Sanoat korxonalarining innovatsion faoliyat samaradorligini oshirish muammolari kurs ishi
Innovatsion jarayon sub’ektlarini quyidagilarga bo’lish mumkin: Novatorlar - ilmiy - tenik bilimlar generatori hisoblanadi. Bular katoriga kka tartibdagi ixtirochilar, tadqiqot tashkilotlari kirishi mumkin. Ular ixtirolardan foydalanishda keladigan daromadlarning bir qismini olishga muvaffaq bo’ladilar.
Dastlabki retsipientlar - yangilikni birinchi bo’lib o’zlashtirgan tadbikorlar hisoblanadi. Ular yangiliklarni bozorga tezlik bilan chiqarish yo’li bilan qo’shimcha daromad olishga intiladilar. Ular «kashshof» nomini olganlar.
Dastlabki ko’pchilik - kiritiladigan yangiliklarni ishlab chiqarishga birinchilaran bo’lib joriy etgan firmlar sifatida namoyon bo’ladi. Bu ularga qo’shimcha daromad ta’minlaydi.
Orqada qoluvchilar - kiritiladigan yangiliklardan kechga qolib, ma’naviy eskirgan mahsulotlarni ishlab chiqarishga olib keluvchi vaziyat bilan yuzma - yuz to’qnashuvchilar sifatida namoyon bo’ladilar.
Novatorlardan tashqari boshqa barcha guruxlar imitatorlar hisoblanadi.
Innovatsion jarayonni 3 ta mantiqiy shakli farqlanadi:
Oddiy ichki tashkiliy (tabiiy)
Oddiy tashkiliy oraliq (tovar)
Kengaytirilgan
Oddiy ichki tashkiliy innovatsion jarayon - bu yangilikni bir korxonada kiritilishi va foydalanishidir. Bu xolda yangilik tovar xarakteriga ega bo’lmaydi.
Oddiy tashkiliy oraliq innovatsion jarayonda yangilik oldi - sotdi predmeti hisoblanadi. Bu innovatsion jarayon shakli yangilikni yaratuvchi bilan ishlab chiqaruvchining funktsiyasini uning iste’molchi funktsiyasidan farqini ko’rsatadi.
Kengaytirilgan innovatsion jarayon - bu yangilanish, yangi ishlab chiqaruvchilar kurinishida namoyon bo’ladi. Ishlab chiqaruvchining monopol xarakteri bo’ziladi, tomonlar orasidagi bog’liqlik raqobat orkali ishlab chiqarilayotgan tovarlarni iste’mol xususiyati takomillashtirib boradi. Tovar innovatsion jarayoni sharoitida eng kamida ikkita xo’jalik sub’ekti xarakat kiladi - ishlab chiqaruvchi va iste’molchi.
Agar yangilik - texnologik jarayon bo’lsa, u yerda ishlab chiqaruvchi va iste’molchi bitta xo’jalik yurituvchi sub’ekt bo’lishi mumkin.