1-chizma. O‘zbekistonni MIT sxemasi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyiyev ta’kidlanganidek: “...Xozirgi keskin raqobat sharoitida innovatsion texnologiyalar va ilm-fanni yanada rivojlantirish uchun zarur shart sharoitlar yaratish muhim ahamiyatga ega. Bugun zamonning o‘zi ushbu masalani siyosatimizni eng muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilashni taqozo etmoqda”
. 2.3 Pandemiya (covid-19) sharoitida sanoat korxonalarining uzluksiz ishlashini hamda ularning innovatsion faoliyat samaradorligini ta’minlashning zarurati
Joriy yilning mart-aprel oylarida koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq ichki va tashqi cheklov choralari natijasida 2020-yilning birinchi yarmida sanoat ishlab chiqarishining pasayishi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 98,1 foizni tashkil etdi.
Tashqi talabning qisqarishi (gaz ishlab chiqarish, avtomobilsozlik, to‘qimachilik), import qilinadigan qismlarni yetkazib berishni cheklash (elektrotexnika, farmatsevtika) va ichki talabning qisqarishi (elektr energiyasini ishlab chiqarish, qurilish materiallari ishlab chiqarish, maishiy texnika, mebel) tarmoqlarda ishlab chiqarish faolligining pasayishidagi asosiy omillar sifatida xizmat qildi.
a) qisqa muddatli chora-tadbirlar:
sanoat korxonalariga mahalliy davlat hokimiyati organlari (shu jumladan, sektorlar vakillari), xo‘jalik birlashmalari va respublika iqtisodiy organlarining birgalikdagi sa’y-harakatlari bilan (muammolar darajasini hisobga olgan holda) quvvatlardan foydalanishning karantindan oldingi darajasini (to‘liq foydalanishga kirishni rejalashtirish bilan) tiklashda maqsadli yordam ko‘rsatish;
uchta yoki undan ortiq ishtirokchi — mahalliy ishlab chiqaruvchilar (kabel va simlar, elektrotexnika, to‘qimachilik, poyabzal, oziq-ovqat mahsulotlarining va h.k.) ishtirokida mahalliy ishlab chiqaruvchilar orasida davlat xaridlari tendyerlarini o‘tkazish;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining barqarorligini ta’minlash va xarajatlarini maqbullashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 16-apreldagi 232-son qaroridagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlarining tegishli bandlari bo‘yicha mahalliy ishlab chiqaruvchilardan davlat xaridlarini amalga oshirishda o‘rnatilgan cheklovlarni echish;
davlat xaridlarida mahalliy qurilish materiallari (sement, metall buyumlar) to‘liqligini qat’iy nazorat qilish;
kuzgi-qishki zaxira uchun asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini (gurunch, kartoshka, sabzi, piyoz) sotib olish uchun ishlab chiqarish hajmini kengaytirish;
tovar bozorlarida adolatli raqobatni ta’minlovchi va ichki ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardoshligini oshiruvchi sanoatga xos “Raqobatbardoshlik yo‘l-xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirish;
mahalliylashtirish loyihalarini amalga oshirish uchun onlayn monitoring tizimini ishga tushirish (www.localization.ijro.uz).
yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoatida:
respublikadagi elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi kuvvatlardagi solishtirma shartli yoqilg‘i sarfi miqdorini 340 dan 216 gr kamaytirish orqali tabiiy gaz iste’molini 1,5 baravarga pasaytirish;
“O‘zbekneftgaz” AJning 2020-yilga mo‘ljallangan tabiiy gaz qazib olish prognozini ta’minlash uchun (qo‘shimcha ravishda 4,47 milliard kubometr tabiiy gaz qazib olish) 36 ta texnologik chora-tadbirlari bo‘yicha qurilish-montaj ishlarini o‘tkazish, 121 ta yangi quduqni burg‘ulash ishlari hamda 549 ta quduqni kapital ta’mirlash ishlarini amalga oshirish;
“Navoiyazot” AJda ammiak va karbamid ishlab chiqarish hamda “Qo‘qon superfosfat zavodi” AJda superfosfat ishlab chiqarish uchun yangi ishlab chiqarish obyektlarini loyihadagi quvvatlariga yetkazish;
dunyoning yetakchi mamlakatlarining tajribasini hisobga olgan holda, 0,4 — 6 — 10 kV past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yangilash va rekonstruksiya qilish bo‘yicha maqsadli dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
eskirgan yuqori kuchlanishli 35 — 110 kV va 220 — 500 kV liniyalarni va podstansiyalarni yangilash va modernizatsiya qilish dasturlarini ishlab chiqish.
metallurgiya va geologiya sanoatida:
mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash davlat dasturlari doirasida foydali qazilmalarning yangi istiqbolli maydonlarini qidirish ulushini 2020-yilda 35 foizga oshirish;
geologiya-qidiruv ishlari natijalari to‘g‘risidagi hisobotlarni tuzishning xalqaro standartlarini joriy qilish, foydali qazilma konlarini JORC Kodeksiga asosan qayta baholash va Davlat balansidagi zaxiralar balansining hisobini yuritish uchun JORC bo‘yicha baholash natijalaridan foydalanish;
ilmiy tashkilotlar, o‘quv muassasalarini yirik va kichik biznes korxonalari o‘rtasida o‘zaro yaqin hamkorligini bog‘lash;
avtomobilsozlik sanoatini, kamyob metallardan mahsulotlar ishlab chiqarish va uning xomashyo bazasini rivojlantirish maqsadida mahalliy xomashyo resurslari negizida qo‘rg‘oshin-kalsiyli, qo‘rg‘oshin-nikelli va boshqa turdagi qotishmalarni ajratib olishda innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish (kam uchraydigan metallardan foydalanish bilan) va jalb qilish;
qimmatbaho komponentlarni ajratib olib tovar mahsulotiga aylantirish imkonini beruvchi, birlamchi ishlab chiqarish va boyitishda, shuningdek, ikkilamchi texnogen xomashyodan yo‘ldosh metallarni ajratib oluvchi, yangi texnologiyalarni ishlab chiqarish;
rangli, qimmatbaho va noyob metallarini xorijiy kompaniyalar bilan birgalikda qazib olish va ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlik qilish, bu rangli metallurgiya mahsulotlarining tijorat tarkibini yaxshilaydi, uning raqobatbardoshligini va bozor talablariga muvofiqligini oshiradi;
“Muruntog‘” karyerida kon-transport kompleksini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish;
moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarga muvofiq shakllantirish jarayonini avtomatlashtirish;
strategik ahamiyatga ega bo‘lgan qattiq foydali qazilmalarni o‘zlashtirish uchun litsenziyalash tizimini takomillashtirish;
zamonaviy yuqori samarali geologiya-qidiruv uskunalarini joriy etish va ilg‘or texnikalar bilan ta’minlash.
qurilish materiallari sanoatida:
geologiya-qidiruv ishlari, mahalliy xomashyoni qazib olish va qayta ishlash asosida qurilish sanoatining xomashyo bazasini kengaytirish;
sement va oyna ishlab chiqaruvchi xususiy korxonalar soni va quvvatini sezilarli darajada oshirish orqali, ushbu turdagi qurilish materiallari ishlab chiqarishni demonopolizatsiya qilish va kelgusida sement va oynani monopol mahsulot turlari qatoridan chiqarish;
sohadagi investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun “O‘zsanoatqurilishbank” ATB orqali xorijiy banklarning 175 million dollarlik uzoq muddatli kredit liniyalarini jalb qilish;
mashinasozlik sohasida:
Respublikada avtotransport vositalarini ishlab chiqaruvchi barcha korxonalar uchun teng sharoitlar yaratilishini nazarda tutuvchi “Avtotransport vositalarini ishlab chiqarish sanoati to‘g‘risida”gi Nizomni qabul qilish;
Qozog‘iston tajribasidan kelib chiqqan holda Ozarbayjon, Tojikiston va boshqa mamlakatlarda ham avtotransport vositalarining sanoat usulida yig‘ishni tashkil etish bo‘yicha ishlarni jadallashtirish;
elektromobillar bozorini rivojlantirish uchun zarur infratuzilmani yaratish bo‘yicha “maqsadli dastur” ishlab chiqish;
“ERP” (ishlab chiqarish jarayoni va sotishni hisobini yuritish) zamonaviy avtomatlashtirilgan hisobot yuritish tizimini joriy etish;
qishloq xo‘jaligi texnikalarining narxlarini pasaytirish maqsadida, metall prokat iste’moli uchun belgilangan standartlarni qayta ko‘rib chiqish;
qishloq xo‘jaligi texnikalarining plastmassa qismlari, g‘ildirak disklarini ishlab chiqarish va metall quyish sexini tashkil etish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish;
elektrotexnika mahsulotlarining eksportini oshirish maqsadida, chegaradosh hududlarda savdo zonalarini yaratish (Toshkent, Andijon, Farg‘ona, Samarqand, Surxondaryo viloyatlari);
mis xomashyosini chuqur qayta ishlash hajmini 49 ming tonnagacha oshirish, misni chuqur qayta ishlash va yuqori qo‘shilgan qiymatga ega tayyor mahsulotni (elektrotexnika va boshqa sohalarda) ishlab chiqarish imkoniyatlarini yaratish maqsadida yangi investitsiya loyihalarini ishlab chiqish, ularni amalga oshirish uchun salohiyatli investorlarni jalb qilish;
elektrotexnika sanoatidagi standartlarni xalqaro standartlar bilan muvofiqlashtirish.
iste’mol tovarlarini ishlab chiqarishda:
17 ta to‘qimachilik korxonalarining 569,1 milliard so‘m kredit qarzlarini to‘lash grafiklarini inventarizatsiya qilish;
narxlarni belgilash mexanizmlarini takomillashtirish, dori vositilarini markirovkalash va kuzatish tizimini joriy qilish;
oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi tovar xomashyo birjasida maxsus alohida savdo maydonchasini yaratish;
oziq-ovqat ishlab chiqaruvchilarni davlat xaridlari jarayoniga keng jalb etish;
Respublikaning barcha hududlarida chakana savdo qoidalariga rioya qilgan holda oziq-ovqat mahsulotlari bilan “ko‘chma savdo”ni rivojlantirish orqali tayyor mahsulotlarni sotish hajmini kengaytirish.
b) tarmoq islohotlarini davom ettirish choralari:
davlat ulushi ishtirokidagi korxonalarda korporativ boshqaruvni takomillashtirish, ularni xususiylashtirishga tayyorlash, shu maqsadda xorijiy mutaxassislarni jalb qilish;
davlat korxonalarini xususiylashtirishni jadallashtirish maqsadida qarz vositalari va aksiyalar bozorini rivojlantirish.
sobiq “Toshkent mexanika zavodi” misolida hududlarda mavjud bo‘lgan, bo‘sh turgan va kam quvvatda ishlaydigan obyektlar negizida texnoparklar yaratish;
iqtisodiyotda energiya barqarorligini ta’minlash uchun ijtimoiy limit yoki kompensatsiya mexanizmining joriy etilishi bilan energiya bozorini (tabiiy gaz va elektr energiyasi) erkinlashtirish va ushbu sohaga xususiy hamda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish.
yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoatida:
ishlab chiqaruvchilar tomonidan suyultirilgan gazni sotishni faqat birja savdolari orqali amalga oshirishga o‘tish;
gidroenergetika sohasida yangi shaharsozlik normalari va qoidalarini ishlab chiqish;
“O‘zbekko‘mir” AJni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish;
logistika tizimini takomillashtirish uchun temir yo‘l vagonlariga onlayn ariza berish tizimini qo‘llash hamda shu orqali murojaat holatini kuzatish imkoniyatini joriy etish;
Navoiy viloyatidagi Sangruntov Aktau konlarida slanetsli gazni qayta ishlash bo‘yicha ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirishni o‘rganish;
davlat ulushi ishtirokidagi tarmoq korxonalarini investitsiya majburiyatlarini qabul qilgan holda xorijiy investorlarga sotish.
metallurgiya va geologiya sanoatida:
kon-transport kompleksini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish orqali “Yoshlik-I” konini o‘zlashtirish investitsiya loyihasini amalga oshirishni jadallashtirish;
qimmatli komponentlarni ajratib olib tovar mahsulotiga aylantirish imkonini beruvchi, birlamchi ishlab chiqarish va boyitishda, shuningdek, ikkilamchi texnogen xomashyodan yo‘ldosh metallarni ajratib oluvchi yangi texnologiyalarini ishlab chiqarish;
mineral-xomashyo (kamyob elementlar, volfram, molibden, qalay, nikel kabi) konlarida (shu jumladan, kam tonnali) tadqiqot ishlarini olib borish, kompleks qayta ishlash bo‘yicha yangi texnologiyalarini ishlab chiqish va ushbu metallarni ishlab chiqarish bo‘yicha yangi loyihalarni tashkil etish;
kukunli metallar va rangli metallarni qayta ishlash, zanglamaydigan po‘latdan yasalgan buyumlar va undan navli prokat ishlab chiqarish uchun ustuvor texnologiyalarni ishlab chiqarish;
mineral gidroresurslar (plast suvlar, minerallashgan suv)ni sanoat ishlab chiqarishga jalb etish uchun kamyob metallardan tuzlarni ajratib olish bo‘yicha ixtisoslashgan ishlab chiqarishni (korxona) yaratish;
rangli metallarga asoslangan holda yuqori darajada ishlov berilgan mahsulotlar ulushini ichki bozordagi talabning umumiy hajmidan kelib chiqib oshirish;
yangi ishlab chiqarish obyektlarini tashkil etish va mavjudlarini modernizatsiya qilish uchun davlat-xususiy sherikchilik mexanizmidan foydalangan holda yangi obyektlar qurilishini moliyalashtirishni tashkil etish;
tadbirkorlik subyektlarining kichik quyuv sexlarini yaratish loyihalarini amalga oshirishda ishtirokini cheklaydigan qora va rangli metallarning parchalari, chiqindilarni sotib olish va ularni qayta ishlash bo‘yicha monopoliya tartibini bekor qilish;
foydali qazilmalarning istiqbolli maydonlarini qidirishni 2021-yilda 40 foizga yetkazish;
bozorbop noruda qazilmalarni (kvars qumi, dolomit, pardozbop toshlar, bazalt, grafit va boshqalar) izlash ulushini keskin oshirish;
geologik hisobotlarni raqamli formatga o‘tkazish hamda jahon talablariga mos elektron ma’lumotlar bazasini yaratish.
qurilish materiallari sanoatida:
qurilish materiallarini diversifikatsiya qilish va uning turlarini kengaytirish, ustuvor yo‘nalishlarga muvofiq mahalliy xomashyodan sement, qurilish oynasi, zamonaviy energiya tejaydigan devorbop materiallar, keramik plitkalar va mahsulotlar, tabiiy tosh va kompozitsion materiallardan tayyorlangan mahsulotlar, pardoz materiallari va boshqa materiallar ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish;
qurilish materiallari ishlab chiqarishning energiya sig‘imini kamaytirish (quruq ishlab chiqarish usulda yoqilg‘i sarfini 127 sh.yo. gacha kamaytirish);
pishgan g‘ishtning anologik hajmini ishlab chiqarishga nisbatan tabiiy gaz sarfini 6 barobarga kamaytirish imkonini beruvchi devorbop materiallar ishlab chiqarishda, pishgan g‘isht ishlab chiqarishdan energiya tejaydigan devorbop materiallarga (gazobeton yoki g‘ovakli penobeton) bosqichma-bosqich o‘tish;
sement ishlab chiqarish korxonalari negizida qurilish materiallari klasterini yaratish.
mashinasozlik sohasida:
xalqaro konsalting kompaniyalarni jalb qilgan holda, avtomobilsozlik sanoatini rivojlantirish Strategiyasini ishlab chiqish;
avtomobilsozlik sanoatida jahonning yetakchi ishlab chiqaruvchilari (Yaponiya va Janubiy Koreya) tajribalaridan kelib chiqib, har 5 yilda ishlab chiqarilayotgan avtomobil turlarini yangilash;
avtomobilsozlik sanoatida mahalliy sanoat korxonalari tomonidan ishlatiladigan xomashyolar asosiy turlarini mahalliylashtirish (po‘lat, yassi shisha, kauchuk);
avtomobilsozlik sanoatida yuqori texnologik ehtiyot qismlarini (shassi, transmissiya, rul boshqaruvi) mahalliylashtirishni asosiy yo‘nalish etib belgilash;
texnologik uskunalarni (shtamplash, payvandlash, bo‘yash va yig‘ish liniyalari texnologiyalari) ishlab chiqish va rivojlantirish;
sohaning muhandislik salohiyatini rivojlantirish (ikkilamchi bozor uchun butlovchi qism, aksessuarlar ishlab chiqarish va tyuning);
milliy brend ostida standartlashtirilgan traktor modellarini ommaviy ishlab chiqarish;
“Lean menedjment”, “Kaydzen”, “5S”, “Kanban” texnologiya va standartlari asosida kamxarj usullarda qishloq xo‘jaligi texnikalari ishlab chiqarish samaradorligini oshirish;
qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarish unumdorligini oshirish maqsadida, ba’zi kam samarali korxonalar tarkibini qayta qurish va bir turdagi texnika ishlab chiqarishga ixtisoslashtirish;
import qilinayotgan tayyor elektrotexnika va elektromaishiy texnika mahsulotlariga utilizatsiya yig‘imini joriy etish;
elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqaradigan yetakchi xorijiy kompaniyalarni jalb qilish;
elektrotexnika sanoatida energiya va boshqa resurslarni tejaydigan texnologiyalarni, shu jumladan, qayta tiklanadigan energiya manbalarini joriy qilish va ilg‘or texnologiyalarni joriy etish orqali energiya samaradorligiga erishish;
mudofaa sanoatida yangi avlod elektrotexnika mahsulotlari va sanoat jihozlari ishlab chiqarishni tashkil etish;
Koreyaning Ilg‘or Texnologiyalar Instituti (KAIST), Tokio Ilg‘or Texnologiyalar Instituti (Yaponiya), “Nanyang” Texnologiya Universiteti (Singapur), “Sinxua” universiteti (Xitoy) vakillari bilan muzokaralar o‘tkazish orqali davlat-xususiy sherikchilik tamoyillari asosida Toshkentda sohani yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash maqsadida, elektronika va elektrotexnika sohasidagi mustaqil o‘quv yurtini tashkil qilish.
iste’mol tovarlarini ishlab chiqarishda:
tijorat banklari tomonidan eksportdan oldingi moliyalashtirishni kamida 6 oy muddatga aylanma liniyalar shaklida taqdim etish amaliyotlarini joriy etish;
2020 — 2022-yillarda 150 million dollardan kam bo‘lmagan miqdorda charm-poyabzal sanoatidagi investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun xorijiy banklarni uzoq muddatli kredit liniyalarini jalb etish;
respublikada, shu jumladan, mavjud kichik biznes subyektlari negizida qo‘shma korxonalarni tashkil etish uchun tayyor mahsulotlarni tikish bo‘yicha yirik buyurtmalarni shakllantirish hamda eksportbop tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan jahon brendlarini jalb qilish;
xalqaro tashkilotlar ko‘magida, tarmoq korxonalariga AQSh va Yevropada tan olingan zamonaviy xalqaro sertifikatlarni olishni tashkil etish;
korxonalarda sifat boshqaruvi tizimini va xalqaro standartlar talablariga muvofiq ilg‘or texnologiyalarni joriy etish;
Yevropa Ittifoqi, Turkiya, Koreya, Hindiston, Xitoy va boshqa mamlakatlardan kiyim-kechak, trikotaj, charm-poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi mutaxassislarni maslahatchi sifatida sohani isloh qilish bo‘yicha jalb etish;
xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda yuqori malakali kadrlar (texnolog va dizaynyerlar), ularni zamonaviy usullarda hamda ishlab chiqarish uchun innovatsion yondashuvlarga o‘rgatish bo‘yicha chet el universitetlarini (Yevropa Ittifoqi, Turkiya, Xitoy, Hindiston, Rossiya) tashkil etish;
farmatsevtika sanoatida kadrlarni tayyorlash uchun Buyuk Britaniyaning ilg‘or universitetlarini (De Montfort, Sanderlend, Dandi) jalb qilish;
ichki bozorda narx barqarorligini ta’minlash va iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi korxonalarning eksport salohiyatini oshirish maqsadida iste’mol tovarlari va qayta ishlangan mahsulotlar uchun yangi quvvatlar va omborlar yaratish
Dostları ilə paylaş: |