240
T.S.Malikov, N.H.Haydarov
14.5. Likvidlik va kassa rejasini bajarish
Milliarder Xovard Xyuzning (Howard Hughes) naqd pul
va kredit kartochkalarisiz uni hech kim tanimaydigan sha-
harda qolib ketgani to‘g‘risida afsona bor. Ovqat,
boshpana
va yo‘lkiraga puli bo‘lmaganligidan uning sovuq va ochlik-
dan o‘lishiga biroz fursat qolgan, xolos. Har qanday kor-
poratsiya xuddi shunday ahvolga tushib qolishi mumkin.
Iqtisodiy ko‘rsatkichlari va obro‘si baland firmalar ham jid
-
diy moliyaviy muammolarga duch kelishi
va hatto bir kun
kelib to‘satdan puli tugab qolsa yoki kreditni qaytara ol-
masa bankrotlikka (kasodga) uchrashi mumkin. Kamdan
kam hollarda faqat qisqa muddatli daromad va xarajatlar-
ni samarali boshqarish evazigagina katta muvaffaqiyatga
eri shish mumkin. Ammo ular noto‘g‘ri
boshqarilsa firma
bankrotlikka yuz tutishi aniq.
Xovard Xyuzning muammosi shunda ediki, u nolikvid
-
lik vaziyatiga tushib qolgan edi. Jismoniy yoki yuridik
shaxs ma’lum xarid uchun zudlik bilan to‘lash yoki o‘z qar-
zini belgilangan muddatda to‘lash uchun zarur mablag‘ga
egaligi holati
likvidlik
(liquidity), deyiladi. Aks
vaziyat no-
likvidlikni anglatadi, ya’ni inson yoki firma ma’lum xarid
uchun zudlik bilan to‘lash yoki o‘z qarzini belgilangan mud-
datda to‘lash uchun zarur mablag‘ga ega, ammo buni zud-
lik
bilan amalga oshirolmaydi
258
.
Aktivlarining nolikvidligi oqibatida biror-bir muammo
kelib chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun firma bo‘lajak daro
-
mad va xarajatlar bo‘yicha prognozlarni imkon qadar aniq
tuzishi kerak. Ushbu barcha prognozlar aks ettiriladigan
reja kassa rejasi (cash budget), deb ataladi.
258
Aktivlar likvidligi ularni qanchalik tez va
bezarar pulga aylantirish
mumkinligi bilan belgilanadi. Likvidlik darajasining samarali mezoni bu
ular sotib olingan narx va ularni zudlik bilan qayta sotish narxi o‘rtasidagi
farqdir. Shunday qilib, Siz sotib olingan yangi avtomobil likvidligi uning
uchun to‘langan narx va shu zahoti boshqa
odamga sotishingiz mum-
kin bo‘lgan narx o‘rtasidagi farq bilan belgilanadi. Birja bozorida savdoga
qo‘yiladigan aktivlar likvidligi talab va taklif o‘rtasidagi farq bilan belgila-
nadi. Pul mablag‘lari aslida “0” spredli aktiv hisoblanadi.