T. S. Malikov moliya


T.S.Malikov, N.H.Haydarov



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/193
tarix27.12.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#200010
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   193
Moliya 2018 (o\'quv qo\'llanma)

T.S.Malikov, N.H.Haydarov
di. Agar inflyatsiyani hisobga olgan holda indeksatsiyalana­
digan obligatsiyalar haqida gapiradigan bo‘lsak, mazkur ho-
latda foiz stavkasi iste’mol savatiga kiruvchi aniq tovarlar 
narxini hisobga olgan holda hisoblab chiqariladi. Ushbu 
savatni hisobga olgan holda foiz stavkasi risksiz, kafolat-
langan real stavka hisoblanadi.
2.16-nazorat uchun savol
Faraz qilaylik, 
TIPS 
bo‘yicha real yillik foiz stavkasi 
3,5%ni, AQShdagi kutilayotgan inflyatsiya darajasi esa yiliga 
4%ni tashkil etadi. Unda ushbu obligatsiyalar bo‘yicha kuti-
layotgan daromadlilikning nominal stavkasi qanday bo‘ladi?
7.5. Foizli stavkalarni tenglashtirish
Moliyaviy bozordagi raqobat ekvivalent
207
aktivlarga ki-
ritilgan mablag‘lar bo‘yicha 
foiz stavkalari
bir xil bo‘lishiga 
olib keladi. Faraz qilaylik, misol uchun bir yillik AQSh G‘az-
nachilik veksellari bo‘yicha bugungi kunda 4% to‘lamoq-
dalar. Boshqa ilg‘or moliya tashkilotlarining, misol uchun 
Jahon banki (World bank)ning dollarli qarz majburiyatlari 
bo‘yicha yillik foiz stavkalari (ushbu holatda ham to‘lol-
maslik riski mutlaqo yo‘qligini hisobga olgan holda) qanaqa 
bo‘lishi mumkin?
Buning javobi quyidagicha bo‘lishi kerak: taxminan yil-
lik 4%.
Endi bunday javob qanday olinganini ko‘rib chiqa miz. 
Faraz qilaylik, Jahon banki jalb qilinayotgan mablag‘lar 
bo‘ 
yicha 4%dan pastroq stavkani taklif qilmoqda. Ma’lu-
motlardan boxabar investorlar bunday stavka evaziga uning 
qimmatli qog‘ozlarini olmaydi, balki AQSh G‘aznachiligining 
bir yillik veksellarini sotib oladi. Agar Jahon banki o‘z ob-
207
“Ekvivalent” lotincha “aequivalens” “aequivalentis” – teng kuchli, teng 
qiymatli. Biror narsaga teng yoki biror jihatdan mos keladigan va uning o‘rni-
ni bosa oladigan boshqa narsa. Teng, teng bo‘lgan; mos keladigan, o‘rnini 
bosa oladigan. Qarang: o‘sha manba. J.V. - B.24.


Moliya
149
ligatsiyalarini astoydil sotish niyatida bo‘lsa, kamida AQSh 
G‘aznachiligining stavkasini taklif qilishi kerak bo‘ladi.
Jahon Banki 4%dan ancha yuqori bo‘lgan stavkani 
taklif etarmikan? Agar moliya-kredit muassasasi qarzlar 
bo‘yicha xarajatlarni imkon qadar kamaytirishni istasa (asli-
da moliya-kredit muassasalari barchasining maqsadi shu), u 
haqiqatda investorlarni jalb qilish uchun zarur bo‘lgan nar-
sani taklif etadi. Demak, to‘lamaslik riskidan xoli bo‘lgan, 
muddati bir yillik har qanday dollarli ssudalar va qarzlar ana 
o‘sha 4%ga, ya’ni bir yillik g‘aznachilik veksellari daromadli-
ligi stavkasiga yaqinlashish tendensiyasiga ega.
Agar tashkilotlar teng sharoitda har xil foizli stavkalar-
da pul olish yoki qarz berishga qodir bo‘lsalar, unda ular 
foizli arbitraj
208
(interest-rate arbitrage) bilan shug‘ullanish-
lari ma’lum bo‘ladi. Boshqacha aytganda, ular pulni past-
roq foizli stavkada olib, yuqoriroq foizli stavkada qarzga be-
radilar. Tabiiyki, bunday harakatlar masshtabining kenga-
yishi yana foizli stavkalarning tenglashishiga olib keladi.

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin