92
T.S.Malikov, N.H.Haydarov
5-BOB. MOLIYAVIY TIZIM FUNKSIYALARI VA
ULARNING EVOLYUTSIYASI
Turli mamlakatlar moliyaviy institut (muassasa)lari
bir-biridan farqlanishining bir qator sabablari mavjud. Ular
qatoriga har xil o‘lchamlar, texnologiyalarning murakkablik
yoki oddiylik darajasi, shuningdek, davlatlarning siyosiy,
madaniy va tarixiy rivojlanishidagi farqlar kiradi. Bundan
tashqari moliyaviy institut (muassasa)lar vaqtning o‘tishi
bilan bir holatdan boshqa holatga o‘tib turadi. Ularning
bajaradigan funksiyalari, muassasaning nomi o‘zgarmas-
dan oldingiday qolishiga qaramasdan juda kuchli o‘zgari shi
mumkin.
AQShdagi zamonaviy banklar ushbu mamlakatda 1928
yoki 1958-yillarda bo‘lgan banklardan katta farq qiladi va
shuningdek, Germaniya yoki Buyuk
Britaniyada banklar,
deb nomlanadigan institutlardan ham juda ko‘p farqlanadi.
Sho‘rolar davrida O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan banklar bi-
lan undagi hozirgi banklar o‘rtasida ham juda katta farqlar
mavjud.
Mazkur bo‘limda biz turli mamlakatlarning moliyaviy
institut (muassasa)lari nimaga
va qanday bir-biridan farq
qilishini hamda vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishini Sizlarning
yaxshiroq tushunishingizga imkon beradigan ko‘p narsani
o‘z ichiga olgan konseptual tuzilma (yondashuv)ni ishlab
chiqishga harakat qilamiz.
Foydalanilayotgan yondashuvning asosi shuki, mo‘ljal si-
fatida moliyaviy
institut (muassasa)lar
ning o‘z-o‘zlari emas,
balki
ularning
funksiyalari
olingan. Tahlilning bunday uslu-
bini biz funksional
135
yondashuv, deb atadik
(functional per
spective).
U quyidagi dastlabki ikki shartga asoslangan:
• moliyaviy tizim funksiyalari uning institut (muassasa)
lariga qaraganda ko‘proq barqarorlik xarakteriga ega. Bu
funksiyalar vaqtning oqimi (o‘tishi)ga bog‘liq ravishda kam-
135
Funksional – funksiyaga oid, vazifaga aloqador; vazifaviy. Qarang:
J. IV. – B. 367.
Moliya
93
roq darajada o‘zgaradi va mamlakatdan mamlakatga uncha
katta
farqlanmaydi
136
.
• moliyaviy institut (muassasa)lar shakli mantiqan ular
ning funksiyalaridan kelib chiqadi
137
. Moliya sohasidagi inno-
vatsiya
138
va institutlar o‘rtasidagi raqobat oxir-oqibat moli-
yaviy tizim faoliyati samaradorligining oshishiga olib keladi.
Moliyaviy resurslarning samarali taqsimlanishidan ibo-
rat moliyaviy tizim bosh funksiyasi tahliliga asosan, tahlil-
ning ko‘proq umumiy darajasida
bu tizimning quyidagi olti-
ta bazaviy (tub) yoki muhim funksiyalari to‘g‘risida gapirish
mumkin (5.1-chizma).
Resurslarni vaqt
(zamon) va makonda
joylashtirish
Riskni boshqarish
(riskiy boshqaruv)
Hisob-kitob-
to‘lov tizimi
Dostları ilə paylaş: