Mahsulotlar innovatsiyasi - eng keng tarqalgan bo’lib, juda ko’p korxonalarda mavjud. Bunda bir korxonadan boshqa korxonaga utish xarakteri farklanadi. Ayrimlar uchun anhanaviy profilga kiruvchi mahsulotlar assortimentini almashtirish yoki mahsulotlar sonini sezilarli darajada oshirish, boshqalar uchun iste’mol talablarini inobatga olgan xolda anhanaviy mahsulotning iste’mol sifatini oshirishdir.
Texnika - texnologiya innovatsiyasi - bu innovatsiyaning yetakchi motivi bo’lib, bozor talabini kondiruvchi yangi mxsulotlar ishlab chiqarish hisoblanadi.
Tashkiliy - boshqaruv innovatsiyasi - ko’prok firmaning barcha darajalarida, bo’limlar, bulinma va xizmatlarda ishni qayta tashkil etish orkali tavsiflanadi.
Innovatsion jarayon - bu tashkilotda yangiliklarni yaratish, o’zlashtirish va tarqatish bilan bog’liq faoliyatdir. Innovatsion jarayonlar asosan uy xo’jaliklari, firma, kompaniyalar, korporatsiyalar miqyosida ruy berib vujudga keladi, asta-sekin to’liq xo’jalik tizimiga, makroiqtisodiyot tarmoqlariga singib boradi. Innovatsion jarayonlar maqsadini quyidagilarda ko’rish mumkin:
-masalaning yangi texnik yechimini topishni ixtiro qilish;