Aktseptsiz to'lanadigan talabnoma qo'llanilganda to'lovchi va mablag'ni
oluvchiga bitta bankda xizmat ko'rsatilsa, uch nusxada, bunda, to'lov to'langandan
so'ng, birinchi nusxasi bankning kunlik xujjatlar yig'm asiga, ikkinchi nusxasi
to'lovchining shaxsiy hisobvarag'idan olingan ko'chirmaga, uchinchi nusxasi
mablag' oluvchining shaxsiy hisobvarag'idan olingan ko'chirm aga ilova qilinadi.
Agar to'lovchi va mablag'ni oluvchiga turli xil banklarda xizmat ko'rsatilsa,
talabnoma ikki nusxada tuzilib, barcha nusxalari pochta orqali to'lovchining bankiga
yuboriladi, to 'lo v to'langandan so'ng, birinchi nusxasi bankning kunlik hujjatlari
yig'm asiga tikish uchun, ikkinchi nusxasi shaxsiy hisobvarag'idan ko'chirma bilan
birga to'lovchiga beriladi.
K o'pchillik hollarda to'lovchining depozit hisobvarag'ida mablag'lar yo'qligi
sabali, talabnoma shartlarini bajarish imkoniyati bo'lm aydi, unda talabnoma 2-sonIi
kartotekaga 96321-"Muddatida to'lanmagan hisob-kitob hujjatlari" hisobvarag'iga
joylashtiriladi va ushbu haqda to'lovni oluvchining bankiga uch kun ichida xabar
yuboriladi va qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda mablag'lam i kelib tushishiga
qarab to'lab boriladi. To'lovchining depozit hisobvarag'ida bor bo'lgan m ablag'lami
to'lab beradi va qolgan summani 2-sonli kartotekaga joylashtirilgan talabnomaning
orqasiga qisman to'langan summani yozib qo'yadi.
Shuningdek, aktseptlangan va aktseptlanmagan to'lanadigan talabnomalaming
ham amalga oshirilishi yuqoridagining aksi bo'lib, talabnoma bankka kelib tushgan
kunning keyingi kunidan kechiktirmay, to'lovchining vakiliga “To'lov muddatini
kutayotgan hisob-kitob hujjatlari” jum alida imzo chekdirib, topshiriladi va shundan
so'ng 1-sonli kartotekaga
96321- “T o'lov muddatini kutayotgan hisob-kitob
hujjatlari” hisobvarag'iga joylashtiriladi.
T o'lovchining banki tomonidan talabnoma aktseptining quyidagi: aktsept uchun
talabnoma topshirilganidan keyingi kundan boshlab uch ish kuni - bir shahardagi
mijozlar uchun, aktsept uchun talabnoma topshirilganidan keyingi kundan boshlab
besh ish kuni - boshqa shahardagi mijozlar uchun, aktsept uchun talabnoma
topshirilgan kundan keyingi kundan boshlab 10 kungacha - to'lovchining asosli
iltimosnomasi bo'yicha muddati belgilanadi.
Agarda to ’lov talabnoma bankka kelib tushgandan so’ng 10 ish kuni davomida
mijozga xabar berish iloji bo’lmagan bo’lsa va mijoz hisob raqamidan hech qanday
m ablag’
chiqarilmagan bo’lsa,
unda to ’lov talabnoma
ijrosiz “Mijozning
kelmaganligi sababli ijrosiz qaytarilmoqda” yozuvi bilan qaytariladi.
Dostları ilə paylaş: