T. S. Malikov moliya


defitsit  iqtisodiy birlik hisoblanasiz. Endi faraz qilamiz, Siz biror-bir  xususiy investorni ( erkin mablag‘lar



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/193
tarix27.12.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#200010
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   193
Moliya 2018 (o\'quv qo\'llanma)

defitsit 
iqtisodiy birlik hisoblanasiz. Endi faraz qilamiz, Siz biror-bir 
xususiy investorni (
erkin mablag‘lar
ga ega bo‘lgan iqtisodiy 
birlik) aksiyalaringizni sotib olish hisobiga Sizga 70,0 mln. 
so‘mlik kapital ajratishiga ko‘ndirishga muvaffaq bo‘ldin-
giz. Buning uchun Siz unga korxona foydasining, aytaylik, 
75%ini to‘lash majburiyatini olasiz. Bundan tashqari Siz 
bankdan yillik 6% ustama haq bilan 30,0 mln. so‘mlik kredit 
olishga erishdingiz. 4.2.1-chizmada ushbu 100,0 mln. so‘m 
miqdoridagi umumiy oqim boshqa manbalardan Siz tomonga 
kelayotgan moliyaviy oqim sifatida tasvirlangan.
Lekin Sizning korxonangiz muvaffaqiyatsizlikka uchragan 
paytda riskni kim o‘z zimmasi (bo‘yni)ga oladi?
148
. Axir hayot 
148
Biznesni tashkil qilayotgan paytda buni har doim ham inobatga 
olayapmizmi? Uning oqibati nimalarga olib kelayapti?


Moliya
99
tasodiflarga boy. Uning bundan xoli bo‘lishiga hech kim kafo
-
lat bera olmaydi. Shuningdek, “Korxonangiz o‘z faoliyati davo-
mida faqat muvaffaqiyatga erishadi. Uning peshonasiga mu-
vaffaqiyatsizlik yozilmagan. Bunga men kafilman!”, ­ deydigan 
“mard” hayotda uchramaydi. Unday “mard”ni kunduzi chiroq 
yoqib qidirsangiz ham topa olmaysiz.
Shu sababli, ushbu misolda asosiy riskni Sizning ak-
siyadoringiz o‘z bo‘yniga oladi. Zero, korxona inqirozga yuz 
tutsa, u o‘zining 70,0 mln. so‘mini qaytarib ololmaydi. Bi-
roq bankning harakatlarida ham ma’lum bir risklilik dara-
jasi (riskiy daraja) mavjud bo‘lishi mumkin. Bu quyidagi-
cha izohlanadi: Siz inqirozga yuz tutgan holda bank ham 
qarzning asosiy summasi va uning foizini to‘lig‘icha olol-
masligi mumkin. Masalan, faraz qilaylik, yilning oxirida biz-
nesingizning jami bahosi 20,0 mln. so‘mni tashkil etdi. Bu 
holatda investor o‘zi investitsiya qilgan hamma summani 
yo‘qotadi. Bank esa Sizga qarzga bergan 30,0 mln. so‘mdan 
10,0 mln. so‘mini yo‘qotadi. Shuning uchun kreditorlar ak-
siyadorlar bilan bir qatorda xususiy firma faoliyati riskining 
ma’lum bir qismini o‘z zimmasiga oladi. 
Garchi kapital va risk ko‘pincha birlashib ketsa-da, ular 
bo‘linishi ham mumkin. Biznes qilish uchun 30,0 mln. so‘m 
miqdoridagi qarz olish misolida shunday vaziyatni ko‘rib 
chiqamiz. Faraz qiling, bank Sizdan ushbu qarzning Siz 
tomondan qaytarilishiga kafolat bera oladigan yaqin qarin-
doshlaringizdan birini olib kelishingizni talab qilyapti. Ush-
bu talabni taklif etgan holda bank Siz tomondan kredit 
shartnomasi shartlarining bajarilmay qolishi bilan bog‘liq 
bo‘lgan o‘zining riskini oilangiz a’zosiga o‘tkazadi. Bu holda 
bank Sizga 30,0 mln. so‘m miqdoridagi kreditni o‘zi uchun 
eng kam risk bilan taqdim etadi. Qarz bo‘yicha asosiy risk 
esa Sizning qarindoshingizga o‘tadi
149

Tobora ishonch hosil qila borganimizdek, moliya ola-
midagi ko‘plab moliyaviy shartnomalar pul resurslarini 
149
Bunga hayotdan haqiqiy misollar keltira olasizmi? Amaliyotimizda 
moliyaviy tizim taqdim etishi mumkin bo‘lgan bunday imkoniyatlardan 
foydalanish darajasi pastligining sabablari nimada?


100

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin