T. S. Malikov moliya



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/193
tarix27.12.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#200010
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   193
Moliya 2018 (o\'quv qo\'llanma)

2.5-nazorat uchun savol 
Ko‘pchilik uy xo‘jaliklarining moliyaviy resurslarini bir-
lashtirish usuli mavjud bo‘lmaganda amalga oshirish mum-
kin bo‘lmagan investitsiyani misol qilib keltiring.
5.5. Moliyaviy tizim tomonidan informatsion 
qo‘llab-quvvatlash (axborot ko‘magi)
Moliyaviy tizim iqtisodiyotning turli jabha (sektor)lari-
da qabul qilinuvchi mustaqil qarorlarni muvofiqlashtirishga 
yordam beradigan narx (baho) axborotini taqdim etadi. 
Gazetalar, radio va televideniye qimmatli qog‘ozlar kur-
si va foiz stavkalari to‘g‘risidagi axborotni har kuni xabar 
qiladilar
163
. Ushbu ma’lumotlarni olayotgan millionlab odam-
163
Bunga misollar keltiring-chi?!


106
T.S.Malikov, N.H.Haydarov
lar ichidan deyarli kam odam professional darajada qimmatli 
qog‘ozlar savdosi bilan shug‘ullanadi. Biroq ko‘pincha, fond 
bozoridan ancha yiroq bo‘lgan odamlar qimmatli qog‘ozlar 
birjasiga asoslangan axborotni moliyaviy qarorlar qabul qi-
lish uchun jalb qilishlari (foydalanishlari) lozim. Masalan, 
uy xo‘jaliklari bu ma’lumotlardan joriy daromadning qan-
cha qismini kelajakka saqlab qo‘yishni va jamg‘arilgan mab-
lag‘larni qaysi aktivlarga investitsiya qilish foydaliroqligini 
hal qilish uchun foydalanishlari kerak
164

Bozor foiz stavkalarini bilish, hattoki, bir oila doirasida 
pullarni ko‘chirgan taqdirda qanday yordam berishi bo‘yicha 
yaxshiroq tasavvurga ega bo‘lish uchun quyidagi misolni 
ko‘rib chiqamiz. Tasavvur qiling, Ciz 25 yoshdasiz. Endigina 
uylandingiz. Alohida va erkin yashashni istab, 100,0 mln. 
so‘mga uy sotib olmoqchisiz. Mahalliy bank Sizga yillik 8% 
ustama haq bilan 80,0 mln. so‘m (ya’ni, uy narxining 80%i) 
ipoteka krediti ajratishga rozi
165
. Lekin Siz yana 20% (ya’ni, 
yana 20,0 mln. so‘m) mablag‘ topishingiz lozim. Sizning 40 
yoshli opangizning bankdagi hisobraqamida Sizga kerakli 
bo‘lgan summa mavjud. U ushbu pullarni o‘zining pensi-
ya ta’minoti sifatida yillik 6% ustama haqi hisobiga ajratib 
qo‘ymoqda. Biroq uning pensiya yoshiga yetishiga hali an-
cha vaqt bor. Shuning uchun Siz bu pullarni undan qarzga 
so‘rab turishingiz mumkin. Agar opangiz o‘zining pensiyasi 
uchun jamg‘arib borayotgan pullarini Sizga uy sotib olishin-
giz uchun qarzga berib turishga rozi bo‘lsa, unda Siz ush-
bu summa bo‘yicha qancha foiz stavkasi “adolatli” bo‘lishini 
qan day qilib aniqlashingiz mumkin?
Ko‘rinib turibdiki, buning uchun joriy bozor stavkalarini 
bilish foydadan xoli bo‘lmaydi. Faraz qilaylik, opangiz o‘zin-
ing jamg‘arma hisobraqami bo‘yicha yillik 6% ustama haq 
olayotganligi Sizga aniq ma’lum va mahalliy bank Sizdan 
164
Jalb qilayapmizmi? Foydalanayapmizmi?
165
Bu va bundan keyingi o‘rinlarda keltirilayotgan foiz stavkalari ning u 
yoki bu mamlakatlar amaliyotidagi real darajadan pastligidan yoki yuqo-
riligidan tashvishga tushmang. Bular shartli misollar, xolos.


Moliya
107
ipote ka krediti bo‘yicha yillik 8% ustama haq olmoqchi
166
. Bu 
ma’lumotlar Sizga qarorlar qabul qilishda yordam beradi. 
Xuddi shuningdek, oila doirasida moliyaviy qarorlar 
qabul qilish jarayonida aktivlarning bozor narxi (bahosi)ni 
bilish ham kerak bo‘lishi mumkin. Masalan, faraz qilay-
lik, Siz singlingiz bilan uyni yoki oilaviy biznesni meros 
qilib oldingiz va u ikkalangizning o‘rtangizda teng, baravar 
bo‘linishi kerak. Biroq Siz uni sotgingiz kelmayapti. Boisi, 
qaysidir biringiz shu uyda yashamoqchi yoki oilaviy biznes 
bilan shug‘ullanishni davom ettirmoqchisiz. Bunda oilaning 
166
Bu o‘rinda “qarindoshlikka oid qarzlar” xususida ham aniq tasavvur-
ga ega bo‘lish muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun quyidagilarni 
keltirib o‘tish maqsadga muvofiq. Tasavvur qiling: Sizda qoplash muddati 
yaqin orada keladigan depozit sertifikatlari mavjud. Mablag‘larni depozit 
sertifikatlariga so‘nggi olib qo‘yish (roll over) natijasida Sizning daromadin-
giz hammasi bo‘lib atigi yillik 3% atrofini tashkil etadi. Shu vaqtda Sizning 
farzandlaringiz uy sotib olishga qaror qilishdi va buning uchun ularga ipo-
teka krediti zarur. Agar Siz yaxshilab fikr yuritsangiz va yaxshi advokat 
bilan maslahatlashsangiz, ushbu ikki holatni qarindoshlik qarziga aylan-
tirish mumkin. Bunda operatsiyaning har ikki tomoni undan foyda ko‘radi.
Demak, agar Siz farzandlaringizga bevosita qarzga pul bersangiz, unda 
bitimdan moliyaviy vositachini chiqarib tashlaysiz. Bu farzandlaringiz ipo-
teka kreditini qo‘shimcha komission yig‘imlarni to‘lamasdan va kredit ol-
ishga ariza berish uchun pul to‘lamasdan olishini bildiradi. Bunda qarz 
tezroq rasmiylash-tiriladi va foiz stavkasi, masalan, 6,75% dan, ya’ni, odat-
da 30 yil muddatga (bunday tartib dunyoning rivojlangan deyarli barcha 
mamlakatlarida mavjud) qayd qilingan foiz stavkasi bilan taqdim qilinadi-
gan ipoteka krediti stavkasidan kamroq bo‘ladi. Shu bilan birga Siz qo‘yil-
gan kapitalingizga o‘zingizni foydangizni anchagina oshirasiz. Depozit 
sertifikati bo‘yicha 3% olish o‘rniga va hattoki, AQSh G‘aznachiligi ning 
30 yillik obligatsiyalari bo‘yicha olishingiz mumkin bo‘lgan 6% o‘rniga, 
Siz 6,5% olishingiz va bunda yana farzandlaringizga yordam berishingiz 
mumkin. Biroq bunday qarindoshlikka oid moliyalashtirish usuli ham-
maga ham to‘g‘ri kelavermaydi. Ayrim farzandlarga Siz ularni qanchalik 
kuchli yaxshi ko‘rsangiz ham qarzga pul berish juda ham xavfli. Shunday 
vaziyatlar uchraydiki, ota-onalar ma’lum bir summani o‘zining farzandiga 
qarzga berib, ularni qaytarib olish qiyinchiligiga duchor bo‘ladilar. Shu 
sababli moliyaviy masalalar bo‘yicha maslahatchilar ko‘pincha bir-biridan 
qarzga pul oluvchi yoki beruvchi oila a’zolari o‘rtasiga uchinchi xolis to-
monni kiritishni tavsiya qilishadi. Ish bitimlarini amalga oshirish paytida 
bu maslahatlarga bee’tibor bo‘lmang va Sizdan qarzga pulni qarindoshin-
giz olayotgan bo‘lsa ham to‘g‘ridan to‘g‘ri qarz bermang.


108

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin