Moliya
109
5.6. Moliyaviy tizim yordamida stimullashtirishning
psixologik muammolarini hal etish
Agar moliyaviy operatsiyaning bir tomoni bitim bo‘yicha
boshqa hamkor bilmaydigan axborotga egalik qilganda yoki
bir tomon boshqasi uchun qaror
qiluvchi agent hisoblan-
ganda paydo bo‘ladigan stimullashtirishning psixologik
muammolari moliyaviy tizim yordamida hal qilinadi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, moliyaviy bozorlar va vosi-
tachilar risk va pul resurslarining samarali taqsimlanishiga
yordam beruvchi bir necha funksiyalarni bajaradilar. Bi-
roq stimullashtirish psixologiyasiga tegishli bo‘lgan, vosi-
tachilarning ko‘rsatilgan funksiyalarni bajarish layoqatini
cheklaydigan muammolar mavjud. Stimullashtirishning
psixologik muammolari shartnoma tomonlari ko‘pincha
bir-birini kuzatish va biri ikkinchisini
nazorat qilish im-
koniyatiga ega bo‘lmaganlari uchun yuzaga keladi.
Stimullar bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar odatda, uch
turga bo‘linadi va ular xalqaro
amaliyotda quyidagicha nom
olgan:
1. “Ma’naviy risk” muammosi.
2. “Noqulay tanlov” muammosi.
3. “Komitent
168
-komissioner”
169
muammosi.
Ma’naviy risk
yoki
mas’uliyatsizlik
(moral hazard)
muammosi, masalan, qachonki sug‘urta polisiga egalik qilish
sug‘urtalangan tomon katta riskka yo‘l qo‘yganda yoki yo‘qo-
tishga yetaklovchi hodisaning oldini olishga kam harakat
qilganda yuzaga keladi. Aynan mas’uliyatsizlik ko‘pincha
sug‘urta kompaniyalari tomonidan riskning ayrim turla-
rini sug‘urta qilishni xohlamasliklarining sababi ga aylana-
168
“Komitent” lotincha “committens”, “committentis” – topshiruvchi,
topshiriq beruvchi Komissionerga o‘zining, ya’ni
komitent hisobidan, lekin
komissioner nomidan savdo bitimini tuzish haqida topshiriq beruvchi to-
mon (shaxs yoki tashkilot). Qarang: o‘sha manba. J.II. - B.394.
169
«Komissioner» frantsuzcha «commissionnaire», lotincha «commissio»
- topshirish; topshiriq. Komitent hisobidan
va uning foydasiga, lekin o‘z
nomidan bitimlar tuzadigan shaxs yoki tashkilot – savdo-sotiq ishidagi
vositachi. Qarang: o‘sha manba. J.II. - B.394.