T o sh k e n t d a V l a t iqtiso diyo t u niversiteti f. T. A b d u V a X id o V, Z. A. Um arov, K. N. D ju ra y ev


 4. Banklarda buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi



Yüklə 29,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/108
tarix14.12.2023
ölçüsü29,58 Kb.
#178720
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108
Banklarda buxgalteriya hisobi Abduvaxidov 2010 @iqtisodchi kutubxonasi (1)

1. 4. Banklarda buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi
mazmuni va mohiyati
Respublikamizda bank tizimining uzluksiz rivojlanishi bozor munosabatlari 
sharoitidagi ob’ektiv zaruriyat bo'lib, bu o 'z navbatida, banklar faoliyatini uzluksiz 
nazorat qilishni va ulami samarali boshqarish uchun zarur ma'lumotlar bazasini 
vujudga keltiruvchi buxgalteriya hisobining uslubiy asoslarini takomillashtirib 
borishni talab etadi.
Banklarda buxgalteriya hisobi tizimini takomillashtirish ko'p jihatdan uning 
uslubiy asoslari hisoblangan, buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasining 
tuzilishiga bog'liqdir. Ushbu hisobvaraqlar rejasi Banklarda amalga oshiriladigan 
barcha bank operatsiyalami xalqaro standartlar asosida amalga oshirish imkoniyatini 
beradi. Ungacha Banklarda qo'llanadigan hisobvaraqlar rejasi markazlashgan rejali 
iqtisodiyotning o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, uning ishlash 
tamoyiliga quydagilami:
kredit resurslarini markazlashgan holda hududiy va tarmoqiar bo'yicha yig'ish va 
taqsimlash;


kredit resurslarini xalq xo'jaligi rejalarining bajarilishiga xizmat qilishini nazorat 
qiluvchi ma'lumotlar bilan ta'minlash;
davlat m ablag‘larining harakatini va sarflanishini pastdan yuqoriga va yuqoridan 
pastga hisobvaraqlar rejasi yordamida kuchli nazorat ostiga olish uchun asos qilib 
olgan edi.
Albatta, hisobning bunday tizimi mazmun va mohiyat jihatidan butunlay 
boshqacha bo‘lgan bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri talabiga to‘liq javob bera olmay 
qolgan 
edi. Shu boisdan, bank tizimini isloh qilishda dastlab hisobvaraqlaming 
ishlab chiqilishi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Yangi hisobvaraqlar rejasini ishlab 
chiqishda ulaming o‘ziga xos xususiyatlari inobatga olingan va ular quydagilardan 
iborat:
yangi hisobvaraqlar rejasi buxgalteriya hisobining xalqaro standartlariga mos 
kelib, daromadlar va xarajatlar hisobot oyining o'zida aks ettiriladi. Eski 
hisobvaraqlar rejasida daromadlar kelib tushganda, xarajatlar esa to‘langanda 
buxgalteriya hisobida aks ettirilar edi;

yangi hisobvaraqlar rejasida aktivlar mavjudlik tamoyili bo'yicha joylashtirilgan 
bo'lib, bu aktiv moddalarini operativ ravishda boshqarish imkoniyatini beradi. 
Passivlar esa muddati bo'yicha joylashtirilgan bo'lib, mijozlar oldidagi 
majburiyatlarini bajarilishini nazorat qilish imkoniyatini beradi; 
yangi schetlar rejasida aktivlar va majburiyatlaming real baholash imkoniyati 
mavjud bo'lib, bundan kelib chiqqan holda, aktivlaming tavakkalchilik darajasi 
bo'yicha yoqotishlar uchun zahiralar tuzish imkoniyatini beradi; 
yangi hisobvaraqlar rejasida qimmatli qog'ozlar ikki guruhga bo'lingan bo'lib, 
birinchi guruh oldi-sotdi qilishga, ikkinchi guruh esa investitsiyaga yonaltirilishi 
rejalashtirilgan;
bankning o 'z kapitali tarkibi mustaqil bo'lim larga bo'lingan bo'lib, u e'lon 
kilingan, chiqarilgan qimmatli qog'ozlar, shuningdek, oddiy va imtiyozli 
aktsiyalar to 'g ’risida to 'la ma'lumot beradi;
foyda va zararlar (daromad va xarajatlar) bankning ichki hisobvarag'i bo'lib, ular 
ham mustaqil bo'lim larga bo'lingan.
Respublika hukumati tomonidan Banklarda buxgalteriya hisobini isloh qilish 
borasida amalga oshirgan ishlar o'zining ijobiy natijasini berdi. Hozirgi kunda 
Respublika 
Banklaming 
buxgalteriya 
hisobi 
tizimi 
jahondagi 
rivojlangan 
mamlakatlaming bank tizimiga ancha yaqinlashtirildi va xalqaro banklar bilan hisob- 
kitoblami amalga oshirishi mumkin.
Har bir bank o 'z buxgalteriya hisobini barcha banklar uchun bir xil bo'lgan 
hisobvaraqlar rejasi asosida olib boradi. 1997 yil apreliga qadar respublikadagi 
barcha banklar sobiq ittifoq davrida tuzilgan yagona hisobvaraqlar rejasi asosida ish 
yuritar edilar. Lekin iqtisodiyotimizni yangi bozor munosabatlari asosida tashkil etar 
ekanmiz, iqtisodiyotni izga solib, uni nazorat qilish uchun buxgalteriya hisobini 
xalqaro miqiyosda qabul qilingan yaxlit tizimga moslashtirib olib borish talab etildi. 
Shu sababli, respublika banklari buxgalteriya hisobini yangi hisobvaraqlar tizimi 
asosida tashkil etishga kirishdilar.
Shu maqsadda 1995 yil Artur Andersen auditorlik firmasi bilan shartnoma 
tuzilgan edi. Shartnomada O'zbekiston Respublikasi Banklarda buxgalteriya hisobini


isloh qilish ko‘zda tutilgan edi. Firma respublika Markaziy banki bilan birgalikda 
bankning yangi hisobvaraqlar rejasini ishlab chiqdi. 1996 yil 13 noyabrda Vazirlar 
Mahkamasining 289 sonli qarori bilan “Respublika Markaziy bankning hisobvaraqlar 
rejasi”, 290 sonli qarori bilan esa “Banklaming hisobvaraqlar rejasi” tasdiqlandi. 
1997 yil 1 apreldan barcha banklar buxgalteriya hisobi yangi hisobvaraqlar rejasi 
asosida olib borila boshlandi. Banklaming yangi hisobvaraqlar rejasiga o ‘tishi 
nimalar bilan belgilanadi? Umuman, 0 ‘zbekistonning xalqaro mehnat taqsimotiga 
qo‘shilganligi, jahon bozor munosabatlari tizimiga o'tganligi banklar uchun yangi 
hisobvaraqlar rejasiga o ‘tish zaruriyatini keltirib chiqardi. Qolgan barcha sabablar 
shulardan kelib chiqadi:
-birinchidan, respublikada ikki pog‘oonali bank tizimining barpo etilishi; 
-ikkinchidan, davlat mulki yagona boMmagan holda turli 
mulkchlik 
shakllarining paydo bo'lish;
-uchinchidan chet el investitsiyalaming jalb qilinish;
-to‘rtinchidan, 
chet 
el 
korxona 
va 
tashkilotlari 
bilan 
sherikchilik 
munosabatlarining o‘matilishi;
-beshinchidan, hisobotlami jahon andozalari talablariga javob beradigan 
darajada tuzilishni ta'minlash zarurligi va hokozo.
Yangi hisobvaraqlar rejasi aw algisidan farq qiladi. Eski hisobvaraqlar rejasi 2 
qismdan iborat bo‘lib, biri balans ichidagi hisobvaraqlami, ikkinchi qismi balansdan 
tashqari hisobvaraqlami o ‘z ichiga olar edi. Balans ichidagi hisobvaraqlar mazmunan 
guruhlash tamoyili asosida tuzilgan bo‘lib 24 bo'limdan iborat. Har bir bo‘limda 
aktiv, passiv va aralash xarakterdagi aktiv passiv hisobvaraqlar joylashgan, hamda 
ular bo‘yicha operatsiyalar ikki yoqlama yozuv asosida olib borilar, balansdan 
tashqari hisobvaraqlar esa 8 bo'lim ga guruhlanib, bu hisobvaraqlar bo‘yicha yozuvlar 
bir tomonlama, ya'ni, kirim yoki chiqim ko'rinishda yuritilar edi.
Ilgari Markaziy bank ham, tijorat banklar ham buxgalteriya hisobini yagona 
hisobvaraqlar rejasi asosida yuritar edi lar. Har bir hisobvaraqa nomeri va nomi 
yoniga qaysi bankda ishlatilishi haqida belgi qo'yilgan edi. Yangi hisobvaraqlar rejasi 
ham mazmunan, ham tuzilish jihatidan eskisidan farqlanib, Markaziy bank uchun 
alohida, tijorat banklari 
uchun alohida ishlab chiqildi. Bunda har ikki bank 
faoliyatining xususiyatlari hisobga olingan. Masalan, Markaziy bank emissiya 
markazi bo'lib hisobiangani uchun kassadagi pul lar banknota va tangalarga bo'lingan 
holda ko'rsatiladi. Tijorat banklari kassalaridagi pullami bunday bo'lish uchun 
alohida hisobvaraqlar ochilmaydi. Bundan tashqari Markaziy bank barcha tijorat 
banklari o'rtasidagi banklararo hisob-kitoblami tashkil etadi. Shu sababli bunday 
hisob-kitoblar hisobini yuritish uchun olinadigan banklararo hisob-kitoblar bo'yicha 
tranzit hisobvaraqlar va to'lanadigan 
banklararo hisob-kitoblar bo'yicha tranzit 
hisobvaraqlar ochilgan. Bunday hisobvaraqlar tijorat banklaming hisobvaraqlar 
rejasiga kiritilmagan.
Tijorat banklari turli mulkchlik shaklidagi xo'jalik yurituvchi sub’ektlarga 
xizmat ko'rsatadi, shunga asosan, ularda alohida hisobvaraqlar ochiladi. Markaziy 
bankda esa, faqat hukumat va nazorat organlariga xizmat ko'rsatadi. Hisobvaraqlar 
rejasi 6 bo'lim dan iborat bo'lib, ulardan S tasi balans ichidan hisobvaraqlardan va


oltinchi 
bo'lim esa balansdan tashqari hisobvaraqlardan tashkil topgan". Yangi 
rejaning yana bir xarakterli xususiyatlari shundan iboratki, bundagi balansdan 
tashqari hisobvaraqlar ham balans ichidagi hisobvaraqlar kabi ikki yoqlama yozuv 
asosida olib boriladi. Har bir bo‘lim asosiy va yordamchi hisobvaraqlami (subschet) 
o ‘z ichiga mujassamlangan. Xulosa qilib aytganda, bank aktivlari, passivlari, kapitali, 
daromadlari va xarajatlari bo‘yicha hisobvaraqlar alohida bo'lim larga kiritilgan, 
ya’ni,
I- bo‘lim 10000 
-A ktivlar,
II- bo‘lim 20000 
- Passivlar,
III- bo'lim 30000 
- Kapital,
IV -b o ‘lim 40000 
-D arom adlar,
V- bo‘lim 50000 - Xarajatlar,
VI- bo‘lim 90000 -K o'zda tutilmagan holat bo'yicha (balansdan tashqari) 
hisobvaraqlar.
Yangi hisobvaraqlar rejasi bosh buxgalteriya kitobidagi hisobvaraqlar tizimini 
ifodalaydi. Ular moliyaviy operatsiyalami guruhlashtirish, ikki yoqlama yozuvni 
amalga oshirish, hisobotlami tuzish va tahlil qilish uchun ishlab chiqilgan bo'lib, 
bunda quyidagilar: birinchidan, barcha hisobvaraqlaming asosiy va yordamchi 
kitoblarda joylashuvini osonlashtirish; ikkinchidan, hisobvaraqlami guruhlash va 
turkumlash; 
uchinchidan, 
hisob 
ishlarini 
kompyuterlashtirish; 
to'rtinchidan, 
operatsiyalar bo'yicha yozuvlami bajarishni tezlashtirishni ta'minlash mumkinligi 
hisobga olingan. Hisobvaraqlar rejasidagi hisobvaraqlar Bosh daftar uchun beshta 
rahamdan iborat qilib kodlashtirilgan va ulaming raqamlanishi quyidagi ko'rinishga 
ega.

M M
SS 
B u n d a , 

- s c h e tla r k a te g o riy a sin i b ild irad i, y a ’ni 

- a k tiv la r, 
2 - 
p a ss iv la r, 

- k a p ita l, 

- d a ro m a d la r, 

- x a ra ja tla r, 

- k o 'z d a tu tilm a g a n h o la tla m i 
ifo d a la y d i. M - y u q o rid a sa n a b o 'tilg a n k a te g o riy a la rd a n b irig a q arash li a so s iy sc h e t, 
y a 'n i, 
01 
- b a n k a k tiv la rid a n b iri b o 'lg a n n aq d p u lla m i b ild ira d i. 
SS 
- a so s iy
h iso b v a ra q la rg a q a ra s h li b o 'lg a n s u b s c h e t h iso b lan ad i. M asalan , 
10000 
- a k tiv la m i, 
10100 
- “ A k tiv g a q arash li n a q d p u lla m i” b ild iru v ch i aso siy h is o b v a ra q 
10101- 
“A m a liy o t (o p e ra tsio n ) k a ss a d a g i n a q d p u lla r” ni an g latad i. D em ak , 

- a k tiv la r, 
01 

n a q d p u lla r, 
01 
- k a ssad ag i n a q d p u lla r b o 'y ic h a m a’lu m o t b erad i. B o s h q a b a rc h a
k a te g o riy a g a q a ra s h li h is o b v a ra q la r h a m x u d d i sh u n d ay ta rtib d a ra q a m la n a d i. 
M a sa la n : 
10100 
- “N a q d p u lla r v a b o s h q a k a ss a x u jjatlari” d e b n o m la n a d i v a
q u y id a g i s h a x s iy v a ra q la m i o 'z ic h ig a o la d i: 
10101- 
“ A m aliy o t (o p e ra tsio n ) k a ssa d a g i 
n aq d p u lla r” , 
10105 
- “ C h e k la r v a b o sh q a k a ss a h u jja tla ri” , 
10109 
- “ Y o 'ld a g i 
p u lla r” b o 'y ic h a m a ’Ium ot b erad i.
Xuddi shunday misolni “Passivlar” kategoriyasi bo'yicha bank passivlari talab 
qilib olinguncha saqlanadigan depozit» hisobvaraqlaridan boshlanadi: ya’ni, 20200- 
«Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit» hisobvaraqlari, bunda, 2 - passivlar 
kategoriyasini, 02 esa shu passivlarga tegishli asosiy hisobvaraqni bildiradi. Korxona 
va tashkilotlar o'zlarining ortiqcha pul mablag'larini jam g'arm ali 
(20400) yoki
" У збеки стон 
Республи каси тиж орат банкларида бухгалтерия йисобининг йисобвараклари реж аси. У з Р А В
1 3 .0 8 .2 0 0 4 йилда 7 7 3 -1 7 -с о н бнлан р ўй хатга о линган (янги тайрири).


muddatli (20600) depozitlarda saqlashlari mumkin. Bu asosiy hisobvaraqlar ham 
talab qilib olinadigan depozitlar hisobvaraqlari kabi raqamlanib, o‘z ichiga yuqorida 
ko‘rsatiIgani kabi 6ta qo'shim cha hisobvaraqlami oladi. Hisobvaraqalar rejasining 
qolgan bo'limlari ham xuddi shunday tartibda raqamlanadi.
Yordamchi kitobda aks ettiriladigan litsevoy hisob raqamlar esa quyidagi 
tartibda kodlashtirilgan:
CCCCC VVV К SSSSSSSS NNN
Bunda,
SSSS -balans hisob raqami 
VVV- valyuta kodi 
K-nazorat kaliti
SSSSSSSS-bank kodi yoki mijoz kodi 
NNN-hisob raqam tartib raqami
1.5. B ank balansining tuzilishi va o p eratsiy alar natijasida 
balansdagi o 'z g a rish la r
Banklarda amalga oshirilayotgan operatsiyalaming analitik va sintetik hisob 
ma’lumotlari birlamchi ma'lumotlar hisoblanadi. Shu boisdan, ushbu hisob 
ma'lumotlaming bosh hamda yordamchi kitoblarda to 'g 'ri rasmiylashtirilishi 
buxgalteriya hisobini yuritishni osonlashtiradi. Shuningdek, ulami banklarda 
buxgalteriya hisobining hisobvaraqlari tizimida aks ettirishga yaqindan yordam 
beradi. Bu o 'z navbatida, bankning buxgalteriya balansini tuzishga sharoit yaratadi. 
Buxgalteriya balansi ikki qismdan: aktiv va passivdan iborat bulib, ulaming o'zaro 
tengligi balansning to 'g 'ri tuzilganligini, ya'ni, bankning ish kuni to'liq 
yakunlanganligini ifodalaydi.
Banklarda amalga oshirilgan operatsiyalar ro'y berishidan qat’iy nazar har doim 
tegishli hisobvaraqlarda 2 yoki undan ortiq hisobvaraqlarda aks ettiriladi, ya'ni 
ikkiyoqlama yoziladi. Ikki 
yoqlama yozuv - bu ro'y berayotgan operatsiyalar 
yuzasidan vujudga keladigan o'zgarishlami hisobvaraqlar tizimi orqali ifodalashdir. 
Ikki yoqlama yozuv usulining ahamiyati shundaki, uning yordamida, hisob ishlari 
to 'g 'ri yuritilayotganligini nazorat qilib borish imkoniyati yaratiladi. Ikkiyoqlama 
yozuv buxgalteriya o'tkazmalari orqali amalga oshiriladi. Operatsiyalami bir 
hisobvaraqning debeti va ikkinchi hisobvaraqning kreditida aks ettirishga 
buxgalteriya o'tkazmasi deyiladi. Buxgalteriya o'tkazmasining ikki turi mavjud 
bo'lib, oddiy va murakkab o'tkazmalardan iboratdir. Oddiy buxgalteriya o'tkazmasi
- bu bir hisobvaraqning debetlanishi va ikkinchi hisobvaraqning kreditlanishidir. 
Murakkab buxgalteriya o'tkazmasi esa - bir hisobvaraqning debetlanishi va bir necha 
hisobvaraqlaming kreditlanishi yoki bir necha hisobvaraqning debetlanishi va bir 
hisobvaraqning kreditlanishidir.
Bank faoliyatini amalga oshirish davomida turli operatsiyalar ro'y berib, bu 
operatsiyalar natijasida ushbu bankka tegishli bo'lgan bank mablag'lari va ulaming 
tashkil topish manbalari tarkibiy hamda qiymat jihatidan o'zgaradi. Demak, tabiiyki, 
m ablag'lar va ular tashkil topish manbalarining o'zgarishi natijasida balansda ham 
o'zgarishlar ro'y berishiga olib keladi. Sababi, o'zgarish natijasida mablag'laming


o ‘zaro ikki turi yoki mablag* manbalari turlarining ikki yoki undan ortig‘i o'zgarishi 
yoki ham mablag* ham ulaming tashkil topish manbalari o'zgarishi mumkin. Bank 
operatsiyalari amalga oshirish natijasida balansda o'zgarishlar ro‘y berishining 
ta'sirini 4 turga ajratish mumkin va ular quyidagicha bo'ladi:
1. 
Balansning aktiv tomonidagi bir (yoki bir necha) moddasi ko'paysa, aktiv 
tomonidagi boshqa bir moddasi kamayadi, lekin balansning jam i summasi 
o'zgarmaydi. Masalan: bank kassasidan safar xarajatlari uchun hisobdor shaxsga 
50000 so 'm bo'nak (avans) berildi.
Bunda;
Dt 
19908 
Kt 
Dt 
10101 
Kt
Kun boshiga qol:
Kun boshiga qol:
150000
400000
1) 50000
1)50000
obor: 1) 50000
obor: 1) 50000
Kun oxiriga qol:
Kun oxiriga qol:
200000
350000
2. 
Balansning passiv tomonidagi bir (yoki bir necha) moddasi ko'paysa, passiv 
tomonidagi boshqa bir moddasi kamayadi, lekin balansning jam i summasi 
o'zgarmaydi. Masalan: mijozning talab qilib olunguncha saqlanadigan mablag'idan 
200000 so'm muddatli depozitgao'tkazildi. Bunda;
Dt 
20208 
Kt 
Dt 
20408 
Kt
Kun boshiga qol:
Kun boshiga qol:
2200000
1200000
1) 200000
1)200000
obor: 1)200000
obor: 1) 200000
Kun oxiriga qol:
Kun oxiriga qol:
2000000
1400000
3. 
Balansning aktiv tomonidagi bir (yoki bir necha) moddasi ko'paysa, 
balansning passiv tomonidagi bir (yoki bir necha) moddasi ham ko'payadi, 
balansning jam i summasi ham shu summaga ortadi. Masalan, Jismoniy shaxsdan 
100000 so'm jam g'arm a depozit qabul qilindi, bunda;
Dt 
10101
Kt
Dt 
20406 
Kt
Kun boshiga qol: 
350000 
1)100000 
o b o r:l) 100000 
Kunoxirigaqol: 
450000
Kun boshiga qol: 
300000 
I ) 100000 
obor: 1) 100000 
Kun oxiriga qol: 
400000
4. 
Balansning aktiv tomonidagi bir (yoki bir necha) moddasi kamaysa, 
balansning passiv tomonidagi bir (yoki bir necha) moddasi ham kamayadi
balansning jam i summasi ham shu summaga kamayadi. Masalan, Jismoniy shaxsning 
arizasiga asosan jam g'arm a depozit hisobvarag'idan 50000 so'm hisobdan chiqarildi, 
bunda;


Kun boshiga qol:
400000
1)70000 
obor: 1) 70000
Kun oxiriga qol:
330000
Yuqorida keltirilgan to'rtta operatsiya yuzasidan bank balansida quyidagicha 
o'zgarishlam i kuzatish mumkin:
Bank balansi*
200 
yil 
holatiga
Kun boshiga qol:
450000
1)70000
obor: 1) 70000
Kunoxiriga qol:
380000
Aktiv
O 'zgarishga-
cha
O'zgarish
(-,+)
O 'zgarish 
dan so'ng
10101- Amaliyot (operatsion) kassadagi naqd pullar
400000
- 50000 
+100000 
-70000
380000
13101- X ususiy korxonalar, x o 'jalik shirkatlari va 
jamiyatlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar
2500000
*
2500000
16103- Bosh bank/’ filiallardan filiallar va banklararo 
xisob- kitoblar bo'yicha olinadigan m ablag'lar
5000000
~
5000000
16509-Bankning imoratlari-Binolar va boshqa imoratlar
6450000
-
6450000
19908- B ank xodimlari bilan xisob-kitoblardagi olinishi 
lozim bo'lg an m ablag'lar
150000
+50000
200000
Ja m i a k tiv la r

Yüklə 29,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin