T. S. Malikov moliya


Moliya 227 14.2. Moliyaviy rejalashtirish modelini yaratish



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə165/193
tarix27.12.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#200010
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   193
Moliya 2018 (o\'quv qo\'llanma)

Moliya
227
14.2. Moliyaviy rejalashtirish modelini yaratish
Moliyaviy rejalar odatda, miqdoriy modellarda aks et-
tiriladi. Bu modellar qisman yoki to‘liqligicha firmaning 
moliyaviy hisobotlaridagi ma’lumotlar asosida yaratiladi. 
Misolda ko‘rsatish uchun bundan oldin biz moliyaviy re-
jalarini tahlil qilgan xuddi o‘sha gipotetik kompaniya, ya’ni 
“XYZ” korporatsiyasi uchun yillik moliyaviy reja tuzishni 
taklif etamiz. Aytaylik, “XYZ” bu 10 yil avval tashkil etil
-
gan kompaniya bo‘lib, u iste’mol mollari ishlab chiqarish va 
sotish bilan shug‘ullanadi. 14.2.1-jadvalda kompaniyaning 
3 yillik moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotlari va ba-
lanslari keltirilgan.
Endi faraz qilaylik, moliyaviy hisobot – bu kompaniya 
to‘g‘risida Sizning ixtiyoringizda bo‘lgan yagona ma’lumot 
manbayi. Shunday qilib, keyingi yilga reja ishlab chiqish 
kerak. Eng oson usul quyidagilardan iborat: keyingi yilga 
sotuv hajmi bo‘yicha prognoz tuzish va moliyaviy natijalar 
to‘g‘risidagi hisobot va balansdagi qismlarning ko‘pchiligidagi 
qiymatlar o‘tgan yil darajasida qolishini taxmin qilish kerak. 
Bunday usul 
sotuvdan foizlar usuli 
(percent-of-sales-meth-
od), deb ataladi. Keling, bu usuldan qanday foydalanishni 
“XYZ” korporatsiyasi misolida ko‘rsatib beramiz.
Dastlab o‘tgan yillar ma’lumotlarni sinchkovlik bi-
lan tahlil qilib, sotuvlar hajmi (yalpi tushum)ga nisbatan 
o‘zgarishsiz qolgan moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot 
va balansning elementlarini aniqlab olishimiz zarur. Bu biz-
ga qaysi moddalarni oldindan ko‘zlangan kelgusi sotuvlar 
hajmi (yalpi tushum) asosida maksimal darajadagi aniqlik 
bilan prognozlashtirish, qaysilarini esa boshqa ko‘rsatkich 
asosida bashorat qilish mumkinligini bilib olish imkoniya-
tini yaratadi. Ko‘rib chiqilayotgan kompaniyaning hisobot-
laridan ko‘rinib turibdiki, quyidagi moddalar sotuvlar haj-
mi (yalpi tushum)ga nisbatan o‘zgarishsiz qolgan: sotilgan 
mahsulot tannarxi, foizlar va soliqlar to‘lashdan oldingi foy-
da (EBIT) (asosiy faoliyatdan olingan daromad) va aktivlar. 
Foiz to‘lovlari (shaklidagi) xarajatlari, soliqlar, sof foyda va 


228

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin