T. S. Malikov moliya



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/193
tarix27.12.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#200010
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   193
Moliya 2018 (o\'quv qo\'llanma)

2.4-nazorat uchun savol
Siz sotilgan tovar yoki ko‘rsatilgan xizmat uchun to‘lov 
sifatida «Men Sizga shuncha summa qarzman» (I owe you) 
shaklidagi eng oddiy qarz tilxatini qabul qilarmidingiz? 
Sizning javobingizga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi?
5.4. Moliyaviy tizim tufayli resurslarning birlashishi 
va kapitaldagi ishtirok ulushining bo‘linishi
Moliyaviy tizim katta ko‘lamdagi korxonani tashkil etish 
yoki yirik korxonalar kapitalini ko‘p sonli mulkdorlar o‘rta-
sida bo‘lish uchun moliyaviy mablag‘larning birlashish 
mexanizmini ta’minlaydi.
Zamonaviy iqtisodiyotda to‘laqonli biznesni yurgizish 
uchun zarur bo‘lgan investitsiyalarning minimal hajmi 
ko‘pincha, alohida odamning va hatto eng katta oilaning 
pul mablag‘laridan oshiq bo‘ladi
160
. Moliyaviy tizim uy xo‘ja-
liklari mablag‘larini, keyinchalik unga muhtoj bo‘lgan fir
-
malar foydalanadigan yirik kapitalga birlashtirish yoki 
yiriklashtirish uchun imkoniyat yaratadi (masalan, fond 
bozorlari yoki banklar yordamida). 
Moliyaviy tizim tufayli individual uy xo‘jaliklari katta 
miqdordagi pul talab qilinadigan investitsiyalarda resurslar-
159
“Alternativ” – mumkin bo‘lgan ikki yoki bir necha imkoniyatdan bir-
ini tanlashga asoslangan; muqobil. “Alternativa” fransuzcha “alternative”, 
lotincha “alter” – ikkitadan bittasi. 1. Bir-birini inkor etuvchi imkoniyat-
lardan birini tanlash; muqobillik. 2. Shu imkoniyatlardan biri. Qarang: 
o‘sha manba. J.I. – B.75.
160
Bunga misollar keltiringchi?!


104
T.S.Malikov, N.H.Haydarov
ning birlashishi va umumiy investitsiyalarda ulushlarn-
ing keyingi bo‘linishi yo‘li bilan qatnashish imkoniyatiga ega 
bo‘ladilar. Masalan, faraz qilaylik, Siz 10,0 mln. so‘mlik ulo-
qchi otni sotib olish uchun mablag‘ kiritishga qaror qildingiz. 
Lekin Sizda hammasi bo‘lib 1,0 mln. so‘m bor. Agarda otni 
o‘nta qismga bo‘lishning jismoniy imkoniyati bo‘lganda, Siz 
uning o‘ndan birini sotib olishingiz mumkin edi. Biroq biz bu 
yerda hamma qismlarning summasidan ko‘ra butuni shub-
hasiz ancha-muncha qimmat bo‘ladigan vaziyat-lardan birini 
ko‘ryapmiz. Shunday qilib, otni jismoniy bo‘lish muammoni 
hal qilmaydi. Va bu yerda hayvonni unga zarar keltirmasdan 
“bo‘lish” imkonini beradigan moliyaviy tizim yordamga keladi. 
Investitsion pul (moliyaviy resurslarning birlashishi)ni yarat-
ib va investorlar o‘rtasidagi ulushni taqsimlab, 10,0 mln. 
so‘mlik investitsiyani, otni bo‘laklamagan holda, 1,0 mln. 
so‘mdan iqtisodiy «qism»larga bo‘lish mumkin. Bundan keyin 
ko‘pkari (uloq)dan topilayotgan pul, otni mashq qildirishga va 
boqishga ketgan xarajatlarni chiqarib tashlab, barcha ulushi 
borlar o‘rtasida taqsimlanadi
161

Yana bir misol sifatida pul bozorida amalda bo‘lgan in-
vestitsion fondlar operatsiyasini ko‘rib chiqamiz. Tasavvur 
qilaylik, Siz ko‘proq ishonchli va likvidli dollarlik aktiv – 
AQSh G‘aznachiligi veksel
162
iga kapital qo‘yishga qaror qa-
bul qildingiz. Taklif qilinayotgan veksellarning eng arzoni 
milliy valyutamizda 10,0 mln. so‘m turadi. Siz esa bor-yo‘g‘i 
1,0 mln. so‘mlik investitsiya qilmoqchisiz. Ushbu holatda 
bu kabi veksellarga ham Sizning moliyaviy resurslaringizni 
boshqa investorlarning resurslari bilan birlashtirish yo‘li bi-
161
“Ko‘pkari” yoki “uloq” o‘zbekistonliklarning milliy o‘yinlaridan yoki 
sport turlaridan biri ekan, o‘tkir uloqchi otlardan yanada samarali foy-
dalanishning katta zahiralari shu erda emasmikan? Undan chavandoz-
larimiz-u, muxlislar qanday foydalanishayapti? Foydalanishayaptimi o‘zi 
yoki...? Misollar keltira olasizmi?
162
“Veksel” nemischa “Wechsel” – o‘zgarish; almashtirish. Qonun bilan 
qat’iy belgilangan shakldagi yozma qarz majburiyati; qarz oluvchi tomoni-
dan kreditorga berilib, kreditorga belgilangan muddatdan so‘ng qarzdor-
dan vekselga ko‘rsatilgan pul summasini to‘lashni talab qilish huquqini 
beradi. Qarang: o‘sha manba. J.I. – B.454.


Moliya
105
langina mablag‘ qo‘yish mumkin. O‘tgan asrning 70-yillari-
da shunday jarayonni rag‘batlantirish uchun investorlarga 
g‘aznachilik veksellarini qo‘lga kiritish imkonini beradigan 
o‘zaro jamg‘armalar tuzilgan. 
O‘zaro jamg‘armada investorlarning mablag‘lari vaqtin-
chalik birlashtiriladi va ularga mazkur jamg‘arma kapital-
idagi ularning ulushi ko‘rsatilgan hisobraqamlar ochiladi. 
Jamg‘arma vaqti-vaqti bilan mijozlarga o‘zlarining aksiyalari 
kursi to‘g‘risidagi axborotni taqdim qiladi va ularga amalda 
istalgan vaqtda o‘zining hisobraqamiga istalgan qo‘shimcha 
summani kiritish yoki pulni qaytarib olish imkonini beradi. 
Shunday qilib, agar jamg‘arma aksiyasining joriy kursi 11 
000 so‘mni tashkil etsa, Siz esa 1,0 mln. so‘m qo‘yayotgan 
bo‘lsangiz, unda Sizning jamg‘armadagi hisobingizda 90,91 
aksiya bo‘ladi (1 000 000 : 11 000). Bu g‘aznachilik vek-
sellariga investitsiya qiluvchi o‘zaro jamg‘armalar moliyaviy 
tizimning to‘rtinchi funksiyasi bajarilishiga yordamlashayot-
ganidan dalolat beradi. Zero, ular tufayli katta qadr-qimmat-
ga ega bo‘lgan veksellar amaliy jihatdan benihoya (cheksiz) 
bo‘linuvchi qimmatli qog‘ozlarga aylanadi.

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin