T. S. Malikov moliya


T.S.Malikov, N.H.Haydarov



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/193
tarix27.12.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#200010
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   193
Moliya 2018 (o\'quv qo\'llanma)

T.S.Malikov, N.H.Haydarov
REZYUME
112
Zamonaviy moliya – bu odamlarning ma’lum 
vaqt mo
­
baynida
defitsit pul resurslari kirimi (daromadi) va chiqimi 
(xarajati)ni qanday boshqarishlari to‘g‘risidagi fan. Moliyaviy 
qarorlar shunisi bilan ajralib turadiki, kirim (daromad) va 
chiqim (xarajat); 1) vaqt oralig‘ida tarqatilgan; 2) odatda, 
ularning bo‘lajak miqdorini na qaror qabul qiladiganlar va na 
boshqa biror odam bashorat qila olmaydi.
Zamonaviy moliya nazariyasi shunday doktrinaga asos-
lanadiki, unga ko‘ra moliya tizimining eng asosiy vazifa-
si insonlar ehtiyojini, shu jumladan oziq-ovqat, kiyim-ke-
chak va uy-joyga bo‘lgan barcha asosiy hayotiy ehtiyojlarni 
qondirishdan iborat. Iqtisodiy faoliyatning har qanday sub-
yektlari (firmalar ham, barcha darajadagi davlat hokimi
-
yati organlari ham) ushbu asosiy vazifani bajarishga hissa 
qo‘shish uchun tashkil etiladi (gan).
Zamonaviy moliyani o‘rganish uchun kamida quyidagi 
beshta o‘ta muhim sabab mavjud:
• 
o‘z pul mablag‘laridan samarali foydalanish;
• 
biznes dunyosida muvaffaqiyatli faoliyat yuritish;
• 
qiziqarli va daromadli karyera qilish;
• 
mamlakat iqtisodiy siyosatiga ta’sir qiladigan ongli 
fuqarolik qarorlari qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lish;
• 
dunyoqarashni kengaytirish. 
Zamonaviy moliya nazariyasi doirasida xatti-harakatlari 
o‘rganiladigan asosiy subyektlar – bu uy xo‘jaliklari, firmalar, 
moliyaviy vositachilar va hukumat tashkilotlari. Bunda uy 
112
O‘zbek tilidagi “rezyume” so‘zi fransuz tilidagi “rezumer” so‘zidan 
olingan bo‘lib, ba’zi birovlar talqin qilayotganidek aynan “xulosa”ni ang-
latmasdan, balki yozilgan, aytilgan yoki o‘qilgan matn mazmunining qis-
qacha bayonini anglatadi. Qarang: o‘sha manba. J.III. – B. 372. “Xulosa” 
so‘zi esa Ona tilimizga arab tilidan kirib kelgan bo‘lib, “saralangan narsa; 
natija; qisqacha bayon, mazmun; mohiyat” deb tarjima qilinsa-da, asosan, 
“yuritilgan fikr yoki mulohazaning mantiqiy natijasi, yakun” ma’nosida 
ishlatiladi. Qarang: o‘sha manba. J.IV. – B.422. Ana shularni inobatga 
olgan holda har ikki so‘zning o‘xshash va farqli jihatlarini aniqlang-chi?!


Moliya
73
xo‘jaliklari alohida o‘rin tutadi, chunki butun moliya tizimin-
ing asosiy vazifasi odamlarning ehtiyojlarini qondirish 
dan 
iborat va nazariyada bu ehtiyojlarga mavjud narsa, deb qa-
raladi. Zamonaviy moliya nazariyasi uy xo‘jaliklarining xat-
ti-harakatlarini o‘z ehtiyojlarini qondirish, deb baholaydi, har 
qanday firma esa uning faoliyati aholi farovonligiga qay tarz
-
da ta’sir ko‘rsatishi nuqtayi nazaridan baholanadi. 
Odatda, tarkibi va hajmi turlicha bo‘lgan oilalar uy 
xo‘jaliklari, deb ataladi. Bir taraf (qutb)da bir necha av-
lod vakillaridan tashkil topgan, bir uyda yashaydigan va 
ma’lum iqtisodiy resurslarga birgalikda egalik qiladigan 
katta oilalar tursa, qarama-qarshi taraf (qutb)da bir o‘zi 
yashaydigan va an’anaviy oila tushunchasiga mos kelmay-
digan yakka inson turadi. Ammo Zamonaviy moliyada bun-
day oila ham uy xo‘jaligi hisoblanadi. 
Odatda, uy xo‘jaliklariga to‘rt xil moliyaviy qaror qabul 
qilishga to‘g‘ri keladi. 
• 
Pul mablag‘larini iste’mol qilish va jamg‘arish to‘g‘risi
­
dagi qarorlar.
Oila boyligining qaysi qismini iste’molchilik ehtiyojlariga 
sarflash mumkin, joriy daromadning qaysi qismini kelajakda 
sarflash uchun saqlab qo‘yish va jamg‘arib borish kerak?
• 
Investitsiyalar bilan bog‘liq qarorlar yoki investitsion 
qarorlar.
Mavjud jamg‘armalarni qaysi (qanday) aktivlarga yo‘nal-
tirish (joylashtirish) kerak?
• 
Moliyalashtirish to‘g‘risidagi qarorlar.
Uy xo‘jaligi 
o‘z iste’molchilik va investitsion rejalarini amalga oshirish 
uchun qachon va qay tarzda qarz olingan mablag‘dan foy-
dalanishi kerak?
• 
Riskni boshqarish bilan bog‘liq qarorlar.
Uy xo‘ja-
liklari qanday qilib va qanday shartlarda moliyaviy vaziyat 
mavhumligi darajasini kamaytirishlari kerak va yo‘l qo‘yi-
ladigan risk darajasini qachon oshirishi zarur? 
Biznes sohasida moliyaviy qaror qabul qilishning uchta 
asosiy doira (soha)si mavjud: a) investitsiyalarni rejalashti-


74

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin