130
T.S.Malikov, N.H.Haydarov
jarilmaslik riski,
yoki
defolt riskidir
(default risk). Ushbu
omillarning har birini batafsilroq ko‘rib chiqamiz.
•
Hisobkitob pul birligi
to‘lovlar amalga oshiriluvchi pul
birligini o‘z ichiga oladi. Hisob-kitob birligi bo‘lib, qoidaga
ko‘ra u yoki bu mamlakatning valyutasi hisoblanadi: dollar,
yevro, frank, funt, rubl, so‘m, peso va hokazolar. Ba’zida bir-
lik sifatida qandaydir bir tovar qo‘llaniladi, masalan, oltin,
kumush yoki tovar va xizmatlarning standart «savati». Foiz
stavkasi hisob-kitob pul birligiga bog‘liq holda o‘zgaradi.
• Qayd qilingan daromadga ega bo‘lgan vosita bo‘yicha
to‘lov muddati –
bu davomiyligida jami olingan
summani
to‘lash lozim bo‘lgan vaqt. Qisqa muddatli instrument (vo-
sita)lar bo‘yicha foiz stavkasi uzoq muddatlilarining foiz
stavkasidan yuqori, past yoki teng bo‘lishi mumkin.
•
To‘lanmaslik riski
qayd qilingan daromadga ega inst-
rument (vosita) bo‘yicha qarzning asosiy summasi yoki
foizning qandaydir bir qismi qarz oluvchi tomonidan to‘lan-
maslik ehtimolini o‘z ichiga oladi.
Bu riskning darajasi qa-
nchalik baland bo‘lsa, qarz oluvchi o‘z investorlariga u ning
qimmatli qog‘ozlarini sotib olishga rozilik bildirishlari
uchun shunchalik yuqori foiz stavkasini va’da qilishi lozim.
Endi ushbu uch omil amalda
qanday qilib foiz stavkasi
darajasi (o‘lchami)ga ta’sir etishini ko‘rib chiqamiz.
Dostları ilə paylaş: