T. S. Malikov moliya


NAZORAT SAVOLLARIGA JAVOBLAR



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/193
tarix27.12.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#200010
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   193
Moliya 2018 (o\'quv qo\'llanma)

NAZORAT SAVOLLARIGA JAVOBLAR
1.1-nazorat savoli. 
Uy xo‘jaliklari qabul qilishiga to‘g‘ri 
keladigan moliyaviy qarorlarning to‘rtta asosiy turi qanday? 
Har biriga misol keltiring

Javob:
• 
Mutanosiblik (nisbatlar) borasidagi qarorlar.
Bu qa-
rorga ko‘ra mablag‘lar iste’mol qilish va jamg‘arish uchun 
yo‘naltiriladi, masalan, bolalarning ta’limi uchun yoki pen-
siya jamg‘armasi sifatida qancha mablag‘ ajratib qo‘yish 
kerak?


76
T.S.Malikov, N.H.Haydarov
• 
Investitsiyalarga taalluqli qarorlar
: masalan, aksiya 
yoki obligatsiyalar sotib olish uchun qancha mablag‘ni in-
vestitsiyalash kerak? 
• 
Moliyalashtirish to‘g‘risidagi qarorlar
: masalan, uy yoki 
avtomobil sotib olish uchun qanday turdagi qarzdan foyda-
lanish kerak?
• 
Riskni boshqarish bilan bog‘liq qarorlar
: masalan, meh-
natga layoqatsizlik bo‘yicha sug‘urta olish to‘g‘ri bo‘ladimi?
1.2-nazorat savoli. 
Firmalar qabul qilishiga to‘g‘ri ke
­
ladigan moliyaviy qarorlarning asosiy turlari qanday? Har 
biriga misol keltiring

Javob:
• 
Investitsiyalarni rejalashtirish bilan bog‘liq qarorlar:
masalan, yangi mahsulot ishlab chiqarish uchun kompani-
yaning yangi zavod qurishi to‘g‘ri bo‘ladimi?
• 
Biznesni moliyalashtirish to‘g‘risidagi qarorlar
: masa-
lan, kapital tuzilmasining qancha qismini qarz majburiyat-
lari, qancha qismini kompaniyaning o‘z kapitali tashkil eti-
shi kerak? 
• 
Aylanma kapitalni boshqarish bilan bog‘liq qarorlar:
masalan, mijozlarga kredit berish kerakmi, yoki to‘lovni to-
var yetkazib berilishi bilanoq talab qilgan to‘g‘rimi?

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin