egasining pasporti bo'yicha chekni qabul
qilishi va to'lab berishi lozim. Mijoz chekni berayotganda bankning javobgar xodimi
quyidagi rekvizitlar: chek berilgan sanani, chek bo'yicha beriladigan summani raqam
va so 'z bilan yozilishi,
oluvchining familiyasi, ismi va sharifini, pasport ma’lumotini,
chek beruvchining talab qilib olinadigan depozit hisobvarag'ini, chek bergan
bankning xos raqami va nomini, chekning amalda bo'ladigan oxirgi sanani tekshirishi
lozim. Shundan so'ng, uni talab bo'yicha rasmiylashtiradi va kassirga beradi. Kassir
barcha
hujjatlami tekshirib, rasmiylashtirgandan keyin hisob-kitob chekini oluvchi
shaxsni chaqiradi, oluvchidan chek uchun to'lovni qabul qilib, oluvchiga hisob-kitob
chekini qaytaradi va chek milkini operatsion kunining oxirigacha o'zida qoldiradi.
Hisob-kitob chekining milki raqamlari va sanalari bo'yicha to'langan yoki
qoplangan chek taqqoslash yoki chek summasi bron qilingan 20206- "Jismoniy
shaxslaming talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari" hisobvarag'idan
hisobdan chiqarish uchun bankka kelgunga qadar saqlanadi. Shundan so'ng,
hisob-
kitob cheklarining milklari bankning kunlik hujjatlar yig'm asiga tikib qo'yiladi.
Agar mijozlar tomonidan hisob-kitob cheklari bo'yicha to'lovlar amalga
oshirilganda, ulami to'Iash tartibi quyidagicha amalga oshiriladi: tovarlar (ish va
xizmat) uchun haq to'lashga chek taqdim qilinganda, ushbu cheklami qabul qilish
vazifasi yuklatilgan chek ushlovchi korxona xodimining chek berishga asos bo'lgan
hujjatini to'g'riligini tekshirib ko'rib, chek to'lovga qabul qilingandan so 'n g chek
ushlovchi tashkilotning xodimi hisob-kitob chekining orqa tomonidan tashkilotning
muhri va mansabdor shaxsning imzosini qo'yadi.
Agar sotilayotgan tovar (bajarilgan ish yoki ko'rsatilgan xizmat)
ning qiymati
chekning summasidan past bo'lsa, u holda, chek ushlovchi tashkilot ushbu chek
summasining 25 foizidan oshmagan miqdoridagi qiymatini naqd pulda berishi
mumkin. Bank tomonidan qabul qilingan cheklar bo'yicha to'lovlar quyidagi tartibda
amalga oshiriladi, agar chek beruvchi va chek ushlovchi
bitta bankda xizmat
ko'rsatilsa, cheklar chek ushlovchining 20206- "Jismoniy shaxslaming talab qilib
olinguncha saqlanadigan depozitlari" hisobvarag'ining krediti va 19903- "Inkasso
qilingan
pul
tushumlari
va
cheklar"
hisobvarag'i
orqali
chek
beruvchi
hisobvarag'ining debeti bo'yicha o'tkaziladi. Chekning asl nusxasi bankning kunlik
xujjatlar yig'm asiga tikiladi.
Dostları ilə paylaş: