234
T.S.Malikov, N.H.Haydarov
Ushbu savolga javob berish uchun kompaniyaning
tashqi moliyalashtirish imkoniyatlari quyidagilar bilan
cheklanadi, deb faraz qilamiz:
– Firma yangi aksiyalarni muomalaga chiqarishni re-
jalashtirmayapti. Demak, firmaning aksiyadorlik
kapitali
taqsimlanmagan daromadni ko‘paytirish
natijasidagina
oshi shi mumkin.
– Firma o‘z kapitali va qarz olingan kapital nisbati koef-
fitsiyentini oshirishni istamaydi. Demak, taqsimlanmagan
daromad o‘sishi natijasida kompaniyaning o‘z kapitali qan-
day sur’atda oshsa, tashqi
qarz summasi ham xuddi shu
sur’atda oshadi.
Bunday sharoitda firmaning o‘z kapitali qancha tez
ko‘paysa, firmaning o‘zi ham shuncha tezlikda rivojlana
-
di. Firmaning rivojlanishi undan-da tezroq bo‘laolmaydi.
O‘z kapitali o‘sishi koeffitsiyenti
barqaror o‘sish koeffitsi
-
yenti,
deb ataladi (sustainable growth rate). Barqaror o‘sish
koeffitsiyenti quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
Barqaror o‘sish
koeffitsiyenti
=
Foydani
ushlab
turish koeffitsiyenti
×
Kapital daromadliligi
koeffitsiyenti (ROE)
Barqaror o‘sish tenglamasini keltirib chiqarish
Barqaror o‘sish koeffitsiyenti =
Aksiyadorlik kapitali
o‘sishi sur’atlari
Agar firma yangi aksiyalar chiqarmasa, uning aksi
-
yadorlik kapitali o‘sishi sur’atlari yil boshidagi aksiyadorlik
kapitali miqdoriga bo‘lingan taqsimlanmagan daromad o‘si-
shi sur’atlariga teng bo‘ladi:
Aksiyadorlik kapitali
o‘sishi sur’atlari
=
Taqsimlanmagan foydaning o‘sishi
Yil boshidagi aksiyadorlik kapitali
Lekin:
Taqsimlanmagan
foydaning o‘sishi
= Foydani ushlab
turish
koeffitsiyenti
X
Sof foyda
Foydani ushlab turish koeffitsiyenti – bu firma sof foy
-
dasining aksiyadorlarga dividend sifatida to‘lanmagan yoki
kompaniyaning muomaladagi aksiyalarini sotib olishga
Moliya
235
sarflangan qismi. Ta’rifga ko‘ra bu ko‘rsatkich quyidagicha
aniqlanadi:
Daromadni
ushlab turish
koeffitsiyenti
= 1 –
Dividendlarni
to‘lash
koeffitsiyenti
– Aksiyalarni qayta sotib
olish koeffitsiyenti
Binobarin, o‘rniga qo‘yish usulidan foydalanib quyida-
gini olamiz:
Aksiyadorlik
kapita lining
o‘sishi sur’ati
=
Foyda
ni ushlab turish koeffitsiyenti
X
Sof foyda
Aksiyadorlik kapitali
yoki boshqacha qilib aytganda:
Aksiyadorlik kapitalining
o‘sishi sur’ati
=
Foydani ushlab turish
koeffitsiyenti
X
ROE
Va, shu tariqa, biz yana barqaror o‘sish koeffitsiyentiga
ega bo‘lamiz:
Barqaror o‘sish
koeffitsiyenti
=
Foydani ushlab turish
koeffitsiyenti
X
ROE
Dostları ilə paylaş: