T. S. Malikov moliya


T.S.Malikov, N.H.Haydarov



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/193
tarix27.12.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#200010
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   193
Moliya 2018 (o\'quv qo\'llanma)

T.S.Malikov, N.H.Haydarov
Faraz qilaylik, masalan, Siz kollej yoki akademik lit-
seyni bitirdingiz va o‘qishni davom ettirishni, yangi uy sotib 
olishni yoki o‘z ish (biznes)ingizni yo‘lga qo‘yishni xoxla-
yapsiz. Aytingchi, buning uchun kerak bo‘lgan mablag‘larni 
qayerdan olasiz?
115
Bozor iqtisodiyotining umume’tirof etilgan eng od diy tar-
tib-qoida (prinsip)laridan kelib chiqiladigan bo‘lsa, bu savol-
ga sira ham “o‘zbekona” qilib “ Qayerdan bo‘lardi? Albatta, 
ota-onam, akam, tog‘am-amakim yoki amma-xo 
lamdan-
da!”,- deb javob berib bo‘lmaydi. Ushbu savolga obyektiv 
ja vob berish eng avvalo, Sizning aynan qanday mamlakatda 
yashayotganingizga juda bog‘liq. Turli mamlakatlarda oila, 
davlat tashkilotlari va bozor institutlari (masalan, banklar 
va fond bozorlari) iqtisodiy faoliyatni moliyalashtirish jara-
yonida har xil funksiyalarni bajaradilar
116
. Bundan tashqari 
bu o‘rinda ularning roli ham vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishini 
esda tutmoq zarur.
Zamonaviy moliyaning bu qismida moliyaviy tizim faoliyat 
ko‘rsati-shining mohiyati va uning evolyutsion (tadrijiy) yo‘na-
lishini ifodalovchi tub asoslar bayon qilinadi. Avvalo, moli-
yaviy bozorlar va vositachilar tomonidan pul oqimi harakatiga 
ko‘maklashishda, riskni boshdan kechirishda va boshqa bir 
qator muhim moliyaviy vazifalarni bajarishda amalga oshiri-
ladigan eng asosiy (markaziy) rolga sharh beriladi. Keyincha-
lik moliyaviy bozorlar va institutlar zamonaviy jahon tuzilma-
larining umumiy tavsifi bayon qilinadi hamda ularning asosiy 
vazifalari joy va vaqt (makon va zamon)ning aniq sharoitlariga 
bog‘liqligi ko‘rsatiladi. Va nihoyat, bu qismda Siz riskli ak-
tivlarning daromadlilik stavkasi va foiz stavkalarini qanday 
aniqlashni bilib olasiz. Shuningdek, ularning dinamika
117
si 
(o‘zgarishi) ham e’tiboringizga havola qilinadi.
115
Ushbu savol ayrim holatlarda, prinsipial ahamiyat kasb etmasligi 
mumkin. Bu o‘rinda nimalar nazarda tutilayapti? Hayotdan misollar kelti-
raolasizmi?
116
Bunga misollar keltiring-chi?
117
«Dinamika» yunoncha «dinamikos” – kuchga oid; kuchli. Harakat ho-
lati; o‘sish, rivojlanish; voqea, hodisadagi jo‘shqinlik. Qarang: o‘sha man-
ba. J.I. - B. 622.



Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin