Moliya
89
bo‘lgan firmaning hisobraqamiga o‘tkazuvchi diler
130
lar yoki
brokerlar (qimmatli qog‘ozlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi-
lar) qatnashadilar.
Moliyaviy tizimlar doira (chegara)sida ko‘chib yuruv-
chi (joylarini o‘zgartiruvchi) oqimlarning ko‘p qismi umu-
man moliyaviy bozorlar orqali o‘tmaydi va shunday qilib,
4.2.1-chizmada keltirilgan yuqorigi yo‘nalish izidan bor-
maydi. Buning o‘rniga, chizmaning pastki qismida ko‘rsa-
tilganidek, ular moliyaviy vositachilarning yordami bilan
bevo sita erkin moliyaviy mablag‘larga ega bo‘lgan iqtisodiy
subyektlardan resurslar defitsitligini boshidan kechirayot
-
gan iqtisodiy subyektlarga o‘tadi.
Moliyaviy oqimlar bir joydan boshqa joyga oqib o‘tishi-
ning ushbu usulini yaqqol tasavvur qilish uchun quyidagi-
cha faraz qilaylik: Siz o‘z omonatingizni bank hisobraqami-
ga qo‘ydingiz va bank birorbir firmaga qarz sifatida berish
uchun undan foydalandi. Mazkur holatda Siz qarz olgan fir
-
madan o‘z pulingizni bevosita talab qila olmaysiz. Sizda pul-
lik talabnoma
Dostları ilə paylaş: