T. S. Malikov moliya


T.S.Malikov, N.H.Haydarov



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/193
tarix27.12.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#200010
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   193
Moliya 2018 (o\'quv qo\'llanma)

T.S.Malikov, N.H.Haydarov
uning kreditorlari ham yutadilar, xolos. Axir o‘zbeklarda 
“Qars” ikki qo‘ldan chiqadi”, “Sizdan – ugina, bizdan – bugi-
na”, “Six ham kuymasin, kabob ham”, deb bekordan bekor-
ga aytilmagan.
2.9-nazorat uchun savol 
Agar Siz o‘z sug‘urta agentingizdan moliyangizni re-
jalashtirish bo‘yicha maslahat so‘rashga qaror qilgan 
bo‘lsangiz, bu holda komitent-komissio-nerning muammosi 
yuzaga keladimi? Uni qanday hal etsa bo‘ladi?


Moliya
119
6-BOB. MOLIYAVIY YANGILIKLAR VA MOLIYAVIY 
BOZORLAR
6.1. Moliyaviy yangiliklar va bozorning
“ko‘rinmas qo‘li”
Moliyaviy yangiliklar qaysidir markazlashtirilgan or-
ganlar tomonidan rejalashtirilmaydi, balki ayrim tadbirkor-
lar va firmalarning xarakatlari natijasida yuzaga keladi
178

Moliyaviy sohada innovatsiyalarning yuzaga kelishiga turtki 
bo‘ladigan asosiy iqtisodiy manfaatlar, to‘g‘risini aytganda, 
inson faoliyatining boshqa har qanday sohasida harakat 
qiluvchi manfaatlardan hech qanday farq qilmaydi. A.Smit 
qayd qilganidek, “Har bir individ o‘zining kapitalini eng ko‘p 
foyda keltirishi uchun ishlatishga harakat qiladi. Uning ni-
yatiga qoidaga ko‘ra, umumiy manfaatlarga xizmat qilish 
kirmaydi, va u odatda, ularni qondirishga qanchalik yor-
dam berayotganini bilmaydi. Uni faqat o‘zining xavfsizligi 
va foyda tashvishga soladi. Biroq mutlaq o‘zining foydasi 
uchun harakat qilayotgan individ, uning maqsadiga kir-
maydigan natijaga 
ko‘rinmas qo‘l
(invisible hand) tomoni-
dan yo‘llanadi. O‘z manfaatlari izidan borib, u ko‘pincha 
jamiyatning rivojlanishiga haqiqatda qilmoqchi bo‘lganidan 
ko‘ra ko‘proq, samaraliroq yordam beradi”
179
.
Bu holatni misollar bilan izohlash uchun yosh yigit 
1965-yilda xorijga sayohatga ketayotib tushib qolgan vazi-
yatidagi masalalarni hozirgi kunda zamonaviy yosh yigit 
qanday hal qilishi kerakligi bilan solishtiring. Bir necha o‘n 
yillar oldin xorijdagi sayohatchiga hech kim uning tilida ga-
pirmaydigan bu joyda pul tugab qolishi mumkinligi to‘g‘risi-
da doimo xavotirga tushishiga to‘g‘ri kelgan. Bu holatda 
uyga telegramma yuborishga va o‘z mamlakatidagi bank-
dan mahalliy bankka telegraf orqali pul jo‘natmasini tash-
178
Bu fikrga qanday qaraysiz? Uni qo‘llab-quvvatlaysizmi yoki rad eta-
siz? Nega?
179
Adam Smith, The Wealth of Nations (Chicago: University of Chicago 
Press, 1977), - B. 408.


120

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin