Moliya
101
ni qabul qilishmaydi
152
. Sizga yo‘l chek
153
larini sotib olish
kerakmi? Agar kerak bo‘lsa, unda qaysi valyutada? Ushbu
barcha savollarga javob berishga
uringan holda Siz balki,
barcha mamlakatlardagi hamma sotuvchilar bir xil to‘lov
vositalaridan foydalanganlarida juda qulay bo‘lishini qay-
ta-qayta o‘ylashingiz (istashingiz), tabiiy.
Endi yuqorida tasvirlangan vaziyatning o‘rniga quyi-
dagilarni tasavvur qiling: Siz hukumati o‘zining fuqarolariga
xorijiy valyuta operatsiyalarini cheklab qo‘yuvchi davlatda
yashovchi boy odamsiz va Siz ham dunyo bo‘ylab sayo-
hat qilishga qaror qildingiz. Bunda Siz o‘z mamlakatingiz-
da milliy valyutadan foydalangan holda xohlagan narsan-
gizni sotib olishingiz mumkin. Biroq
uning tashqarisida uni
(Sizning milliy valyutangizni) to‘lov vositasi sifatida hech
kim qabul qilmaydi. Sizning davlatingizdagi xorijiy valyuta-
ning defitsit ekanligi hukumatni o‘zining fuqarolariga xori
-
jiy valyutani sotib olish yoki xorijdan qarz olishini taqiqlab
qo‘yishiga majbur qiladi
154
. Bunday vaziyatda Siz nima qil-
gan bo‘lardingiz?
Bunday vaziyatda qo‘llanilishi lozim bo‘lgan imkoni-
yatlardan biri, u qanchalik noqulay bo‘lmasin, quyidagi-
cha: vataningizda qimmatbaho va tashishga qulay bo‘lgan
152
Hatto jahondagi asosiy zahira valyuta
hisoblangan AQSh dollariga
nisbatan munosabat shunday bo‘lib turgan bir paytda, bunday vaziyatda
endigina “atak-chechak” qilib yurib kelayotgan yosh o‘zbek valyutasiga
nisbatan munosabatning qanday bo‘lishi mumkinligini har birimiz to‘g‘ri
idrok qila olamiz, albatta.
153
“Chek” inglizcha “check” –
pul muomalasiga doir hujjat, shartno-
ma; veksel. 1. Ma’lum yuridik shaxsning joriy hisob raqamidan muayyan
miqdordagi pulni berish yoki o‘tkazish haqidagi yozma farmoyishdan ibo-
rat maxsus hujjat. 2. Kassa tomonidan beriladigan, tovar uchun to‘lan-
gan summa ko‘rsatilgan talon, shuningdek, to‘lanishi lozim bo‘lgan
summa
ko‘rsatilgan va kassaga taqdim etiladigan kvitantsiya. Qarang: o‘sha man-
ba. J.IV. - B.473.
154
Nega xorijiy valyutaning defitsit ekanligi hukumatni o‘zining fuqa-
rolariga xorijiy valyutani sotib olish yoki xorijdan qarz olishini ta’qiqlab
qo‘yishga majbur qiladi? Buni o‘z mulohazalaringiz asosida tushuntirib
bering-chi?!