T. S. Malikov moliya



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/193
tarix27.12.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#200010
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   193
Moliya 2018 (o\'quv qo\'llanma)

moliyaviy vositachilar,
deb ataladi
121
. Ularning tarkibi 
asosan, banklar, investitsion va sug‘urta kompaniyalari-
dan iborat. Moliyaviy vositachilarning moliyaviy xizmatlari 
qatoriga hisobraqamlarni ochish, tijorat qarzlari va ipote-
120
Fyuchers (fyuchers shartnomasi) inglizcha “futures” so‘zidan olin-
gan bo‘lib, hosila moliyaviy instrument sanaladi. U bazaviy aktivning 
oldi-sotdisi bo‘yicha standart muddatli shartnoma bo‘lib, unga ko‘ra to-
monlar (sotuvchi va xaridor) baholarning darajasi va mol yetkazib be-
rish muddatlari xususida kelishib oladilar. Aktivning qolgan parametrlari 
(miqdori, sifati, qadoqlash, markirovka qilish va h.k.lar) birja shartnoma-
sining maxsus qismida oldindan kelishib olingan bo‘ladi. Tomonlar birja 
oldida fyuchersning ijro etilishiga qadar majburiyatli hisoblanadilar. Man-
ba: 
http://ru.wikipedia.org /wiki/ Fyuchers
.
121
Nega ularning aynan “moliyaviy vositachilar” deb atalish sabab-
larini bilishda “vositachilar”dagi o‘zak so‘z hisoblangan “vosita” so‘zining 
lug‘aviy ma’nosini bilish alohida ahamiyatga ega. Shu munosabat bilan 
ta’kidlash lozimki, Ona tilimizda ishlatilayotgan “vosita” so‘zi arab tilidan 
kirib kelgan bo‘lib, u so‘zma-so‘z “chora, tadbir, usul; o‘rta, o‘rtadagi” deb 
tarjima qilinadi va O‘zbek tilida quyidagi ma’nolarni anglatish uchun ish-
latiladi: 1. Biror maqsadga erishish yoki biror ishni amalga oshirish uchun 
dastak bo‘lib xizmat qiladigan narsa, qurol; 2. Umuman, biror narsani 
amalga oshirish uchun xizmat qiladigan, foydalaniladigan narsa, omil; 3. 
Orqali, tufayli. “Vositachi” deyilganda esa, “biror ishning amalga oshirili-
shida vosita rolini o‘ynovchi kimsa yoki narsa” tushuniladi. Qarang: o‘sha 
manba. J. I.– B. 468-469. 


86
T.S.Malikov, N.H.Haydarov
ka
122
kreditlarini berish, sug‘urta shartnomalarining keng 
doirasiga hamda o‘zaro jamg‘armalarda ishtirok etishga yo‘l 
ochish kiradi.
Zamonaviy moliyaviy tizim global (dunyo miqyosidagi) 
xarakterga ega. Moliyaviy bozorlar va vositachilar bir-birlari 
bilan keng qamrovli xalqaro telekommunikatsiya tarmog‘i 
orqali o‘zaro bog‘liq bo‘lib, to‘lovlarni o‘tkazish va qimmatli 
qog‘ozlar savdosi aslida shu tarmoq tufayli kecha-yu-kun-
duz amalga oshirilmoqda. Shunday qilib, aytaylik, agar 
Germaniyada joylashgan yirik uyushma (korporatsiya) yan-
gi loyihani moliyalashtirishga qaror qilmoqchi bo‘lsa, unda 
u sarmoyaga oid har qanday imkoniyatlarni, jumladan, 
aksiyalarni chiqarish va London yoki Nyu-York fond bir-
ja
123
larida sotish yoki biror-bir yapon pensiya fondidan qarz 
olish va hokazolarni ko‘rib chiqadi. Buning ustiga so‘nggi 
holatda qarz yevro, shuningdek, yapon iyenasi yoki AQSh 
dollarida ham taqdim etilishi mumkin
124
.

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin