Moliya
131
liklarning obligatsiyalarini afzalroq ko‘rishiga
olib kelmay-
dimi?
Mazkur holatda javob salbiy bo‘ladi. Chunki ushbu ob-
ligatsiyalarning nominallari turli valyutalarda: Qo‘shma
Qirollik obligatsiyalari – funt sterlingda, Yaponiyaniki esa
– iyenda aks ettirilgan.
Ikki mamlakatning mazkur toifa
(klass) obligatsiyalari ishonchli daromadlilik stavkasini ush
bu mamlakatlar valyutasida taklif etishiga qaramasdan,
daromadlilik stavkasi har qanday boshqa valyutada noaniq
bo‘ladi, chunki u kelajakda to‘lovni olish paytida ushbu ikki
valyutaning almashish kursiga bog‘liqdir.
Keling, bu fikrga aniq misol keltiramiz. Faraz qiling, Siz
ma’lum bir mablag‘ni bir yil muddatga investitsiya qilish-
ga qaror qildingiz. Yaponiya davlat obligatsiyalari bo‘yicha
yillik foiz stavkasi 3%ni, Qo‘shma Qirollik obligatsiyalari
bo‘yicha esa 9%ni tashkil etadi. Boshqa valyutaga nisbatan
bir valyutaning bahosini o‘z
ichiga olgan
valyuta kursi
(ex-
change rate), 1 funt sterling 150 iyenaga teng.
Endi, tasavvur qiling, Siz o‘z kapitalingizni iyenda qay-
sidir ishonchli aktivga investitsiya qilmoqchi bo‘lgan
yapon
investori hisoblanasiz. Yapon obligatsiyalarini sotib olib, Siz
o‘zingizga 3%lik daromadni kafolatlaysiz. Agar Britaniya-
ning davlat obligatsiyalari sotib olinsa, iyenada daromadlil-
ik stavkasi bir yil o‘tgandan keyin iyena va funt sterlingning
almashuv kursi qanday bo‘lishiga bog‘liq bo‘ladi.
Faraz qilaylik, Siz 100 funt sterlingga Birlashgan Qirol-
likning obligatsiyalarini sotib olishga qaror qildingiz. Buni
qilish uchun Siz 15000 iyenni
funt sterlingga konvertatsi-
ya qilishingiz lozim bo‘ladi, ya’ni Sizning dastlabki sarflay
-
digan mablag‘ingiz 15 000 iyenni tashkil etadi. Birlashgan
Qirollik obligatsiyalarining foiz stavkasi 9% teng bo‘lganligi
uchun bir yildan so‘ng Siz 109 funt sterlingni olasiz. Biroq
bu pul miqdorining iyenga o‘girilgan narxini oldindan bilish
imkoniyati yo‘q. Sababi: kelajakda
valyuta kursining qan-
day bo‘lishini hech kim bilmaydi.
Shunday qilib, mazkur operatsiya natijasida olingan
real daromadlilik stavkasi quyidagicha bo‘ladi: