T o sh k e n t d a V l a t iqtiso diyo t u niversiteti f. T. A b d u V a X id o V, Z. A. Um arov, K. N. D ju ra y ev


Banklarda sintetik hisobni yuritish va uni tashkil qilish



Yüklə 29,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/108
tarix14.12.2023
ölçüsü29,58 Kb.
#178720
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   108
Banklarda buxgalteriya hisobi Abduvaxidov 2010 @iqtisodchi kutubxonasi (1)

2.5. Banklarda sintetik hisobni yuritish va uni tashkil qilish
Buxgalteriya hisobining jahon amaliyotida va hisob yuritishning xalqaro 
andozalarida jam lam a hisob o'm iga Bosh kitob, analitik hisob o'm iga esa yordamchi 
kitoblar qo'llaniladi. Buxgalteriya hisobida kitob deb, - hisobvaraqlar guruhiga 
aytiladi. Bosh kitob - bu bank - moliya hisobotlarida (balans hisoboti, daromad va


xarajatlar to ‘g‘risidagi hisobot va boshqalar) ko'rsatiladigan hisobvaraqlar guruhidan 
iboratdir.
Bosh kitobdagi hisobvaraqlar umumiy ma'lumotni aks ettiradi, lekin batafsil 
ma'Iumot bilan ta'minlamaydi. Chunki birlamchi buxgalteriya operatsiyalari 
hisobvaraqlari guruhida batafsil ma'Iumot beradigan yordamchi kitoblar qoMlaniladi. 
Bosh kitobda esa, birinchi navbatda balans hisobvaraqlari bo‘yicha jam lam a 
ma'lumotlar qayd etiladi. Yordamchi kitob hisobvaraqlariga nisbatan olganda Bosh 
kitob hisobvaraqlari nazorat hisobvaraqlari hisoblanadi. Yordamchi kitobdagi 
yakuniy summalar har kundagi va oy oxiridagi ma'lumotlarni keyingi oyning birinchi 
kuni holatiga, Bosh kitob ma'lumotlari summasi bilan bir xil boMishini ta'minlaydi. 
Shu boisdan, yordamchi kitob ma'lumotlari asosiy o‘rinni egallab, ular dastlabki 
hisob ma'lumotlarining tegishli hisobvaraqlarga qanchalik to ‘g ‘ri kiritilishi natijasida 
hosil boMadi.
Bosh kitobning nazorat hisobvaraqlaridagi ma'lumotlari yordamchi kitobdagi 
tegishli hisobvaraqlaming yakuniy summalari bilan taqqoslanadi va dastlabki 
yozuvlarda xato boMmasa, summalar teng chiqishini ta'minlaydi. Xorijiy valyutadagi 
operatsiyalar bo‘yicha Bosh va yordamchi kitoblar har bir valyutaning turi bo‘yicha 
alohida-alohida, mijozlar tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalaming hisobi 
har bir turdagi mablagMar va qimmatliklar bo'yicha ochiladigan shaxsiy 
hisobvaraqlarda (kartochkalar, kitoblar, jum allarda) yuritilishi lozim.
Bosh kitob balans hisobvaraqlari bo‘yicha yordamchi kitob hisobvaraqlaridagi 
ma'lumotlar to'plam i hisoblanadi va ular quyidagi: 
hisobvaraqlar qoldiqlarining kundalik balanslarini;

balans hisobvaraqlari bo'yicha aylanmalap va qoldiqlar haqidagi jam lam a 
ma'lumotlarni;
oylik, ehoraklik va yillik qoldiq aylanma qaydnomalarini; 
kassaning kirim va chiqimi bo‘yicha kassa jum allari ma'lumotlarini;

mahalliy byudjetlarga ajratmalar qaydnomasi bo'yicha ma'lumotlarni o ‘zida 
mujassamlashtiradi.
Bundan bosh buxgalteming xoxishiga k o ‘ra, emissiya-kassa operatsiyalari, 
xorijiy operatsiyalar, shuningdek, "Ko‘zda tutilmagan holatlar" hisobvaraqlari 
bo'yicha jam lam a kartochkalari yuritilishi mumkin. Shu boisdan, biz har bir bosh 
kitob ma'lumotlarini alohida ko'rib chiqishimiz mumkin. Ma'lumki, tijorat banklari 
balansi har kuni tuziladi va balansning har ikki tomonining o‘zaro teng boMishi bank 
ishi kuni yakunlanganligi hamda buxgalteriya hisobining analitik va sintetik hisoblari 
to ‘g ‘ri yuritilishidan dalolat beradi. Bosh kitob ma'lumotlari qatori kundalik balans 
dasturiy yoM bilan kompyuterlar yordamida tayyorlanadi.
Demak, bankning kundalik balansida sana, balans ichidagi hisobvaraq 
raqamlari, aktiv va passiv hisobvaraq qoldiqlari ko‘rsatilib, bank ish faoliyatining bir 
kunlik yakunini ifodalaydi.
Bosh kitob ma'lumotlaridan yana biri, balans hisobvaraqlari bo‘yicha aylanmalar 
va qoldiqlaming jamlamalaridir. Bunday jam lam a ma'lumotlar nafaqat balans 
hisobvaraqlari bo'yicha qoldiq, balki, hisobvaraqlar debeti va kreditidan o ‘tgan 
aylanmalar summasi ham aks ettiriladi. Shuning uchun aniqroq ma'Iumot olishda 
hozirgi kunda ko‘p banklar kundalik balans bilan birgalikda hisobvaraqlar bo'yicha


ham aylanmalar va qoldiqlar yuzasidan jamlama ma'lumolami tuzib boradilar. Ushbu 
bosh kitob ma'lumotlari ham dasturiy yo‘l bilan kompyuterlar yordamida 
tayyorlanadi va tuziladi.
Balans hisobvaraqlari bo‘yicha aylanmalar va qoldiqlar haqidagi jamlama 
ma'lumotlar bank rahbariyatining hoxishiga ko‘ra, har kuni shu bilan birga 
aylanmalar va qoldiq summalarining o‘sib borish tartibida oylik va ehoraklik, ya'ni, 
hisobot davri uchun tayyorlanishi mumkin. Oylik, ehoraklik va yillik qoldiq aylanma 
qaydnomalar ham bosh kitob ma'lumotlari bo'lib hisoblanadi. Qaydnomalaming har 
biri ma'lum bir hisobot davriga tuziladi.
Bankning bir kunlik balansi ma'lumotlari tegishli shaxsiy hisobvaraqlar bo'yicha 
o'tkazilganidan keyin tuziladi. Kundalik balans to 'g 'ri tuzilganligi aktiv va 
passivlaming (Majburiyatlar + kapital) qoldiqlar bo'yicha yakunlari tengligi orqali, 
"Ko'zda tutilmagan holatlar" hisobvaraqlari qoldiqlarining yakuni to'g'riligi esa, u 
o'tgan kundagi balans yakuniga balans tuzilayotgan kundagi kredit aylanmalarini 
qo'shish va debet aylanmalarini ayirish orqali nazorat qilinadi. Balans aktivi balans 
passiviga (Majburiyatlar hisobvaraqlari qoldiqlari plyus kapital hisobvaraqlari 
qoldiqlari) teng.
Balans bank rahbari va bosh buxgalteri tomonidan imzolanadi. Bank rahbari va 
bosh buxgalteri mijozlarga sifatli xizmat ko'rsatishi, balans o 'z vaqtida tuzilishi 
hamda hujjatlar aylanishi qoidalariga amal qilgan holda tashkil etilishi uchun shaxsan 
javob beradilar. Shu boisdan, ish kuni oxirida balans tuzilmasa yoki ish kuni 
mobaynida mijozlarga xizmat ko'rsatish izdan chiqsa, bank bu haqda, shuningdek, 
yo'l qo'yilgan qoida buzarliklami bartaraf etish uchun ko'rilgan chora-tadbirlar 
to'g'risida yuqori bankka xabar qilinadi.
Bosh banklar rahbarlari balans tuzilmagan, hisobotda tartibga solinmagan 
tafovutlar chiqqanda va bir kun davomida mijozlarga xizmat ko'rsatilishi 
ta'minlanmagan hollarda bu kamchiliklami bartaraf etish uchun zarur barcha chora- 
tadbirlar ko'riladi.
Bank rahbarlari va bosh buxgalterlari balans chiqmaganligi haqida belgilangan 
muddatda xabar qilmasalar, ularga nisbatan egallab turgan lavozimlaridan ozod 
qilishgacha bo'lgan choralar ko'riladi. Bosh va yordamchi buxgalteriya kitoblarida, 
shuningdek, kunlik balanslar va shaxsiy hisobvaraqlarda biron-bir tuzatishlar 
qilinishiga yo'l qo'yilmaydi. Balansda summalami o'chirib yozish va tuzatish, 
shuningdek, o'chiruvchi suyuqliklardan foydalanib, tuzatishlar kiritish, xatolar borligi 
aniqlanganda shaxsiy hisobvaraqlar va hujjatlar qayta yozilishi mumkin emas.
Operatsiya kuni yakunlanib, balans tuzilganidan keyin aniqlangan xato yozuvlar 
ushbu xato yozuvlar kiritilgan hisobvaraqlar bo'yicha teskari yozuvlar kiritish yo'li 
bilan tuzatish orderlari asosida tuzatiladi. Bunday hollarda hisobvaraqlardan 
summalar mijozlaming roziligisiz hisobdan chiqariladi va bu o 'z navbatida, bank 
xizmati ko'rsatish to'g'risidagi shartnomada yozib qo'yilgan bo'lishi zarur.
Tuzatish orderlari to 'rt nusxada, ulaming birinchi nusxasi order bulib, ikkinchi 
va uchinchi nusxalari mijozlar uchun debet va kredit yozuvlari bo'yicha 
bildirishnomalar, to'rtinchi nusxa esa order kitobchasida tikib qo'yiladi. Bu kitobcha 
bosh 
buxgalter yoki 
uning 
muovinida 
saqlanishi 
va 
orderlarga boshqa 
hujjatlamikidan farqlanadigan tartib raqamlari qo'yilgan bo'lishi lozim.


Tuzatish orderi matnida qachon va qaysi hujjatda xato yozuvga yo‘l 
qo'yilganligi, unga mijoz arizasi sabab boMgan boMsa, shu sabab ko‘rsatilishi zarur. 
Bunda ordeming to'rtinchi nusxasining orqasiga kimning aybi bilan xatolikka yo'l 
qo'yilganligi qayd etiladi, ijrochining, shuningdek, noto'g'ri yozuvni nazoratdan 
o'tkazgan shaxsning lavozimi va familiyasi ko'rsatilishi, tuzatish orderlari tuzilishida 
asos bo'lgan arizalar orderlari bilan birga hujjatlar orasida saqlanishi lozim.
Summasi keyinchalik stomo bilan tuzatilgan shaxsiy hisobvaraqlardagi xato 
yozuv qarshisiga albatta "Stomolangan" belgisi qo'yilishi, tuzatish kiritilgan sana va 
tuzatish orderining raqami ko'rsatilishi, bu qayd tuzatish orderini imzolagan bosh 
buxgalter yoki uning muovini imzosi bilan tasdiqlanadi.
Bosh buxgalter tuzatish orderlarining kitobchada qolgan nusxalaridan 
foydalanib, xodimlaming ishdagi xatolar hisobini yuritadi va ushbu xatolar 
sabablarini o'rganib ishni yaxshilash choralarini ko'radi, elektron to'lovlar bo'yicha 
xatolami memorial orderlar bilan tuzatish esa qat'iyan man etiladi.
Shunday qilib, banklarda buxgalteriya hisobini yuritishda sintetik hisob 
ma'lumotlari asosiy ahamiyatga ega bulib, har bir shaxsiy hisobvaraq bo'yicha 
aylanmalaming dastlabki hisobini kompyuter dasturlarida o 'z vaqtida kiritilishi va 
ulaming qoldiqlari kun yakunida to 'g 'ri hisoblab chiqilganligiga bog'liqdir. Shu 
boisdan, ushbu ma'lumotlaming naqadar sifatli bajarilishi buxgalteriya xodimlarining 
bilim va malakasiga bog'liq bo'lib, bunday ishlami amalga oshirishda Banklarda 
buxgalteriya hisobining analitik va sintetik hisobi tushunchalarini chuqur 
o'zlashtirishlarini talab qiladi.

Yüklə 29,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin