246
T.S.Malikov, N.H.Haydarov
so‘m, bozor qiymati 40,0 so‘m edi. Yil oxiriga kelib, ko‘rsat
kichlar 32,0 va 35,0 so‘mni tashkil etdi. ROE koeffitsiyenti
va umumiy aksiyadorlik daromadliligi ko‘rsatkichini TSR (to
tal shareholder returns) taqqoslang.
Javob:
ROE = 5/30 = 16,67%,
TSR = (3 + 35 - 40) / 40= - 5%.
3.8-nazorat uchun savol.
Kompaniya faoliyatini tah
lil qilish uchun qanday asosiy moliyaviy koeffitsiyentlardan
foydalaniladi?
Javob: Moliyaviy koeffitsiyentlarning
beshta asosiy turi
bor: rentabellilik, aktivlar aylanuvchanligi, moliyaviy “das-
tak”, likvidlik va bozor qiymati koeffitsiyentlari.
3.9-nazorat uchun savol.
Agar “A” firmasining aktivlari
daromadliligi (ROA) “B” firmasinikidan ko‘p va ikkala kom
paniyaning aktivlar daromadliligi koeffitsiyenti (ROA) teng
bo‘lsa, “A” firmasining sotuvlar rentabelligi koeffitsiyenti
(ROS) qanday bo‘lishi kerak?
Javob: “A” firmasining ROS koeffitsiyenti “B” firmasi
ning xuddi shu koeffitsiyentidan yuqori bo‘lishi kerak.
3.10-nazorat uchun savol.
Agar kompaniya obligatsi
yalarining foiz daromadlari aktivlar daromadliligi koeffitsi
yentiga teng bo‘lsa, kompaniyaning moliyaviy “dastagi” orti
shi uning kapitali daromadliligiga (ROE) qanday ta’sir qiladi?
Javob: ROE o‘zgarishsiz qoladi (o‘zgarmaydi).
Dostları ilə paylaş: