Moliya
239
bo‘lib, bu muddatdan kreditorlik qarzi muddati olib tashla-
nadi, ya’ni:
Pul mablag‘lari
aylanishi sikli
davomiyligi
=
Tovar-moddiy
zaxiralarning
korxonada
bo‘lish vaqti
+
Debitorlik
qarzi
muddati
–
Kreditorlik
qarzi
muddati
Zaruriy aylanma kapital hajmi pul mablag‘lari aylanishi
sikli davomiyligiga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq.
Agar kreditorlik
qarzi muddati yetarlicha davomli bo‘lib, tovar-moddiy zaxi-
ralarining korxonadaligi vaqti bilan debitorlik qarzlari mud-
datini o‘z ichiga olsa, firmaga aylanma kapitalning umu
-
man keragi bo‘lmaydi.
Qanday amal (harakat)lar
kompaniyalarning aylanma
kapitaliga bo‘lgan ehtiyojini qisqartirish imkonini beradi?
Pul mablag‘lari aylanishi sikli davomiyligini hisoblash teng-
lamasidan ko‘ramizki, firma o‘zinining aylanma kapital
-
ga bo‘lgan ehtiyoji darajasini quyidagi tarzda kamaytirishi
mumkin:
•
Zahiralar omborda saqlanadigan vaqtni qisqartirish
.
Bunga erishish uchun tovar-moddiy boyliklar harakati-
ni boshqarish jarayonini takomillashtirish yoki mahsu-
lotni faqat ishlab chiqarish jarayonida unga ehtiyoj tug‘il-
gan vaqt da aniq yetkazib bera
oladigan mahsulot yetkazib
beruv chilar bilan shartnoma tuzish kerak.
•
Debitorlik qarzlarini tezroq pulga aylantirish.
Bun-
ga bir necha yo‘l bilan erishish mumkin. Masalan, qarz-
larni undirish jarayoni samaradorligini oshirish, tezroq
to‘laydigan mijozlarga chegirmalar taklif etish, shuningdek,
to‘lash muddati kechiktirilgan hisoblarga foiz yozish orqali.
•
O‘z kreditorlik qarzlarini to‘lash muddatini cho‘zish
orqali.
Dostları ilə paylaş: